Yangi O‘zbekistonning o`zgarishlari Yangi Konstitutsiyasi xalqimiz muallifligida yaratiladi O`zbekistondagi o`zgarishlar
mingga yaqin takliflar asosida O‘zbekiston Konstitutsiyasining 76 ta
Download 1.26 Mb.
|
Abbos Yuldashov
mingga yaqin takliflar asosida O‘zbekiston Konstitutsiyasining 76 ta moddalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga ko‘ra, Asosiy qonunni 15 ta yangi modda va 1 ta yangi bob bilan to‘ldirish rejalashtirilgan.Bugun bo‘lib o‘tgan «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – inson qadrini ulug‘lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati» mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida ham shu haqda so‘z bordi.Konstitutsiyamizning 30 yilligiga bag‘ishlangan ushbu anjuman O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti va Toshkent Davlat transport universiteti hamkorligida tashkil etildi.Anjuman doirasida o‘tgan yillar mobaynida Asosiy qonunimizning bosib o‘tgan yo‘li xususida fikr almashildi. Shu maqsadda yalpi majlis va bir nechta shoʻbadan iborat yig‘ilishlarda qizg‘in muhokamalar o‘tkazildi.
Yalpi majlisda Konstitutsiyaviy komissiya raisi, Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti qoshidagi O‘zbekistonda yuridik fanlarni rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi, akademik Akmal Saidov, O‘zbekiston Prezidentining yoshlar, fan, taʼlim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Davlat va huquq instituti direktori Murodjon Turg‘unov, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish tadqiqotlari markazi direktori Shuhrat Yaqubov maʼruza qildi.Konferensiyada O‘zbekiston Konstitutsiyasining jamiyat va davlat hayotini yangi bosqichga ko‘tarishdagi roli alohida taʼkidlandi. Xususan, taʼlim tizimida Konstitutsiyani o‘rganishning nazariy va amaliy jihatlari, xalqaro huquq va milliy qonunchilikning o‘zaro taʼsiri muammolari tahlil qilindi.So‘zga chiqqanlar Konstitutsiyamizning milliy davlatchilikni shakllantirishdagi o‘rni, ijod erkinligining konstitutsiyaviy asoslari, konstitutsiyaviy normalarning amaliy ijrosini taʼminlashning ustuvor yo‘nalishlari xususida atroflicha fikr yuritdilar.Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi doirasida besh jildlik «Konstitutsiyaviy islohotlar: dunyo mamlakatlari tajribasi» kitobining uch jildi, «Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo davlatlar Konstitutsiyalari» va «Jahon Konstitutsiyalari» kitoblarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.«Davlat va huquq instituti xodimlari tomonidan tayyorlangan ushbu nashrlar konstitutsiyaviy-huquqiy savodxonlikni oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi», deyiladi Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi manbasida. Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling