Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz”


Prezident SHavkat Mirziyoev «YAngi O’zbekiston» qanday bo’lishi haqida gapirdi «Bizning maqsadimiz aniq va ravshan


Download 110.55 Kb.
bet7/9
Sana23.12.2022
Hajmi110.55 Kb.
#1048622
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
mustaqillik darsi

Prezident SHavkat Mirziyoev «YAngi O’zbekiston» qanday bo’lishi haqida gapirdi «Bizning maqsadimiz aniq va ravshan.
YAngi O’zbekiston:
➖ har bir fuqaroning hayotini yanada yaxshilash maqsadida davlat xizmatlaridan foydalanish uchun keng imkoniyatlar beradigan;
➖ odamlar o’z muammolari haqida ochiq gapirishi va ularning yechimi uchun birgalikda harakat qilishlariga barcha sharoitlar mavjud bo’lgan;
➖ hamma uchun adolatni so’zsiz ta’minlash imkoniyatini beradigan hamda fuqarolari ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida teng bo’lgan;
➖ tadbirkorlikning rivojlanishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan Davlat, desak, mubolag’a bo’lmaydi.
Bir so’z bilan aytganda, YAngi O’zbekiston deganda, har bir fuqarosi uchun g’amxo’rlik qiladigan, ochiq va adolatli jamiyat ham tushuniladi», — dedi davlat rahbari.
Mustaqilligimizning 31 yilligiga bag’ishlangan nutqida SHavkat Mirziyoev 2026 yilgacha eng avvalo e’tibor qaratiladigan 5 ta asosiy sohani sanab o’tdi:
1️⃣ Birinchidan - ta’lim.
2️⃣ Ikkinchisi — sud.
3️⃣ Uchinchisi — tadbirkorlik.
4️⃣ To’rtinchisi — sog’liqni saqlash.
5️⃣ Beshinchisi — aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash.
Davlatimiz rahbari har bir sohaga alohida to’xtalib, barchasi bo’yicha oldimizda turgan marralarni bayon qildi.
❓Yangi O’zbekistonning rivojlangan ta’lim tizimi bitiruvchisi qanday bo’lishi kerak?
“Agar biz ta’limga bor e’tiborimizni qaratsak va yuqoridagi vazifalarni amalga oshirsak, unda yoshlarimizda qanday o’zgarish bo’ladi? Biz orzu qilgan kelajak avlod qanday bo’lishi kerak?” - bu haqda Shavkat Mirziyoev o’z nutqida to’xtalib o’tdi.
“Natijada, Yangi O’zbekiston maktab bitiruvchisi zamonaviy ko’nikmalarni egallagan, axborot texnologiyalarini puxta o’zlashtirgan, kreativ fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan, dunyoqarashi keng shaxs bo’lib yetishadi”, - dedi Prezident.
2️⃣ Sud tizimi
SHavkat Mirziyoev oldimizda turgan 5 ta asosiy vazifadan yana biri sud tizimini isloh qilish ekanligini ma’lum qildi.
Ikkinchidan, sud tizimi mustaqil bo’lmas ekan, jamiyatimizda rivojlanish bo’lmaydi. Sud idorasiga ishi tushgan har bir shaxs ushbu dargohda qonun va adolat ustuvor ekaniga ishonch hosil qilishi lozim. YAngi O’zbekistonda har qanday bahsli masalaga adolatli yechim faqat odil sud tomonidan topilishi kerak! Sudyalar ishiga har qanday aralashuv keskin jazolanadi, ularning xavotirsiz ishlashi uchun barcha zarur sharoitlar yaratiladi. Qanchalik qiyin bo’lmasin, sud tizimidagi islohotlarimizni albatta davom ettiramiz”, - dedi davlatimiz rahbari.


Download 110.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling