Yangi o`zbekistonda maktabgacha ta`limdagi islohatlar maziyayeva Muqaddasxon
Download 10.82 Kb.
|
maqola 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so`z va iboralar
- Uchinchi Renessansning to`rt uzviy xalqasiga
- Davlat- jamiyat- inson
- Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati
YANGI O`ZBEKISTONDA MAKTABGACHA TA`LIMDAGI ISLOHATLAR Maziyayeva Muqaddasxon – FarDU, 2 bosqich magistranti Annotatsiya Mazkur maqolada maktabgacha ta`lim tashkilotlarida bolalar nutqini o`stirishda bugungi kundagi islohatlar yoritib berilgan. Bolalar nutqini o`stirishning masalalariga ijobiy yondashgan. Kalit so`z va iboralar: ilm, fan, ta`lim, nutq. Bugungi kunda dunyo miqyosida raqobat keskinlashib borayotgan hozirgi murakkab davrda mamlakatimizda ilm-fan yutuqlari, yuqori texnologiyalar asosida modernizatsiya qilinib yangilanmoqda. Shu bilan bir qatorda davlatimizda ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlar faoliyatlari qayta tashkil etilib, ilmiy laboratoriyalarni zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlashga erishilmoqda. Bu ishlarning barchasidan davlatimizning yagona maqsadi - maktabgacha ta`lim va maktab ta`limi, oliy va o`rta maxsus ta`lim tizimi hamda ilmiy-madaniy muassasalarni Uchinchi Renessansning to`rt uzviy xalqasiga, bog`cha tarbiyachisi, maktab muallimi, professor- o`qituvchilar va ilmiy –ijodiy ziyollilarimizni esa Yangi Uyg`onish davrining to`rt tayanch ustuniga aylantirishga harakat qilinmoqda. Mamlakatimizda bir-biri bilan chambarchas bog`langan ta`lim sohasida ulkan ishlar amalga oshirilib, ta`lim tizimlari, ilmiy-tadqiqot muassasalarini rag`batlantirish bo`yicha keng ko`lamli o`zgarishlar amalga oshirilmoqda. 2025-yilga borib, 3-7 yoshdagi bolalarni 74,5 foizini maktabgacha ta`lim tashkilotiga qamrab olishni nazarda tutuvchi maktabgacha ta`lim tizimini rivojlantirish ko`zda tutilmoqda. Maktabgacha ta`lim Konsepsiyasi hayotga joriy etilmoqda. Bugungi kunda Yangi O`zbekistonda kichik yoshdagi bolalarni maktabgacha ta`limga qamrab olish darajasi 28 foizdan 60 foizga yetkazilib, bog`chalar soni 3 barobarga ko`payib, 14,2 mingtadan oshirishga erishildi. Hozirda mamlakatimizda maktabgacha ta`lim tashkilotiga bolalar qamrovini yanada oshirish maqsadida nodavlat maktabgacha ta`lim tashkilotlari, davlat sherikchilik tashkilotlari va davlat tasarufidagi maktabgacha ta`lim tashkilotlari faoliyat ko`rsatmoqda. Maktabgacha ta`limni tubdan yaxshilash va unda ta lim sifatini oshirish borasidagi islohatlar jadal rivojlanmoqda. Xorijiy davlatlar tajribalari asosida maktabgacha ta`lim tashkilotlarida kichik yoshdagi bolalarga talim tarbiya berilmoqda. Albatta, bu maktabgacha ta`lim tashkilotlarida davlatimiz kelajagi bo`lgan kichkintoylar zamonaviy jihozlangan xonalarda ta`lim tarbiya olmoqdalar, hayotga hamda maktab ta`limiga tayyorlanmoqdalar. Bugungi kunda davlatimizda “Davlat- jamiyat- inson” tamoyillariga amal qilinib kelinmoqda. Shu o`rinda alloma Isohqon Ibratning hikmatli so`zining isbotini ko`rishimiz mumkin, ya`ni “Bizning yoshlar albatta boshqa tilni bilish uchun say-harakatlar qilsinlar, lekin avvalo o`z ona tilini ko`zlariga to`tiyo qilib, ehtirom ko`rsatsinlar. Zero, o`z tiliga sadoqat -bu vataniy ishdir”. Darhaqiqat, maktabgacha ta`lim tashkilotlarida bolalarga o`z ona tilisi bilan birga, chet tillarini o`rgatish bo`yicha bir qator ishlar amalga oshirillib, maktabgacha ta`lim tashkiloti ish rejasi asosida chet tillarini o`rganish uchun ta`limiy faoliyatlar hamda til o`rganishga oid to`garaklar tashkillangan. Bu ishlar zamirida bolalarni nutqlarini o`stirishga erishilmoqda va ular so`z zahiralariga yangi so`zlar kiritilmoqda. Bolalarga kichik yoshidan boshlab, kichik hajmdagi ularni yoshlariga mos o`zbek adabiyoti va jahon adabiyoti janri namunalari asosida she`rlar, hikoya va ertaklar, rivoyatlar, masallar, maqollar o`rgatilmoqda. Ona tili orqali o`z ajdodlarining tarixini, madaniyatini, qadriyatlarini, urf-odatlarini bilib olishga, xalq og`zaki ijodiyoti, badiiy adabiyoti hamda sa`nati bilan tanishtirishga erishilmoqda. Bugungi kunda, maktabgacha ta`lim tashkilotlarida va oilada kichik yoshdagi bolalarga, kichik yoshdan boshlab, bolalarga chet tillari oily ma`lumotga ega mutaxassislar tomonidan muassasa dasturi asosaida faoliyatlar tashkillangan. Bunday ishlar zamirida bolalarni bir-birlari hamda kattalar bilan nutqiy muloqatga kirishishlariga hamda bir-birlarini tushunish qobiliyatlarini rivojlantirishga erishilmoqda. Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida bolalarning yoshini individual xususiyatlarini hisobga olgan holda nutqga ta`sir etishning eng samarali yo`llari to`g`ri tanlanib hayotga joriy qilinmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati: 1.Yangi O`zbekiston strategiyasi. Toshkent 2021yil 2.“Ilk qadam” qavlat o`quv dasturi. 2018 yil 3.O`zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo`yilgan davlat talablari.Toshkent 2018 yil 4.“Ilm yo`li “ variativ dasturi Toshkent 2018 yil Download 10.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling