Yangi qurilish project
Download 28.47 Kb.
|
ПУЛСИЗ АМАЛИЁТ ШАРТНОМА (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Umumiy qoidalar
- “YANGI QURILISH PROJECT” MCHJ
- 2. Hamkorlikning maqsad va vazifalari 2.1. O‘zaro hamkorlikning maqsadi -“YANGI QURILISH PROJECT”MCHJ
- YANGI QURILISH PROJECT” MCHJ
- “YANGI QURILISH PROJECT” MCHJ i
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti “YANGI QURILISH PROJECT” MCHJ o‘rtasida o‘zaro hamkorlik qilish to‘g‘risida SH A R T N O M A №_______________ Toshkent shahri 1. Umumiy qoidalar 1.1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunida belgilangan vazifalarni bajarish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-son, 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-son, 2018-yil 7-maydagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3698-son qarorlari topshiriqlarining ijrosini ta’minlashda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti “YANGI QURILISH PROJECT” MCHJ bilan o‘zaro hamkorlik ishlarini olib boradi. 1.2. O‘zaro hamkorlikning bosh g‘oyasi – oliy ta’lim mazmunini korxonalarning ishlab chiqarish munosabatlariga muvofiq shakllantirish, oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash sifatini takomillashtirish, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasida integratsiyani ta’minlash, ilmiy-tadqiqot izlanishlar va tajriba-sinovlar o‘tkazish, innovatsion va ilmiy-texnikaviy ishlanmalarni yaratish hisoblanadi. 2. Hamkorlikning maqsad va vazifalari 2.1. O‘zaro hamkorlikning maqsadi -“YANGI QURILISH PROJECT”MCHJ oliy ta’lim tizimidagi kadrlar tayyorlash jarayoniga keng jalb etish, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish, oliy ta’lim mazmunini korxonalarning ishlab chiqarish munosabatlariga muvofiq shakllantirish, bitiruvchilarning bilim va ko‘nikmasiga qo‘yiladigan talablarni belgilovchi oliy ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) malakaviy talablari, o‘quv rejalari va dasturlarini soha ehtiyojidan kelib chiqib yangidan ishlab chiqish va tasdiqlash, bakalavriat va magistratura talabalarining malakaviy amaliyotlarini “YANGI QURILISH PROJECT” MCHJ tashkilotlarda o‘tkazishda shart-sharoit yaratish, eng ilg‘or xorij tajribasiga tayangan holda o‘quv adabiyotlari, o‘quv-metodik komplekslarini ishlab chiqish, professor-o‘qituvchilarning ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga keng jalb etish, ilmiy-tadqiqot izlanishlar hamda tajriba-sinovlar o‘tkazish, bakalavriat va magistratura bitiruvchilarini tanlov asosida bo‘sh vakant o‘rinlariga ish bilan ta’minlashda tavsiyalar berish, ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlashdan iborat. 2.2. Belgilangan maqsadning vazifalari quyidagilardan iborat: “YANGI QURILISH PROJECT” MCHJ oliy ta’lim tizimidagi kadrlar tayyorlash jarayoniga keng jalb etish; Oliy ta’lim mazmunini korxonalarning ishlab chiqarish munosabatlariga muvofiq shakllantirish; Bakalavriat 60722500-Geodeziya kartografiya va kadastr (qurilish) bilim va ko‘nikmasiga qo‘yiladigan talablarni belgilovchi oliy ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) malakaviy talablari, o‘quv rejalari va dasturlarini soha ehtiyoji asosida ishlab chiqish; Talabalarning dars mashg‘ulotlarini ishlab chiqarish munosabatlariga muvofiqlashtirish bo‘yicha “YANGI QURILISH PROJECT” MCHJ korxona(tashkilot)larida zamonaviy jihozlangan auditoriyalarni tashkil etish; Bakalavriat 60722500- Geodeziya kartografiya va kadastr (qurilish) talabalarining o‘quv geodezik amaliyotlarini “YANGI QURILISH PROJECT” MCHJ tizim tashkilotlarida o‘tkazishda shart-sharoit yaratish; Eng ilg‘or xorij tajribasiga tayangan holda o‘quv adabiyotlari, o‘quv-metodik komplekslarini ishlab chiqish; Ilmiy izlanishlar va tajriba-sinovlar o‘tkazish hamda ilmiy-tadqiqot olib borish salohiyatini amaliyotning real ehtiyojlariga yo‘naltirish; Zamonaviy geodezik o‘lchov asboblari, geodezik qidiruv ishlarini va texnologiyalari muammosi bo‘yicha loyiha ishlari (ilmiy-tadqiqot ishlari, xo‘jalik shartnomalari), dissertatsiya (doktorlik, magistrlik) va bitiruv malakaviy ishlar mavzularini yoritilishida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish; Davlat grantlari asosida ta’lim olayotgan bakalavriat 60722500- Geodeziya kartografiya va kadastr (qurilish) talabalarini belgilangan tartibda ishlab berish davriga va keyinchalik o‘z mehnat faoliyatlarini “YANGI QURILISH PROJECT” MCHJ ining tizim tashkilotlarida davom ettirish. Download 28.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling