Yangi O’zbekistonda gender tenglik masalalari


Download 17.29 Kb.
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi17.29 Kb.
#1521878
  1   2
Bog'liq
maqola top


Yangi O’zbekistonda gender tenglik masalalari
Toshkent Davlat Texnika Universiteti 1 kurs magistrantlari
Musayeva Zarnigor Dilmurod qizi
Urakov Eldor Erkin o’gli
musayevazarnigor4@gmail.com
Annotatsiya
Bu maqolada O’zbekiston Respublikasida xotin-qizlarning gender kamsitilishining oldini olishda qanday ishlar olib borilayotganligi, zo'ravonlikka chek qo’yish, ularni reabilitatsiya qilish va moslashtirish, diskriminatsiya kabi muommolar asosiy o’ringa qo’yilgan.
Kalit so’zlar: gender tenglik, reabilitatsiya, sterotip, iqtisodiy faollik, resurs, diskriminatsiya, xavfsizlik
INTRODUCTION
Rivojlanishning yangi bosqichiga chiqqan O’zbekistonda, gender tengligi masalalari hozirgi kunda chuqur isloh qilinmoqta. Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda xotin-qizlar va erkaklar tengligi to’g’risidagi bir qator qonunlarni imzoladi. O’z-o’zidan ayollarning ishlash imkoniyatlarini kengaytirish bo’yicha masalalar ko’rib chiqildi. Ma'lumki, 2019 yil 2 sentyabrda qabul qilingan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida” O'zbekiston Respublikasining qonuni xotin-qizlarning jamiyatdagi o'rniga qaratilgan huquqiy himoya, huquqiy kafolat sifatida ma'qullangandi.Quvonarli tomoni shundaki, ming yillardan buyon jamiyatda ayol va erkak o'rtasidagi tengsizlik va uni hal etish masalasi hamisha dolzarb bo'lib kelgan huquqiy munosabatlarning nechog'lik dolzarbligiga qaratilgan onundir. Jumladan, qonunning 1-moddasida qayd etilganidek, qonunning maqsadi xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta'minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ayollarning iqtisodiy faolligini oshirish davlat va jamiyat tomonidan maxsus chora-tadbirlar ko‘rishni,uzoqqa mo‘ljallangan rejalar, dasturlarni ishlab chiqishni taqozo etadi. Shuni esda tutish zarurki, raqobatga, manfaatlar to‘qnashuviga asoslangan bozor munosabatlari sharoitida barcha ayollar ham o‘z qobiliyati va salohiyatini to‘liq namoyon etish imkoniga ega bo‘lavermaydi. Keskin raqobat, mulklarning xilma-xilligi tufayli murakkablashadigan «Kim o‘zdi» hammaning ham o‘z ichki ijodiy kuchlarini ro‘yobga chiqarishiga imkon beravermaydi. Bu o‘rinda tashabbuskor ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularga «o‘z ishi»ni rivojlantirishda yordam berish zarur bo‘ladi. Xususiy mulk egasi bo‘lgan ayolgina iqtisodiy munosabatlarda faollik ko‘rsatadi.Gender tenglik - jamiyatda huquq ustuvorligini ta’minlashga xizmat qiladigan muhim mexanizm. Ya’ni, hech kimning, u erkakmi, ayolmi, huquqi kamsitilmasligi yoki toptalmasligi kerak. Ammo hayotda huquqi buzilayotgan shaxslar, ayniqsa xotin-qizlar, opa-singillarimiz uchrab turadi. Ularni himoya qilishga hissa qo‘shish, jamiyatdagi mavqeini oshirish bizning asosiy maqsadimiz.
Bugungi kunda respublikamizda tadbirkorlik faoliyatiga oid yetarli huquqiy baza yaratildi. Lekin shunga qaramasdan, amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar hamda yangi ijtimoiy munosabatlarning qaror topishi ularga yangicha yondashuv va huquqiy jihatdan tartibga solish mexanizmlarini kuchaytirishni talab etmoqda. Bu borada, albatta, Prezidentimiz tomonidan keltirib o‘tilgan takliflarni chuqur o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Shu qatorda, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanishning Beshinchi maqsadi – Gender tenglikni amalga oshirish doirasida Oʻzbekistonda gender tenglikni taʼminlash hamda barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga oid toʻqqizta vazifa ishlab chiqilgagini ham ta’kidlash mumkin. U 2030-yilga kelib barcha xotin-qizlarga nisbatan kamsitishlarning har qanday shakliga barham berish, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotda qarorlar qabul qilishning barcha darajalarida ayollarning toʻliq va samarali ishtirokini ta’minlash va yetakchilik qilish uchun teng imkoniyatlarni yaratish zarurligini oʻz ichiga oladi. 
O‘zbekistoning "Ayollar tadbirkorligi global Indeksi"ga a’zo davlatlar qatoriga kirishi mamlakatda ayollar tadbirkorligi rivoji va istiqbollarini dunyo rivojlangan mamlakatlari standartlarida o‘lchash imkoniyatini beradi. Ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda Gender tenglik masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, sohaga oid 25 ta qonun hujjati qabul qilindi. Hozirgi kunda xotin-qizlarimizning jamiyatdagi rolini oshirishga, ularni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotgani natijasida ijtimoiy munosabatlarda ham, qonunchilikda ham juda katta o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Jumladan, 02.09.2019 yilda “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Qonun bilan ilk bor milliy qonunchiligimizda “gender” tushunchasiga ta’rif berilib, davlat xizmati, saylov jarayonlari, ijtimoiy-iqtisodiy, ta’lim, ilm-fan, madaniyat hamda sog‘liqni saqlash sohalarida xotin-qizlar va erkaklar uchun davlat tomonidan teng huquq va imkoniyatlar yaratilishi kafolatlandi.


XULOSA
Xulosa qilib aytganda, gender tengligi bu zamonaviy xususiyat emas, lekin u har doim va barcha davrlarda mavjud edi. Bugungi kunda asosiy savol gender jarayonlari insonning o’zini namoyon qilishi bilan belgilanadi. Bu sizning darajangizni oshirish uchun degan ma’noni anglatadi. Uning ehtiyojlarini qondirish uchun u barcha imkoniyatlarini (resurslarini), qobiliyatlari va iste’dodlarini maksimal darajada namoyish etadi. Gender munosabatlari jamiyatda ijtimoiy jihatdan tashkil etilganligini tan olish. Demak, o'rnatilgan hokimiyat munosabatlarini qayta tashkil etish va gender tengligiga asoslangan ijtimoiy tartibni o'rnatish umidi bor. Jamiyat barcha qatlamlarining maqsadli faoliyatini tashkil etish zarur gender-dezagratsiyalangan axborot bazasini yaratish, barcha hududlar darajasida gender vaziyatining gender tahlili va monitoringini o`tkazishni talab etadi.

Download 17.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling