Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz”
Farg’ona voqealari. 1989 yil o’rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o’zgarishlar
Download 110.55 Kb.
|
mustaqillik darsi
Farg’ona voqealari. 1989 yil o’rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o’zgarishlar.
Ma’lumki, XX asrning 80-yillari oxirlariga kelib sovet tuzumi parchalanishi arafasida mamlakatdagi inqirozli vaziyat millatlararo munosabatlarning keskinlashuvida ham o’z aksini topdi. CHunki, uzoq yillar davomida ijtimoiy – iqtisodiy, siyosiy, madaniy sohalarda to’planib qolgan muammolar millatlararo munosabatlarga ta’sir etmasdan qolmadi. Bunday nizolar O’zbekistonni ham chetlab o’tmadi. 1989 yil may-iyun oylarida Farg’ona viloyatidagi millatlararo mojarolar respublikadagi siyosiy vaziyatning keskin tus olishiga olib keldi. Respublikaning o’sha paytdagi O’zbekiston kompartiyasining sobiq birinchi kotibi Rafiq Nishonov boshchiligidagi siyosiy rahbariyati yuzaga kelgan bu murakkab vaziyatni to’g’ri baholay olmagani uchun, yoshlarning ommaviy chiqishlari, millatlararo to’qnashuvlar sodir bo’la boshladi. SHu narsa ayonki, deya yozadi Birinchi Prezident Islom Karimov “....o’shanda barcha voqealarning ildizi - Farg’ona vodiysida yashayotgan aholining og’ir ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli bilan chambarchas bog’liq edi. YUzaga kelgan qaltis vaziyatni bartaraf etish uchun, eng avvalo, viloyatda, umuman vodiy viloyatlarida yangi ish o’rinlarini yaratish, bir so’z bilan aytganda, odamlarga ta’minot va daromad manbaini topib berish zarur edi. 1989 yilning iyul oyiga qadar Farg’ona viloyati aholisining hayot darajasini oshirish, mehnatga yaroqli aholining bandligini ta’minlash bo’yicha maxsus dastur ishlab chiqildi va bosqichma-bosqich amalga oshirildi. 1989 yil 24 mayda Quvasoy shahrida yoshlar o’rtasida bo’lgan bezorilik millatlararo (mahalliy yoshlar bilan mesxeti turklar o’rtasida) to’qnashuvni keltirib chiqardi va bu mojaro Farg’ona vodiysida ommaviy tus oladi. O’sha davrdagi respublikaning rahbariyati yuzaga kelgan bu murakkab vaziyatni to’g’ri baholay olmadi. Natijada, oddiy mojaro Farg’ona, Marg’ilon, Toshloq, Qo’qon, Andijon, Namangan, Toshkent viloyatida aholining, ayniqsa, yoshlarning ommaviy chiqishlariga aylanib ketdi va millatlararo to’qnashuvlarda namoyon bo’ldi. Mamlakatimizga rahbar etib saylangan Islom Karimov hokimiyat tepasiga kelgach, eng avvalo, mamlakatda tartib o’rnatishga kirishdi. O’zbekistonning turli mintaqalaridan chiqqan etnik nizolar va ijtimoiy tanglik o’choqlari shaxsan Prezident ishtirokida bartaraf etildi ”. Rahbar nafaqat siyosatchi bo’lishi, balki dastlab uning irodali, qo’rqmas shaxs sifatida shakllanganligi ham e’tiborlidir. 1989 yilning 23 iyunida Islom Karimov mamlakat rahbari bo’lib saylangan kunining ertasigayoq ya’ni, 24 iyun kuni Ministrlar Sovetida Farg’ona voqealariga bag’ishlangan katta majlis o’tkazadi. Mazkur majlisdagi chiqishida yangi rahbar siyosiy yetakchiga xos barcha fazilatlarini namoyon etadi. Islom Karimov davlat rahbari sifatida masalani keskin qo’yadi: “Biz bundan buyon eskicha yasholmaymiz va bunday yashashga zamonning o’zi yo’l qo’ymaydi” deya ta’kidlaydi. Ertasigayoq respublika rahbari janjal-to’polonlar ichida qolib ketgan Farg’onaga boradi. Lovillab yonayotgan uylar, tahlika va sarosimaga tushgan shahar va qishloqlar, qahr-g’azabga to’lgan odamlarning ichiga dadil kirib boradi. Ular bilan chin dildan, hech narsani yashirmasdan ochiq gaplashadi. Bu insonlarning shu vaqtga qadar hech kim eshitmagan ohunolalarini tinglab, o’zining yurakdan chiqqan samimiy va haqqoniy so’zlari bilan bamisoli ularning qalbidagi yaralariga malham qo’ygandek bo’ladi. Ammo voqelar qaltis tus olgan kezlarda Farg’ona fojialari haqida respublika matbuotida va boshqa ommaviy axborot vositalarida to’g’ri ma’lumot berilmaganligi, bu mojarolarning kelib chiqishida asosan «mahalliy aholi aybdor» deb bir tomonlama va noxolis baholanishi vaziyatni yanada keskinlashtirdi. Ta’kidlash joizki, 1989 yil 11 iyunda Toshkent shahrida ishlayotgan va o’qiyotgan farg’onalik yoshlardan yuzga yaqini ommaviy axborot vositalarining voqealarga munosabati haqida bir qator to’g’ri talablarni qo’yadilar. Bunday ommaviy chiqishlarga, kommunistik mafkura tartibiga qarshi borishlarga «ko’nikmagan» mustabid tuzum siyosiy rahbariyati namoyishchilarga qarshi harbiy qism tashlaydi. 1989 yil 8 iyunda Qo’qonda tinch namoyishchilar ana shu harbiy qism askarlari tomonidan o’qqa tutildi, natijada 50 dan ziyod namoyishda qatnashgan aholi halok bo’ladi (ularning ko’pchiligi yoshlar edi), 200 dan ortig’i esa yarador qilinadi. Umuman 3-12 iyun kunlari Farg’ona viloyatida bo’lgan millatlararo to’qnashuvlar va ularning harbiylar tomonidan o’qqa tutilishi oqibatida 103 kishi halok bo’lgan, 1009 kishi jarohatlangan va 650 xonadonga o’t qo’yilib, vayron qilingan. Voqealarning keng miqyos va fojiali tus olganligi sababli sovet va ma’muriy organlar tomonidan mesxeti turklarini Farg’onadagi harbiy qism poligonidagi lagerga hamda Tojikistonning Leninobod (hozirgi Sug’d viloyati) viloyati Asht tumanidagi Novgarzon posyolkasiga shoshilinch ko’chiriladi. Minglab odamlarni bunday lagerlarda uzoq saqlab bo’lmas edi. SHuning uchun 16.282 kishi Farg’ona viloyatidan Rossiyaning Smolensk, Orlovsk, Kursk, Belgorod va Voronej viloyatlariga ko’chirib olib borib joylashtiriladi.Zero, o’zbek xalqining vijdoni pok. Farg’ona voqealari o’zbek xalqining irodasi bilan sodir bo’lmadi. Bu voqealarga tuturuqsiz va g’arazli maqsadlarni ko’zlab, kim qanday buyoq bermasin, tarix albatta, o’zining adolatli hukmini chiqaradi. Baynalmilalchilik, mehmondo’stlik, yaxshilik, qalb saxovati hamisha o’zbek xalqiga xos fazilat bo’lib keldi.Ma’muriy buyruqbozlik tizimi, kadrlar siyosati, qatag’onlar, sanoat, elektroenergetika, mashinasozlik, asbobsozlik, irrigatsiya, melioratsiya, qo’riq va bo’z yerlar, ijtimoiy hayot, madaniy hayot, fan, adabiyot va san’at, ta’lim-tarbiya, «qayta qurish», paxta ishi», paxta yakka hokimligi, ekologik muammolar. Respublika rahbarining bunday qat’iyati asossiz ta’na va bo’htonlardan ezilgan, turli tahdidlar oqibatida tahlikaga tushgan xalqning ruhini ko’tardi. Islom Karimov qonli voqealar haqidagi haqqoniy fikrlari bilan xalqimiz sha’niga otilgan malomat toshlari butunlay bo’hton ekanligini isbotlaydi. Ayni paytda vahshiylik qilgan, odam o’ldirgan, tartibsizliklarni keltirib chiqargan, uylarga o’t qo’ygan,transport vositalarni yoqib yuborgan kimsalar o’zbek millatiga mansub emasligini, ularning hammasi ataylab tashkil etilganini markazdagi minbarlardan turib jasurlik bilan aytadi. Davlat rahbari o’sha davrdayoq Farg’ona voqealarining tub sabablarini quyidagi masalalar bilan bog’liqligini asoslab bergan edi va bu sabablar Islom Karimovning asarida ham aniq ifodalangan. Bular quyidagilar: Download 110.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling