Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi
Download 34.05 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rober Blum
- “Diva International”
- “inson – jamiyat – davlat
birinchidan, BMT Bosh Assambleyasining Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda va inson huquqlarini himoya qilishda parlamentlarning rolini kuchaytirish to‘g‘risidagi maxsus rezolyusiyasini qabul qilish;
ikkinchidan, joriy yilda O‘zbekistonda Ayol-spikerlar jahon sammitini o‘tkazish; uchinchidan, Yoshlar parlamentlarini rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslarni rag‘batlantirish va bu borada yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga doir tashabbuslari nazarda tutilmoqda. O‘z navbatida, Jeneva diplomatik doiralari Prezidenti Rober Blum ta’kidlashicha, O‘zbekiston Prezidenti ilgari surgan xususiy mulk va tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish, xususiy sektorni rag‘batlantirish bo‘yicha yangi tashabbuslar mamlakatning iqtisodiy o‘sishiga va aholi farovonligi oshishiga olib keladi. Xalqaro “Diva International” jurnali Bosh muharriri Marit Foss esa Prezident Shavkat Mirziyoev o‘zini tom ma’nodagi demokrat sifatida namoyon etayotganiga e’tibor qaratgan. Ushbu xalqaro ekspertning qayd etishicha, O‘zbekiston Prezidentining asosiy maqsadi – inson qadrini ta’minlashdir. Bu, o‘z navbatida, inson huquqlarini himoya qilishni anglatadi. Mamlakatda nomarkazlashtirish siyosati olib borilayotgani, ya’ni markaziy davlat organlarining ayrim muhim vakolatlari mahalliy hokimiyat idoralariga o‘tkazilayotgani to‘g‘ri va oqilona yo‘ldir. Fransiyaning “Newly” on-layn nashri yozishicha, “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” mamlakat milliy taraqqiyotida yangi bosqichni boshlab beradi. Ayniqsa, “inson – jamiyat – davlat” ustuvor tamoyili jamiyatda ijtimoiy muhitni tubdan o‘zgartirishning muhim mezoniga aylanadi. Davlatimiz rahbarining Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla” yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturini amalga oshirish istiqbollari haqidagi nutqini tinglash asnosida bizda ham bir qator fikrlar tug‘ildi. Prezidentimiz Davlat dasturi to‘liq bajarilishi va kutilgan samaralarni berishi uchun uning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish zarurligiga alohida e’tibor qaratgani bejiz emas. Shu maqsadda milliy darajada: ta’limning maktablardan toki oliy o‘quv yurtlarigacha bo‘lgan barcha bosqichlarida “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” kitobi bo‘yicha milliy insholar tanlovini o‘tkazishni taklif etamiz. Bu tadbir yoshlarimiz ongu shuurida vatanparvarlik, milliy g‘urur g‘oyalarini mustahkamlab, kuchli g‘oyaviy immunitet hosil bo‘lishiga xizmat qiladi. Download 34.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling