Yangi Oʻzbekistonda El aziz, Inson aziz


Download 25.16 Kb.
bet5/6
Sana15.02.2023
Hajmi25.16 Kb.
#1202523
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-sentabr (2)

10-sinf o‘quvchisi: Assalomu alaykum, xurmatli ota-onalar, aziz mexmonlar, muxtarama ustozlar. Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillinining 31 yilligi va “Bilimlar kuni” bilan chin dildan muborakbod etaman. Bugungi kundagi biz yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlardan keng foydalanish maqsadida ta’limni davom ettirish uchun 10-sinfda o‘qishni o‘z ixtiyorim bilan tanladim. Bunday e’tibor bizni xayajonga soldi, qalbimizni to‘lqinlantirib, ertangi kunga bo‘lgan ishonchimizni yanada oshirdi. Chunki, xurmatli yurtboshimiz tomonidan biz yoshlarga yaratilayotgan bunday shart-sharoitlar, yaratilayotgan imkoniyatlar bizni yetuk va komil inson bo‘lish uchun yetaklaydi. Biz barcha sinfdoshlarimiz va tengdoshlarimiz nomidan Vatanimizni sevishga, uni asrab-avaylashga, uning kelajagi uchun yetuk shaxs bo‘lib yetishishga, ota-bobolarimizdan qolgan boy madaniy merosni asrab avylashga, boy va betakror ona tabiatimizni xurmat qilishga, ustozlarimiz tomonidan berilayotgan bilimni puxta va kuchli egallashga, xar doim madaniy va axloqiy yetuk bo‘lishga hamda maktabimiz sha’ni va obro‘yini ximoya qilishga bor kuch, bilim va g‘ayratimizni sarflashga ota-onalarimiz, ustozlarimiz oldida (barcha 10 sinf o‘quvchilari birgalikda) tantanali va’da beramiz.

Maktab ma’muriyati tomonidan barcha 10 sinf o‘quvchilariga “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” kitobi sovg‘a qilinadi.

Davraga 2-4-sinf o‘quvchilari chiqib kelishadi, maktab va ilm xaqidagi she’rlar yangraydi.

1-O‘quvchi: Assalom maktabim, ulug‘ koshona,
Assalom jon-tanim Vatanim-ona.
Men seni sog‘indim, yurak-brakdan,
Naqadar azizsan oftob-nurxona.


  1. O‘quvchi: O‘qib kelajakda bo‘lamiz olim,

Ziyoli, muxandis, raxbar, shifokor.
Qaybir kasb xunarni egallasak ham,
Hammasiga chuqur bilim, qunt darkor.

3-o‘quvchi: Keldik o‘qimoqqa jonajon maktab,


Mexribon onadek och quchog‘ingni.
To‘lib zavqu-shavqqa, orzular yuksak,
Simirgali keldik fan bulog‘ini.

4-O‘quvchi: Sendan boshlanadi o‘qish, o‘rganish,


Bilim egallashning eng avj pallasi.
Sen qutlug‘ dargohsan, aziz maktabim,
Sendan boshlanadi yurtning ertasi.

1-Boshlovchi: Endigi so‘z navbatini faol va namunali ota-onalardan ___________________ ___________________ga beramiz. Marxamat.

(Ota-ona tabrigi)



Ota-ona so‘zi: Assalomu alaykum hurmatli Ustozlar va aziz o‘quvchilar, Mana bugun Sizlar yangi 2022- 2023 o‘quv yilining birinchi kunida Davlatimiz rahbari tomonidan e’lon qilingan ta’limning yangicha tizimi ya’ni umumta’lim maktablarda 10-sinflarida o‘qishni boshladingiz. Shu munosabat bilan avvalom bor bu yangilik biz ota-onalarning ham dilidagi ayni hoxish istagi ifodasi edi. Chunki har-bir ota-ona borki farzandini voyaga yetguniga qadar iloji boricha yonida xavfsiz o‘nib-o‘sishini va shu bilan birga sifatli ta’lim-tarbiya olishini istaydi.
Yosh avlod tarbiyasiga va ularning sifatli ta’lim olishiga birinchi navbatda ota-onalarning mas’uliyatini oshirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri bo‘lib kelmoqda. Bunday keskin va tahlikali sharoitda biz ota-onalar, ustoz murabbiylar, jamoatchilik, mahallakuy bu masalada xushyorlik va ogohlikni yanada oshirishimiz kerak. Bolalarimizni birovlarning qo‘liga berib qo‘ymasdan ularni o‘zimiz tarbiyalashimiz zarur.
Xurmatli uztozlar, aziz o‘quvchilar Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Mustakilligining 31 yilligi va Bilimlar kuni bilan chin dildan tabriklab, sharafli va mashakkatli kasbingizda sog‘lik salomatlik tilaymiz!

10 sinf o‘quvchilarining ota-onalariga farzandlari tomonidan 1 donadan gul beriladi.

Ozodbek Nazarbekov ijrosidagi “Bolam dema Vatanim meni” nomli qo‘shig‘i yangraydi va maktabning raqs to‘garagi ishtirokchilari ijrosida raqs ijro etiladi.



(Musiqa va raqs)


Download 25.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling