Yangi turdagi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish va o’zlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida


Ko’pirishga qarshi ingibitorni qabul qilish, saqlash va purkash


Download 242.96 Kb.
bet10/12
Sana08.01.2022
Hajmi242.96 Kb.
#250813
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Gaz kondensatini qayta ishlash jarayonining rektifikatsiya kolonnasini avtomatlashtirish.

2.5. Ko’pirishga qarshi ingibitorni qabul qilish, saqlash va purkash.

Ko'pirishga qarshi ingibitor RA-1720 komplekt qurilmadan beriladi. Komplekt qurilma FB-1720X ingibitorni saqlash sig'imi va ikki nasosdan:

• ingibitorni past bosimda (1) va (3) nuqtalardan berish uchun mo’ljallangan GA-1720AX diafragmali, me'yorlovchi nasosdan;

• ingibitorni yuqori bosimda (2) nuqtadan berish uchun mo’ljallangan GA-1720BX plunjerli, me'yorlovchi nasosdan tashkil topgan.

Bochkalar konteynerlardan ko'pirishga qarshi ingibitorni FB-1720X sig'imiga quyib olish, kuchma rotorli nasos bilan, tutashtiruvchi quyib olish muftasi orqali amalga oshiriladi.

Atrof-muhitning past haroratlarida ishlatish vaqtida eritmaning qovushoqligini

pasaytirish va muzlab qolishini oldini olish uchun, sig'imga zmeevik o’rnatish

ko'zda tutilgan, unga past bosimdagi bug' beriladi.

Ko'pirishga qarshi ingibitor FB-1720X sig'imidan GA-1720X nasos yordamida davriy ravishda, suyultirilmagan holda uch oqim bilan:

regenerasiyalangan DEA eritmasining quvuro'tkazgichlariga, GA-1701, GA-1701S nasoslaridan oldin;

regenerasiyalangan DEA eritmasining quvuro'tkazgichiga EC-1701A-F HSA lardan keyin;

DA-1702 aminni bug'lash kolonnasining "ho’llash" suyuqligini berish quvuro’tkazgichga beriladi.

Ko’pirishga qarshi ingibitorning miqdori PDI-17010 va PDI-17005 bosimlar farqini ulchash asboblari bilan nazorat qilinadi.
Tabiiy gaz oqimidan nordon (kislotali) gazlar (H2S va CO2) ni ajratib olish zaruriyati ularning suv ishtirokida, ayniqsa yuqori temperaturalar sharoitida korrozion aktivlik qobiliyati bilan, shuningdek, metanni ajratib olish bo’limida uglerod dioksidining kristall gidratlari hosil qilishi bilan belgilanadi.

Tabiiy gazni aralashmalar H2S va CO2 dan tozalash jarayoni yutuvchi suyuqlikning nordon (kislotali) gazlarni tanlab yutish (kimyoviy absorbtsiya) usuli bilan amalga oshiriladi, binobarin, yutilgan moddalarning gaz aralashmasidan, kimyoviy birikmalar hosil qilib, suyuq yutuvchiga o’tishi ro’y beradi.

Gaz holidagi moddalar H2S va CO2 ning suyuq fazada dietanolamin (DEA) eritmasi bilan o’zaro ta`siri natijasida quyidagi reaktsiyalar amalga oshadi:


Download 242.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling