Yangi O‘zbekistonning o`zgarishlari Yangi Konstitutsiyasi xalqimiz muallifligida yaratiladi O`zbekistondagi o`zgarishlar


Download 1.26 Mb.
bet1/10
Sana25.04.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1396794
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Abbos Yuldashov


Yangi O‘zbekistonning Yangi Konstitutsiyasi xalqimiz muallifligida yaratiladi
Reja:

  1. Yangi O‘zbekistonning o`zgarishlari

  2. Yangi Konstitutsiyasi xalqimiz muallifligida yaratiladi

  3. O`zbekistondagi o`zgarishlar



Munosabat
2022-yilning may oyi xalqimiz hayotida oʻziga xos voqelikka ega boʻlgan oy sifatida tarixga muhrlanmoqda. Boisi 17-may kuni mamlakatimiz parlamentida eng koʻp deputatlik oʻrniga ega boʻlgan ikki siyosiy partiya – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi va “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyalari tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish tashabbusini ilgari surishga qaratilgan qoʻshma yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Shuningdek, 20-may kuni Senat va Qonunchilik palatasi kengashlarining qoʻshma majlisi oʻtkazilib, yigʻilishda Konstitutsiyaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflarni shakllantirish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish katta kuch va masʼuliyat talab qilishi bunda har bir fuqaro fikrlarini tinglash zarurligi qayd etilib, ushbu vazifalar bilan shugʻullanuvchi Konstitutsiyaviy komissiya tashkil etildi.
Oʻtgan bir haftada Konstitutsiyani takomillashtirish uchun fuqarolarga oʻz takliflarini bildirishning bir necha koʻrinishdagi imkoniyatlari yaratildi. Jumladan, ayni kunda yurtdoshlarimiz Meningkonstitutsiyam.uz portali hamda maxsus Telegram-bot va koll-markaz orqali takliflarini bildirishlari mumkin.
Qisqa vaqt ichida ushbu xalq vakillari tomonidan ilgari surilgan tashabbus fuqarolarimiz va keng jamoatchilik tomonidan qizgʻin qoʻllab-quvvatlandi. Xoʻsh bunga sabab nimada? Nega ushbu tashabbus qisqa vaqt ichida mamlakatimiz boʻylab keng quloch yoymoqda?

Sababi, ushbu tashabbus minglab fuqarolarimiz koʻnglidagi oʻzgarish va islohotlarga zamin yaratib berishi bilan ahamiyatlidir. Barchamizga maʼlumki, inson ulgʻayib, tafakkur dunyosi kengaygani sari uning oʻziga boʻlgan talabi ham ortib boradi. Oʻtgan yillar davomida jamiyatimiz va unda ilgari surilayotgan gʻoya va tashabbuslarda xalqimizning ishtiroki va ular tomonidan bildirilayotgan fikr-mulohazalarining ahamiyati har tomonlama ortdi. Buning natijasida jamiyatimizning ham islohot va oʻzgarishlarga boʻlgan talabi kun sayin ortmoqda.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalar asnosida qabul qilinishi belgilangan qonun va qarorlarimiz yanada takomillashtirilib, Konstitutsiyamizda belgilab qoʻyilgan xalqchil moddalarga moslashtirilgan holda qabul qilinmoqda.

Ammo bugun shiddat bilan oʻzgarayotgan dunyoda roʻy berayotgan giyosiyosiy vaziyatlar, eng avvalo, mamlakatimizni kelgusi besh yilda rivojlantirishga qaratilgan Yangi Oʻzbekiston Taraqqiyot strategiyasi va unda belgilangan maqsadlarni amalga oshirish nafaqat qonunlarimizni mustahkamlashni, shu bilan birga, Bosh qomusimizda ham inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan normalarni yanada takomillashtirib, bugungi zamon talablariga moslashtirishni taqozo etmoqda.

Sababi, ushbu strategiyaning bevosita muallifi boʻlgan yurtdoshlarimiz tomonidan davlatimiz rahbarining Prezidentlik saylovi targʻibotlari jarayonlarida hududlarda saylovchilar bilan oʻtkazgan uchrashuv va muloqotlarida bir necha bor aynan Konstitutsiyamizni bugungi zamon talablariga moslashtirishga oid bir qator taklif va tashabbuslar bildirilgan.
Birgina misol davlat rahbarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Boʻzatov tumanidagi saylovchilar bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvida muloqotga tashrif buyurgan yurtdoshlarimiz tomonidan bugun ekologik muammolar kun sayin salbiy tus olayotgani, insonlarning ekologiya bilan bogʻliq huquq va majburiyatlari kabi normalar Bosh qomusimizda oʻz aksini topishi maqsadga muvofiq boʻlishi tashabbusi ilgari surilgan edi.

Bizga maʼlumki, Yangi Oʻzbekiston Taraqqiyot strategiyasida bugungi globallashuv jarayonida yurtdoshlarimiz va mamlakatimiz manfaatlarini toʻlaqonli himoya qilgan holda mamlakat taraqqiyotini taʼminlashga qaratilgan alohida ikki yoʻnalish va uning doirasida amalga oshirishga qaratilgan maqsad va vazifalar belgilandi. Jumladan, Harakatlar strategiyasidan farqli ravishda beshinchi – Maʼnaviy taraqqiyotni taʼminlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish hamda oltinchi – Milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish kabi yoʻnalishlar belgilandi.

Galdagi vazifa ushbu yoʻnalish va unda belgilagan maqsadlar bugungi zamonga mos holatda bajarilishiga xizmat qiluvchi qonun va qarorlarning hayotiyligini taʼminlashdir. Bu esa, oʻz navbatida, qabul qilinadigan huquqiy hujjatlarimiz uchun bosh gʻoya boʻlib xizmat qiluvchi Konstitutsiyamizni yangilab, fuqarolarimiz xohish irodasiga moslashtirishni talab etadi.Yuqorida taʼkidlanganidek, Konstitutsiyaviy islohotlarni boshlash tashabbusi dastlab Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi va “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tomonidan ilgari surildi. Ammo ushbu tashabbusda jamiyatda adolat va qonun ustuvorligi, sud hokimiyati mustaqilligini taʼminlashni hamda aholining ijtimoiy himoyasini mustahkamlashni oʻz oldiga maqsad qilgan “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi aʼzolarining ham istak va xohishlari ilgari surilganligi bilan ahamiyatlidir.Shu boisdan, biz barcha xalq vakillari joylarda yurtdoshlarimiz bilan oʻtkazilayotgan har bir muloqot va uchrashuvlarda ularning Bosh qomusimizni takomillashtirish yuzasidan bildirgan har bir fikri va takliflarini toʻlaqonli oʻrganib chiqqan holda Komissiya aʼzolarigacha yetib kelishini taʼminlashimiz darkor.Zero, hozir xalqimiz muallifligida ishlab chiqiladigan Yangi Oʻzbekistonning Yangi Konstitutsiyasi mamlaktimiz taraqqiyoti, fuqarolarimiz turmush tarzini yuksaltirish yoʻlida qabul qiladigan qonunlarimiz uchun yoʻlchi yulduz boʻlib xizmat qilishi shubhasiz.
X abaringiz bor, joriy yilning 30-aprel sanasida mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim voqea boʻlib oʻtadi. “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni umumxalq referendumida ovozga qoʻyiladi. Shu bois, ayni paytda yurtimiz bo‘ylab soha mutaxassislari ishtirokida aholi, ayniqsa, yoshlarning yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz qabul qilinishida faol ishtirok etishiga bag‘ishlangan, mazkur siyosiy jarayonning mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan turli targ‘ibot tadbirlari, uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. 

Ana shunday tadbirlardan biri O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Yangi O‘zbekistonda yangi tahrirdagi Konstitutsiya” mavzusida bo‘lib o‘tdi.


“ Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan davra suhbatida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, fakultet dekanlari, Akademiya professor-o‘qituvchilari, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdi.

U chrashuvda “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti, falsafa doktori, PhD Mo‘minjon Xo‘jayev hamda kafedra katta o‘qituvchisi Bektosh Berdiyev mavzu yuzasidan ma’ruza qilishdi. So‘zga chiqqanlar tomonidan davlatimiz va xalqimiz hayotida Konstitutsiyaviy islohotlarni umumxalq referendumi orqali amalga oshirilishi bilan bog‘liq katta siyosiy voqea bo‘lib o‘tishi, referendum jarayonlarida har bir fuqaroning shaxsan o‘zi ishtirok etishi orqali o'z siyosiy irodasini namoyon qilishi hamda referendum o‘tkazish tartiblari haqida tushuntirishlar berildi.Ma’lumki, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi referendumini oʻtkazish haqida”gi qarori qabul qilindi.



Fuqarolar va keng jamoatchilik vakillari takliflarini yigʻish, umumlashtirish, ularni Konstitutsiyaviy komissiyaga taqdim etish tizimini ishga tushirish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Mutasaddilar tomonidan “Mening Konstitutsiyam” onlayn platformasi, call-markaz, pochta, jumladan, elektron pochta hamda telegram maxsus boti orqali taklif va mulohazalar yuborish uchun barcha imkoniyatlar yaratildi.

Konstitutsiyaviy komissiya esa oʻz faoliyatini uch bosqichda amalga oshirdi. Birinchi bosqichda, Konstitutsiyani oʻzgartirish boʻyicha takliflar qabul qilindi, jamlandi va tahlil qilindi. Qisqa muddatda fuqarolardan 60 mingdan ziyod taklif va gʻoyalar kelib tushdi. 
Ikkinchi bosqichda, parlament tomonidan ishlab chiqilgan, takomillashtirilayotgan Konstitutsiya loyihasi umumxalq muhokamasida koʻrib chiqildi. 
Yakuniy bosqichda esa umumxalq muhokamasi natijasida maromiga yetkazilgan qonun loyihasi Prezidentimiz taklifiga asosan, referendum oʻtkazish yoʻli bilan qabul qilinishi koʻrsatib oʻtildi. 

Davra suhbatida yangi tahrirdagi Konstitutsiya yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi rivojiga xizmat qilishi, eng avvalo esa “Inson qadri uchun” gʻoyasini ustuvor yoʻnalish sifatida belgilashi qayd etildi. 
Darhaqiqat, shu maqsadda insonning qadr-qimmati, shaʼni va gʻururi ustuvor maqsad qilib olingan, izchil va puxta oʻylangan, bir necha bosqich davomida ishlab chiqilgan Bosh qomusimizning yangi tahrirdagi varianti ishlab chiqildi. Moddalar soni amaldagi 128 tadan 155 taga, normalar soni esa 275 tadan 434 taga koʻpaymoqda. Shuningdek, 128 ta moddadan 91 tasiga konseptual oʻzgarish kiritilyapti. Konstitutsiya matni 65 foizga yangilandi. 


Uchrashuv yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.

2023 yil 9 mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha referendum o‘tkazish haqidagi masala muhokama qilindi.


Majlisda xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchilari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari ham ishtirok etdi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling