Yangi o’zbekistonning umidli yoshlari” 1(3)-son
Download 266.45 Kb. Pdf ko'rish
|
maktabgacha-ta-limga-yangicha-yondashuv
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAKTABGACHA TA’LIMGA YANGICHA YONDASHUV Yuldasheva Dilafruz
- Kalit so’zlar
- Ключевые слова
121 CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. “YANGI O’ZBEKISTONNING UMIDLI YOSHLARI” 1(3)-SON 2022-YIL 28-APREL MAKTABGACHA TA’LIMGA YANGICHA YONDASHUV Yuldasheva Dilafruz, dotsent, Jabborova Ma`rifatxon, o`qituvchi, Eraliyeva Zamira Rasuljonovna, magistr, Maziyayeva Muqaddasxon, magistr, Farg’ona davlat universiteti ANNOTATSIYA Mazkur maqolada maktabgacha ta`limda ustuvor bo`lgan masalalar haqida fikr yurilgan. Sohaga innovatsion yondashuv masalalari tahlil etilgan. Kalit so’zlar: maktabgacha ta`lim, ma`naviy muhit, rivojlanish asoslari Аннотация: В данной статье рассматриваются приоритеты дошкольного образования. Анализируются вопросы инновационного подхода к отрасли. Ключевые слова: дошкольное образование, духовная среда, основы развития. Annotation: This article discusses the priorities of preschool education. The issues of innovative approach to the field are analyzed. Keywords: preschool education, spiritual environment, basics of development. Jamiyat hayotda sog’lom ma’naviy muhit barqarorligi barcha jabhada rivojlanishning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Kelajak avlodimizning teran fikrli, bilimli, salohiyatli, har tomonlama yetuk shahs bo’lib rivojlanishlari uchun, farzandlarimizga to’g’ri ta’lim-tarbiyani go’daklik davridan berishni boshlashimiz kerak. Zero, Maktabgacha talim uzluksiz ta’limning boshlang’ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog’lom va rivojlangan shaxs bo’lib shakllanishini ta’minlab, o’qishga bo’lgan ishtiyoqini uyg’otadi va tizimli o’qitishga tayorlab boradi. Lekin fanda ilmiy asoslangan shunday tushuncha borki, inson butun umri davomida oladigan axborot hajmini yuz foiz deb hisoblasak, olti-yetti yoshgacha olgan informasiyasi uning ellik foizdan ko’prog’ini tashkil qilar ekan. Shu haqiqatni har bir oilaga, har bir ota-onaga tushuntirib bera olsak, juda kata ishni amalga oshirgan bo’lamiz” -deya alohida ta’kidlagan. Hozirgi kungacha mustaqil O’zbegostonimizda farzandlarimiz ravnaqi uchun juda ko’p ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Shular qatorida, Maktabgacha ta’lim muassasalariga ham katta etibor qaratilgan. Prezidentimiz Savkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan yo’lga qo’yilgan “2017-2021 yillarda mamlakatni yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi”ning to’rtinchi yo’nalishini asosiy bir bo’g’ini, ta’lim madaniyat, ilm-fan, adabiyot sanat va sport sohalariga e’tibor qaratilib, unda Maktabgacha ta’lim muassasalarini takomillashtirish, moddiy texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim muassasalarini tarmog’ini kengaytirish,malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, 122 CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. “YANGI O’ZBEKISTONNING UMIDLI YOSHLARI” 1(3)-SON 2022-YIL 28-APREL ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va tehnologiyalarini tadbiq etishni o’z ichiga qamrab olgan. O’zbegiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021 yillarda Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risidagi qarorida ta’kidlanishicha, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim- tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tadbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, ahloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida: - Maktabgacha ta’lim muassasalarida 5-6 yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayorlash bo’yicha 6100 ta qisqa muddatli guruhni tashkil etish - Bolalarni maktabga tayorlashning muqobil shakli bo’lgan qisqa muddatli guruhlar tashkil etilishi natijasida 305 ming nafar 5-6 yoshdagi kichkintoylar har yili ushbu guruhlarda maktab ta’limiga tayorlash - Qisqa muddatli guruhlar uchun O’zbegiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va O’zbekistondagi xalqaro bolalar fondi (UNICEF) tomonidan ishlab chiqilgan “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi bunga asos bo’la oladi. Dasturning maqsadlari va vazifalari maktabgacha yoshdagi bo’lgan bolalarda quyidagilarni ta’minlashni ko’zda tutadi: • Zarur bo’lgan rivojlanish amaliyoti va maktabga tayorlash uchun teng imkoniyatlarni vujudga keltirish; • 5-7 yoshli bolalar uchun mo’ljallangan qisqa muddatli guruhlar bolalarini to’liq kunlik maktabgacha ta’lim muassasasiga berish imkoniyatiga ega bo’lmagan yoki muayyan sabablarga ko’ra bunga intilmaydigan ota-onalarning talab-ehtiyojlarini qondirish; • 5-7 yoshli bolalar uchun mo’ljallangan qisqa muddatli guruhlar maktabgacha ta’limga qo’yiladigan Davlat talablariga muvofiq, 5 muhim soxada bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlashi zarur ; • Maktab ta’limiga umumiy psixologik tayorgarlik. “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturida 5-7 yoshli bolalarni o’qitish qisqa muddatli guruhlari dasturi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ta’lim sektori rejasi, maktabgacha ta’limni rivojlantirish Konsepsiyasi, maktabgacha ta’limga qo’yiladigan Davlat talablariga tayangan holda bolaga yo’naltirilgan sifatli pedagogik prinsiplarga asoslangan. Qisqa muddatli guruhlarning kun tartibida; • Har bir kun erkin faoliyat bilan boshlanadi. Bunda bolalar o’z qiziqishlari bo’yicha shug’ullanadilar. (o’ynash, rasm chizish, qurish-yasash bo’yicha biror nima yasash, rasmli kitoblar tomosha qilish va h.k.) O’yin faoliyatini shakllantirish maqsadida bir necha kichik guruhlar bilan birgalikda o’ynaydilar (7-10 daqiqa). 123 CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. “YANGI O’ZBEKISTONNING UMIDLI YOSHLARI” 1(3)-SON 2022-YIL 28-APREL • Barcha bolalar taklif etiladigan muloqot, suhbat o’tkaziladi. Pedagog muhokama uchun badiiy matndan foydalanishi- ma’naviy-axloqiy mazmunga ega qisqagina hikoya, ertak, sher o’qib berishi, bolalar bilan birgalikda kitobdagi hamda ularning hayotidagi voqealarni o’zaro taqqoslashi mumkin. • Haftaning muayyan kuniga mos ravishda o’tkaziladigan ikki mashg’ulot o’tkaziladi. Musiqa yoki sport zaliga o’tganda bolalar musiqa xodimi, trener bilan muloqot yuritadi. Har kuni guruh xonasidan tashqariga chiqish bolalar hayotiga rang- baranglik olib kiradi. • Yengil nonushta tayorlash ( agarda u ota- onalar iltimosi bilan tashkil etilayotgan bo’lsa). Nonushta paytida erkin, qulay muhitni vujudga keltirish, bolalarning bir-birlari bilan bemalol fikr almashishiga imkon beradi. • Kun bolalarning erkin faoliyati bilan yakunlanadi. Pedagog haftada ikki marta bir necha bolani ( qo’shimcha mashg’ulot zarur bo’lganlarni) kommunikativ treningga taklif etadi.( 10 daqiqa) Qisqa muddatli guruhlarning ko’plab afzallik tomonlari bor. : • Bolaning oilaviy sharoitidagi vaqti hisobga olinadi. Qisqa muddatli guruh kunning birinchi yoki ikkinchi yarmiga belgilanadi. • Maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchi bolalar qatori ta’lim-tarbiya oladi. “Davlat talablari” va “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida mashg’ulotlar tashkillanadi. • Bolaning bir mahal ovqatlanishi, ota-ona uchun arzon va qulay narxlarda tashkil etiladi. Bunday qulayliklarni hisobga olgan holda, 5-7 yoshli bolalarning to’liq kunlik maktabgacha ta’lim muassasasiga berish imkoniyatiga ega bo’lmagan yoki muayyan sabablarga ko’ra bunga intilmaydigan ota-onalarini qisqa muddatli guruhlarga jalb etish va farzandlarini ta’lim olish imkoniyatidan mahrum etmasliklarini so’rab qolaman. Download 266.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling