Yangi O’zbekistonda "TA`lim to'G'risida"gi qonun bilan "kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ning mazmunan bir-birini to’ldirishi va ularga qo’yilgan shart va talablar


Download 82.48 Kb.
Sana13.04.2023
Hajmi82.48 Kb.
#1354750
Bog'liq
Sultonmaxmudova Gulasal


Yangi O’zbekistonda "TA`LIM TO'G'RISIDA"GI qonun bilan "KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI"ning mazmunan bir-birini to’ldirishi

    1. Yangi O’zbekistonda "TA`LIM TO'G'RISIDA"GI qonun bilan "KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI"ning mazmunan bir-birini to’ldirishi va ularga qo’yilgan shart va talablar.

Yangi O’zbekistonda "TA`LIM TO'G'RISIDA"GI qonun mazmunan o’z maqsadini bayon etgan holda, bilim olish talabida bo’lgan talaba yoshlar uchun zamonaviy ta’lim nazariyasi hamda amaliyotiga asosan bilim berish, kasb-hunarga o’qitishda joriy etilgan qonunchilikka amal qilishdan iborat.
Ta’lim to’g’risidagi qonunchilik, Kadrlar tayyorlash milliy modeli, mamlakatimizda joriy etilgan ta’lim standarti va o’quv uslubiy rejasi hamda shunga o’xshash normativ hujjatlarda hozirgi vaqtda talaba yoshlarga bilim berishga qo’yilgan talablar o’z tasdig’ini topgan. Yuqoridagi normativ hujjatlarda bilimdon, mustaqil fikrga ega, o’zida insoniy fazilatlarni mujassam etgan yetuk avlodni kamol toptirish eng muhim vazifa etib tayinlangan. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning tarkibiy tuzilmalari quyidagilar hisoblanadi:
kishilik jamiyati- malakali xodimlar tayyorlashning asosiy subyekti va obyekti bo’lib, fan va ta’lim sohalaridagi xizmatlar iste’molchisi hamda ularni amalda qo’llovchisi hisoblanadi;
davlat va jamiyat- o’qitish va xodimlar tayyorlash tizimini tartibga soluvchi, xodimlar tayyorlash va ularni qamrab olishning kafillari hisoblanadi;
davomiy o’qitish- yuqori tajribaga ega mutaxassislar tayyorlashning asosi hisoblanib,ta’limning hamma bosqichlarini, mamlakatimizda joriy etilgan ta’lim talablarini, xodimlarni o’qitish va ularda kechadigan jarayonlarni o’z ichiga oladi;
fan- yuqori malakaga ega bo’lgan xodimlarni o’qituvchi hamda ulardan foydalanuvchi ilg’or pedogogik mahorat va zamonaviy texnologiyalarni amalga joriy etuvchi;
amalga joriy etish- malakali mutaxassislarga bo’lgan talabni, shu jumladan ulardagi bilim sifati va samaradorligiga qo’yilgan talabni aniqlovchi, xodimlar tayyorlash tizimini moliyaviy va moddiy texnik bazasini ta’minlash jarayonining qatnashuvchisi;
Davomiy ta’lim tizimining faoliyati mamlakatimizda joriy etilgan ta’lim standartlari asosida amalga oshiriladi va ular quyidagi ta’lim turlariga bo’linadi: 0 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarni tarbiyalash; maktab davridagi ta’lim; o’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi; bakalavriat; magistratura; xodimlar tajribasini oshirish va qayta o’qitish; maktabdan tashqari ta’lim.
1.2 Oliy ta’lim tizimi.
Mamlakatimiz mustaqillikni qo’lga kiritgandan so’ng, moliyaviy hamda ijtimoiy o’sishning o’ziga xos strategiyasini tanlashi xodimlar o’qitish tuzilmasini boshqatan tashkil etishni talab qilib qo’ydi. Ta’lim to’g’risidagi qonunchilikning amalda qo’llanilishi natijasida yangi o’quv uslubiy rejalari,fan dasturlari, darsliklarni va zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqishni hamda ularni amalda joriy etishni taqozo qilib qo’ydi. Shu jumladan,Kadrlar tayyorlash milliy modelida dars jarayonini tashkil etish normativ hujjatlar yig’indisi ( davlat ta’lim talablari, o’quv uslubiy rejalari va fan dasturlari) asosida, yuqori malakali xodimlar tayyorlash esa milliy ma’naviyatimizga mos ravishda amalga oshirilishi kerakligi aytib o’tilgan. Davomiy o’qitish xodimlarga ta’lim-tarbiya berish tizimining asosi va mamlakatimiz ijtimoiy rivojini ta’minlovchi, kishilik jamiyati va mamlakatimizning moliyaviy, ijtimoiy, ilmiy-taxnikaviy va madaniy-ma’rifiy xoxishlarini qondiruvchi sohadir. Uzluksiz ta’lim berish jarayoni uchun mahoratli mutaxassislar tayyorlash va ularni malakasini oshirish ustuvorligi ta’minlanadi. Uzluksiz ta’lim shunday mazmunni anglatadiki, inson dunyoga kelgandan boshlab to umrining oxirigacha ilm egallash imkoniyatiga ega bo’lsin. Bu tizim davlatimizning Ta’lim to’g’risidagi qonunchiligida o’z tasdig’ini topdi. Oliy o’quv yurtidagi ta’lim- davomiy ta’lim tarmog’ining yuqori tajribaga ega kadrlar yetishtiruvchi mustaqil turi hisoblanadi. Bu bosqich oliy o’quv yurtlarida olib boriladi. Oliy ta’lim muassasalari malakali kadrlar yetishtirishni ta’minlab beradi. Oliy ma’lumotga ega kadrlar tayyorlash oliy ta’lim muassasalarida (akademiyalar, universitetlar, institutlar va oliy o’quv yurtning boshqa bo’limlarida) o’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi asosida olib boriladi. Oliy o’quv yurtidagi ta’lim 2 bosqichga: mamlakatimiz tarafidan qo’llab- quvvatlangan oliy ma’lumot to’g’risidagi hujjatlar bilan tasdiqlanuvchi bakalavriat va magistratura bosqichlariga bo’linadi. Bakalavriat- kollej va texnikumdan keyingi ta’lim bo’lib, asosiy bilimlar beradigan, o’qish davomiyligi 4 yildan kam bo’lmagan ta’lim bosqichi. Magistratura- ma’lum yo’nalish bo’yicha bakalavr asosida 2 yildan kam bo’lmagan muddat davom etadigan ta’lim bosqichidir.
Bakalavr, magistr- oliy o’quv yurtidagi ta’limning ma’lum bir yo’nalishini samarali tamomlagan talabalarga beriladigan daraja hisoblanadi. Shaxslar ikkinchi va undangi keyingi oliy ma’lumotni shartnoma bo’yicha olishga haqli hisoblanadilar. Oliy ta’lim muassasalari kollej va texnikum fundamentiga asoslangan holda,bakalavriat va magistratura bosqichlariga bo’linadi. Oliy o’quv yurtlariga talaba yoshlarni qamrab olish davlat grantlari hamda to’lov kontrakt asosida amalga oshiriladi. Bakalavriat bosqichi ma’lum bir mutaxassislik bo’yicha nazariy hamda amaliy bilim beradigan, o’qish davomiyligi to’rt yildan kam bo’lmagan muddat ichida olib boriladigan ta’lim bosqichidir. Bakalavriat bosqichi tugagandan so’ng bitiruvchi talabalarga yakuniy davlat attestatsiyalariga qarab, yo’nalish bo’yicha “bakalavr” darajasi beriladi va yurtimiz tamonidan belgilangan amaldagi kasb-hunar faoliyati bilan shug’ullanish imkonini beradigan diplom beriladi. Magistratura bosqichi ma’lum bir yo’nalish asosida bo’yicha nazariy hamda amaliy bilim beradigan, o’qish davomiyligi ikki yildan kam bo’lmagan muddat ichida olib boriladigan ta’lim bosqichidir. Magistrlik darajasini beradigan davlat malaka attestatsiyasi magistrlik dasturini so’nggi bosqichi hisoblanadi. Magistr darajasiga ega talabalarga yurtimiz tamonidan belgilangan amaldagi kasb-hunar faoliyati bilan shug’ullanish imkonini beradigan diplom beriladi. Bosqichma-bosqich olib boriladigan oliy o’quv yurtlari ta’lim tizmini tashkillash hamda ularni yuqori samaradorlikka olib chiqish uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish zarur: bakalavriat va magistratura bosqichlari uchun zarur bo’lgan davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va amalda qo’llash; oliy o’quv yurtlari uchun professor-o’qituvchilar tayyorlash, shuningdek xorijiy mamlakatlardagi yuqori ilg’or texnologiyalarga ega oq’uv hamda ilmiy markazlarda tayyorlash; oliy o’quv yurtlarida xodimlar tarkibiga o’zgartirish kiritish; oliy o’quv yurtlari boshqaruv tizimini rivojlantirish, ularning mustaqilligini yanada kuchaytirish; tashkilotchilar, vasiylik kengashlari, jamoat nazorat kengashlari kabi guruh boshqaruvini tashkil etish; bilim olishning fan hamda amaliyotga joriy etishni talabalar ongiga ta’sirchan mexanizmlarini ishlab chiqish va amalda qo’llash; ta’lim, mustaqil o’rganishni joriy etish va masofaviy ta’lim olish texnologiyasi va vositalarini amalda qo’llash; pedogogik mahorat va zamonaviy texnologiyalar yordamida talabalarni bilim olish saviyasini yanada oshirish; yurtimizning boy ma’naviy va ma’rifiy merosi hamda umumbashariy qadriyatlarimizni inobatga olgan holda ta’limning insonparvarlik yo’nalishini ta’minlash.
II BOB. MAXSUS FANLARNI PEDOGOGIK FAN SIFATIDA O‘QITISH. MAXSUS FANLARNI O‘QITISH METODIKASI FANINI PREDMETI, MAQSAD VA VAZIFALARI.
2.1 Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi pedogogik fan sifatida. Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi fanini predmeti, maqsadi va vazifalari.
Hozirgi davrda bakalavriatdan keyingi ya’ni magistratura bosqichlarida “ Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi” fani ixtiyoriy dars bo’lib, ushbu darslik uchun o’quv uslubiy qo’llanmalari oliy o’quv yurtining ilmiy unvonga ega mutaxassis va ustozlar tomonidan ishlab chiqiladi.
Ushbu darslikning leksiya qismida oliy o’quv yurtining zaruriy qonunchilik qo’llanmalari, o’qitish shakllari, ma’lum bir yo’nalishga moslangan fanlarni o’rgatishning tashkil etish hamda amalga joriy etish, maxsus fanlardan leksiya, laboratoriya tajribalarini olib borish texnikasi, talaba yoshlarni tajriba va ko’nikmalarini nazorat qilish va baho berish kabi bandlar joy olgan. Laboratoriya mashg’ulotlarida esa, darslikka tegishli quyidagi mavzularga joy ajratilgan: oliy o’quv yurtining tashkil etilishi va mohiyati, oliy ta’lim muassasining kerakli qonun hujjatlarini tuzilishi va ularni qonuniylashtirish, o’qitish yo’nalishlari va ularni amalga joriy etish texnikasi, ushbu darslarni o’rgatishda zamonaviy texnologiyalarni qo’llanilishi, maxsus fanlardan leksiya, laboratoriya tajribalarini olib borish texnikasi, fanni muhokama etish bo’yicha bilim hamda tajribaga ega bo’lish.
Biror sohaga oid fanlarni o’qitish usullari- ta’limning oldiga qo’ygan vazifalari, mohiyati, uslublari, ko’rinishlari, chora tadbirlari hamda o’rgatilayotgan maxsus fanlar orqali bilim berishning asosiy qoidalarini aniqlovchi fan hisoblanadi.
Bugungi kunlarda uslublarning amaliy va nazariy asoslari, uning ta’lim tizimidagi ahamiyati va amaliyot bilan aloqadorligi, yuksalish bosqichlari, ilmiy tajriba, o’rganish metodikasini samaradorligini kuchaytirish usullari kabi savollarga alohida nazar tashlanmoqda. Yuqorida qayd etilgan masalalarni hammasi metodika fanining rivojlanishiga turtki bo’ladi. Bundan tashqari uslubiy va solishtirish ishlari amalga oshirilmoqdaki, bunda metodikaning alohida dars sifatida rivojlanishi, shu singari, o’qitish uslublari bo’yicha yig’ilgan malakalar chet el davlatlar usullariga nisbatan solishtirib o’rganilmoqda.
Metodikaning qoidalar majmuini aqliy faoliyat va na’munali ta’lim tashkil etadi. Psixologik tomondan aql va jarayon birligiga tayanish mumkin. Bu tamoyil asoschilari A.N.Leontpev hamda S.L.Rubinshteynlar hisoblanadi. Ushbu o’zgarishga asosan odam ruhiyati ish jarayonida rivojlanadi: mashaqqat, ta’lim, o’yin. Kishilik jamiyati harakat qilish orqali shakllanadi.
Rubinshteyn mulohaza yuritishga ijobiy ta’sir etuvchi omil ko’zdan kechirilayotgan obyektning jumboqli bo’lishi kabi g’oyalarni oldinga suradi. Ushbu g’oya hozirgi paytlarda uslubiy qo’llanmalar, fan ishlanmalarini tayyorlashda qo’llanilmoqda. Shubhasiz, ta’lim berishni sifatli olib borishda talabalarni fanga jalb qila olish katta ahamiyatga egadir. Bunda talabalarni fanga jalb qilishning eng muhimi manbasi darslikning ma’nosidir. Darslikning ma’nosi aniq, yangilikka boy,darsga oid tasvirlarni bo’lishi, ma’naviy –aqliy tamondan sermazmun, darsning keraklilik xususiyatini yorita bera olishi kerak. Shu sababli auditoriyani jalb qila oladigan namunalar, videoroliklar, zamonaviy texnologiyalardan foydalaniladi. O’quv jarayoniga jalb qilish zamonaviy pedagogik o’yinlar orqali ham olib boriladi. Ushbu zamonaviy pedagogik texnologiyalarga qo’yiladigan normalar quyidagilar:
-fanning uslubiy qo’llanmasi bilan chambarchas bog’liqligi;
-ma’lum ilmiy maqsadlarni oldiga qo’yishi;
- ma’lum izchilikka rioya qilinishi;
- o’quvchilarni shaxsiy qiziqishlarini hisobga olishi;
- o’yin qoidalarining sodda va aniq qo‘yilishi;
- o’quvchilarning aktiv qatnashishi;
Bilim berishning didaktik negizlari. Bilim berish jarayoni o’qituvchi hamda o’quvchilar o’rtasidagi jarayon bo’lib, bunda aniq bir ilmiy topshiriqlar amalga oshiriladi, ya’ni ta’lim, ko’nikma va qobilyat shakllanadi.
Bilim berish davomiyligi ushbu bosqichlarni o’z ichiga oladi:

  1. Ta’limdagi intilishlarni aniqlanishi.

  2. O’qitish jarayonidagi intilishlarni ro’yobga chiqarishni ta’minlaydigan ta’lim mohiyati- o’quv dasturi hamda darsliklarda yoritib beriladi.

  3. O‘qitish jarayonining o’zgarib turishi, metodalari va vositalari.

  4. O’qitish tarzlari.

  5. O’qitish samaradorligining aniqlanishi hamda keyingi bosqichning belgilanishi.

Vaholanki, o’qituvchi bilim berish jarayonini mo’ljallashtirar ekan, har bitta darsga yuqoridagilarni hisobga olib tayyorgarlik qiladi. O’qitish jarayoni chambarchas bog’liq, qiyin tizimni tashkil etadi. Ta’lim mohiyatiga quyidagi to’rt unsurlarni kiritish mumkin;

  1. Olam, jonsiz tabiat to’g’risidagi ilmlar.

  2. Ta’lim asosidagi nazariya hamda qobilyatlar

  3. Ijodiy jarayon qoidalari

  4. Milliy va ma’naviy qadriyatlarni aks ettirishi.

Yuqorida qayd etilganlarni har biri inson ongi rivojlanishida ma’lum bir vazifalarni bajaradi. Lerner va Skatkin ta’limotiga ko’ra quyidagi yo’nalishni keng talqin qilish mumkin. Ta’limolish orqali nazariy bilim va qobilyatlar rivojlanadi, turli jumboqlarni yechish orqali ijodiy faoliyat shakllanadi hamda insonda boshqa shaxslarga borliqqa, tabiatga, o’ziga nisbatan aniq aloqalar tizmi vujudga keladi, hissiyotlar uyg’onadi.
2.2 Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi fanining tadqiqot obyektlari.
Ma’lum bir sohaga oid darslarni o’rgatish jumboqlariga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar o’tkazdirishdan asosiy
Download 82.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling