Yangi O’zbekistonda tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashda davlatning ro’li
Download 1.94 Mb.
|
asd
b) Eksportni rag‘batlantirish agentligi eksport qiluvchilar tomonidan tovarlar ular bo‘yicha to‘lovlarni kechiktirib to‘lash sharti bilan eksport qilinganda, ularning aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun revolver kreditlarni moliyalashtirishga tijorat banklariga moliyaviy resurslar taqdim etadi. Bunda, ushbu resurslar hisobidan kreditlar to‘lovlar kechiktirilgan muddatga va eksport qilinayotgan mahsulotlar qiymati miqdorida, biroq 3 million AQSH dollari ekvivalentidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda, yillik 4 foizli stavka (shundan, 2 foizi bank marjasi) bilan ajratiladi.2. Yakka tartibdagi tadbirkorlar Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining kafillik va kompensatsiyalaridan foydalanish huquqiga egaligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 3. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida ajratilayotgan kreditlarning 70 foizi kichik biznes loyihalariga, 30 foizi ustuvor ravishda o‘zini o‘zi band qilishga (tomorqadan unumli foydalanish, uy sharoitida hunarmandchilikni va kasanachilikni rivojlantirish) yo‘naltirilsin. Bunda, ajratiladigan mablag‘larning kamida 15 foizi joylarda, ayniqsa, shaharlarda xizmat ko‘rsatish sohasida kichik loyihalarni moliyalashtirishga qaratiladi. 4. Quyidagilarga: xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga olis va chekka hududlarda joylashgan yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini auksionga qo‘yishda ularning boshlang‘ich narxini 50 foizgacha kamaytirish vakolati; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar Kengashlariga yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini auksionga qo‘yishda boshlang‘ich narxga chegirma belgilanadigan olis va chekka hududlar chegaralarini belgilash vakolati berilsin. 5. 2021 yil 1 iyundan boshlab infratuzilmaga yaqin joylarda, shu jumladan, respublika ahamiyatidagi yo‘llarga tutash bo‘lgan, belgilangan tartibda tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha unumdorligi past, foydalanishda bo‘lmagan qishloq xo‘jaligi yerlarini sanoat va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini barpo etish uchun loyiha asosida investorlarga “E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasida elektron onlayn-auksion orqali ajratishga ruxsat berilsin. 6. Bosh vazir o‘rinbosarlari J.Qo‘chqorov va Sh.G‘aniyev Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2021 yil 15 mayga qadar qishloq xo‘jaligi yerlarini xatlovdan o‘tkazgan holda sanoat va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini barpo etish uchun ajratiladigan unumdorligi past, foydalanishda bo‘lmagan qishloq xo‘jaligi yerlari ro‘yxatini shakllantirsin hamda ularning aniq chegarasi va maydonini ko‘rsatgan holda har bir tuman kesimida tasdiqlanishini ta’minlasin. 7. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Samarqand va Buxoro viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda Andijon, Namangan, Farg‘ona, Samarqand shaharlari, Urgut va G‘ijduvon tumanlarida zamonaviy savdo va sanoat hududlarini tashkil etish, ularda savdo-ishlab chiqarish ob’ektlarini qurish va sotish uchun infratuzilma mavjud bo‘lgan kamida 20 gektar maydondan yer uchastkalarini tadbirkorlik sub’ektlariga auksion orqali (shu jumladan, to‘lovni bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan hamda auksionni yagona ishtirokchi bilan o‘tkazishga ruxsat bergan holda) ajratish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. Bunda, savdo va sanoat hududlarini tashkil etishning asosiy sharti binolarning birinchi qavatida savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari, yuqori qavatlarida ishlab chiqarish ob’ektlarini joylashtirish hisoblanadi. 8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari 2021-2022 yillar davomida kamida 500 ta mahalla fuqaro yig‘inlarining eski binolarini davlat-xususiy sheriklik asosida zamonaviy ko‘rinishda qayta qurish bo‘yicha tadbirkorlik sub’ektlari bilan kelishuvga erishilishini ta’minlasin. Bunda, 1 qavatli bino o‘rniga 2-3 qavatli bino qurilishi, uning 2 va 3-qavatlarida kichik ishlab chiqarish, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlari, ishsiz xotin-qizlar va yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish markazlarini tashkil qilish uchun tekin foydalanish asosida 30 yilga tadbirkorlik sub’ektining ixtiyorida qoldirilishini nazarda tutsin. Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling