Yangi yil sarguzashtlari
Download 132.5 Kb.
|
Yangi yil ssenariy. Umirzaqova Gulruh
- Bu sahifa navigatsiya:
- YANGI YIL SARGUZASHTLARI” BAYRAM KECHASI SSENARIYSI Tuzdi
- Kashshey, Qorbobo, Qorqiz kabi qahramonlar qatnashadi.
- (Shunda tarbiyachi gapiryotgan mahal birdan eshik ortida gala-govur boshlanib ketadi eshik ochilib oppagoy hamda 7 gnom kirib keladi) Tarbiyachi
- Tarbiyachi
- (Marvarid bolalar guruhi tomonidan kuylangan "Mittivoymiz" qoshiĝiga raqsga tushadilar raqs tushishayotganda birdan oppoĝoy yoqolib qoladi) Gnomlar
- (Yalmogiz shovqin suron qorqinchli musiqa sadolari ostida kirib keladi) Yalmogiz
- (Mittivoylar Oppoĝoyni qidirgani chiqib ketishadi ) Yalmoĝiz
- Yalmoĝiz
- (Yalmoĝiz va 2 bola o’zaro bellashadi. G’olib bolalarga sovg’a beriladi). Tarbiyachi
- (Yalmoĝiz Oppoĝoyni izlagani chiqib ketadi, orqasidan Bilmasvoy kirib keladi) Bilmasvoy
- Bolalar
- Bilmasvoy
- (Andijoncha raqs bolalar va Bilmasvoy birga oynashadi) (Bilmasvoyga yordam bergan bolalarga sovga beriladi) Bolalar
- Kashshey
- (Bolalar 3marta chaqirishadi) Qorbobo
- Qorbobo
- (Qorbobo bolalarga sovg’a ulashadi). Qorbobo
- ( 3 marta). (Archa yonadi). Tarbiyachi
“YANGI YIL SARGUZASHTLARI” BAYRAM KECHASI SSENARIYSI Tuzdi: Maktabgacha ta'lim yo'nalishi Mat 18/1guruh talabasi Umirzaqova Gulruh Ushbu ssenariy tayyorlov guruhidagi bolalar uchun tavsiya etiladi. Ushbu ssenariyda Oppoĝoy va gnomlar, Yalmoĝiz kampir, Bilmasvoy, Kashshey, Qorbobo, Qorqiz kabi qahramonlar qatnashadi. Zal. Yangi yil ruhida bayramona bezatilgan. Tarbiyachi tomonidan har xil yangi yil bezaklari yordamida zal bezatilgan holatda. Yangi yil uchun sharlar osilgan, yasatilgan archa tadbirga ko’tarinki ruh bag’ishlaydi. Bolalar bayramona liboslarda, ertak qahramonlari obrazlarida tashrif buyurishgan. Tarbiyachi: Assalomu aleykum aziz mehmonlar va qalbi qaynoq bolajonlar! Bugungi “YANGI YIL SARGUZASHTLARI” bayram kechamizga xush kelibsizlar. Tabrik aylay sizni, do’stlar-yoronlar, Yangi yil ham yangi iqbollari bilan. Yer-u osmon chin ko’ngildan jo’r bo’lar Nurli xush ayyomda xushhollar bilan. Yayraylik to sahar to’lqin bo’lib, Chehralar gulgun bo’lib, Davramizda raqsga tushsin oy bo’lib, Raqsga tushsin archalar tollar bilan. Mana bolajonlar 2020-yil tugab 2021-yil ham kirib kelmoqda. Barchangizga yangi yilda yangi baxt, yangi kuch-quvvat, sog’liq-salomatlik tilaymiz. (Shunda tarbiyachi gapiryotgan mahal birdan eshik ortida g'ala-g'ovur boshlanib ketadi eshik ochilib oppag'oy hamda 7 gnom kirib keladi) Tarbiyachi: Iye bular kim ekan bolajonlar? Tanidingizmi? Bolalar: Oppoĝoy va mitti gnomlar. Oppoĝoy: Bu yerda qanday bayram nishonlayapsizlar? Sizlarni ko'rib ko'zlarim quvnab ketyapti! Tarbiyachi: Yangi yil bayramini. Oppoĝoy: Unaqada bolajonlar Yangi yilga menga nima sovĝa qilishadi. Bolajonlar: Oppoĝoy biz sizga yangi yil haqidagi she'rlarimizni aytib beramiz. Oppoĝoy: Qanday yaxshi kayfiyatim tog'dek ko'tarilar ekanda. Tarbiyachi: Albattada! Qani bolajonlar marhamat. (Bolalar yangi yil haqidagi she'rlarini aytib berishadi) Tarbiyachi: Barakalla, bolajonlar! "Topgan gul topmagan bir bog' piyoz keltirar" deganlaridek. Oppoĝoy sizlar ham bayramimizga quruq kelmagan bo'lsangiz kerak. Oppoĝoy: Biz sizlar uchun gnomlar bilan raqs tayyorlaganmiz. (Marvarid bolalar guruhi tomonidan kuylangan "Mittivoymiz" qo'shiĝiga raqsga tushadilar raqs tushishayotganda birdan oppoĝoy yo'qolib qoladi) Gnomlar: Voy, Oppog’oy yo’q-ku, qayoqqa ketdi ekan? Tarbiyachi: Rostan ham Oppoĝoy qani bolajonlar sizlar ko'rmadingizmi? Bolalar: Yo'q. Hozir raqs tushayotgandiku! (Yalmog'iz shovqin suron qo'rqinchli musiqa sadolari ostida kirib keladi) Yalmog'iz: Bu yerda nima bo'lyapti bayramlarni yomon ko'raman. Xursandchilikni ham. Bolalar: Yalmoĝiz buvijon Oppoĝoyni ko'rmadingizmi? Yalmoĝiz: Oppoĝoyni qarroqchiar olib ketishyotgandi. Xa-xa-xa. (Mittivoylar Oppoĝoyni qidirgani chiqib ketishadi ) Yalmoĝiz: Men hozir bayramlaringizni buzib tashlayman. Xa-xa-xa. Bolalar: Shoshmang Yalmoĝiz buvijon! Avval shartimizni bajaring. Agar g’olib chiqsangiz, mayli, bayramimizni buzavering. Lekin yutqizib qo’ysangiz, Oppog’oyni topishda mittivoylarga yordam berasiz. Bo’ptimi? ga yordam berasan. Bo’ptimi? Yalmoĝiz: Mayli, bar bir bu yosh bolalar hech nimani eplasholmaydi. Bolalar: Tennis koptogini qoshiqda manzilga yetkazishingiz kerak. Lekin qoshiqni qo’lda emas, og’zingda ushlashingiz kerak bo’ladi. Qani, Yalmoĝiz buvijon bilan bellashadigan mard bolalarimiz bormi? Marhamat . . . (Yalmoĝiz va 2 bola o’zaro bellashadi. G’olib bolalarga sovg’a beriladi). Tarbiyachi: Eh, maqtonchoq buvijon, Yutdi-ku bu bolakay. Jazosiga o’ynaysiz, Baland-baland sakraysiz. Yalmoĝiz: Mayli, roziman. Mana shu chaqqon bolajonlar bilan o’ynaganim bo’lsin. Musiqachilar, chalinglar “Chinnuri”ga! (Yalmoĝiz Oppoĝoyni izlagani chiqib ketadi, orqasidan Bilmasvoy kirib keladi) Bilmasvoy: Huh, charchab ketdim, qayerdan musiqa ovozi kelyapti ekan deb rosa izlab zo'rg'a topdima sizlarni... Bolalar: Siz kim bo'lasiz? Bilmasvoy: Men hamma narsani biladigan Bilmasvoy bo'laman. Bolalar: Unaqada keling biz sizga topishmoqlar aytamiz siz esa toping. Bilmasvoy: Mayli, aytaqoling. Bolalar: 1. Tilingni xo’b chaqadi. (garimdori) 2. O’zi bitta, ko’zi ikkita, Mo’ylovi o’zidan ham uzun. (suvarak) 3. Dunyoda eng mazali, Sedanali, jizzali. (non, kulcha) 4. Bo’g’irsoqday dumaloq, Issiqda bosar chanqoq. (tarvuz) 5. Yoz bo’yi u mehnatda, Qishda uxlar, albatta. (chumoli) 6. Ayyorlikda tengi yo’q, Tovuq, g’ozning tinchi yo’q. (tulki) Tarbiyachi: Ha, topolmadingiz-ku, “Aqlda tengi yo’qman” derdingiz-ku. SHuniyam topolmadingiz Bilmasvoy. Bilmasvoy: Qiyin ekanda, topishmoqlaring, osonrog’ini so’ranglar. Tarbiyachi: Unda bolalardan yordam so'rang. Bilmasvoy: Mayli yordam beraqoling bolajonlar! (Bolalar topishmoqlar javobini topadilar) Bilmasvoy: Qoyil, ofarin, bolalar! “Aqlda tengi yo’q” deb sizlarni aytsa bo’larkan! Bolalar endi sizlar bilan bir “Andijoncha”siga raqsga tushmoqchiman. (Andijoncha raqs bolalar va Bilmasvoy birga o'ynashadi) (Bilmasvoyga yordam bergan bolalarga sovg'a beriladi) Bolalar: Oppoĝoy va gnomlar haliyam kelishmadimi Tarbiyachi: Iya, qaranglar, Yalmoĝiz buvijonimizning o’zlari bakovul-yasovullari bilan birga tashrif buyurishibdi bayramimizga. Bolalar: Buvijon Oppoĝoyni topdingizmi? Yalmoĝiz: Uni O'lmas Kashshey qaroqchilar yordamida o'g'irlab yashirib qo'yibdi. Oldingizga O'lmas Kashsheyni olib keldim bayramga boramiz deb. Bolalar: Kashshey amaki iltimos Oppoĝoyni qo'yib yuboring. Kashshey: Mmmm, sizlar avval meni kayfiyatimni ko'taringlarchi, keyin o'ylab ko'raman. Bolalar: Ho'p bo'ladi, amakijon. (6ta bola onasi yoki yaqinlaridan kimnidir chaqirib birgalikda stul hamda musiqa yordamida o'yin o'ynashadi. Bu o'yinda stullar soni ishtirokchilar sonidan bitta kam bo'ladi. Musiqa qo'yilib to'xtagunicha ishtirokchilar raqs tushib stullar atrofida aylanishadi. Musiqa tugagach ishtirokchilar stullarga o'tirishi kerak bo'ladi. O'tirolmagan ishtirokchi o'yinni tark etadi) Kashshey: Xa-xa-xa umrimda hozirgidek vaqtim chog' bo'lmagandi. Mana Oppoĝoy. (Davrada Oppoĝoy paydo bo'ladi) Bolalar: Rahmat. Kashshey amaki. Bilmasvoy: Nimaga bayramimizda Qorbobo va Qorqiz yo'q? Kelinglar ularni chaqiramiz. Bolalar: Qorbobo, Qorqiz. Qorbobo, Qorqiz. Qorbobo, Qorqiz. (Bolalar 3marta chaqirishadi) Qorbobo: Salom, meni aziz bolajonlarim. Kirib kelayotgan Yangi yilingiz muborak bo’lsin. Qorqiz: Bobojon, bayram avjida-ku. O’yin-kulgi-ga, musoboqalar ham qiziqarli o’tgan bo’lsa kerak. Yangi yil sovg’alarsiz bo’lmaydi, albatta. Qorbobo: To’g’ri aytasan, qizim, hammangizga yetarli sovg’a bor qopimda. Tarbiyachi: Bobojon sovg'alardan oldin sizga bolajonlar bilan raqs tayyorlaganmiz tomosha qilasizmi? Qorbobo: Albattada. Qani ko'raylikchi. (Bolalar "Qor parchalari" qo'shiĝiga raqsga tushadilar) Qorbobo: Rahmat bolajonlarim. Juda chiroyli raqsga tushdingiz. (Qorbobo bolalarga sovg’a ulashadi). Qorbobo: Iya, archamiz uxlab qopti-ku. Bayram chiroqlarini yondirishim uchun menga yordam berishingiz kerak, bolajonlarim. Hammamiz birgalikda “Archa, yon” deymiz. Bir, ikki, uch . . . archa yon! ( 3 marta). (Archa yonadi). Tarbiyachi: Yangi yil muborak, aziz Vatanim! Farzandlari sog’lom, qudratli yurtim! Yangi yil muborak, mehnatkash halqim! Fidoiy, mardona, jonkuyar elim! (Yangi yil haqida qo’shiq yangraydi. Bolalar raqsga tushadi) Mana, bugungi bayram dasturimiz ham nihoyasiga yetdi. Barchangizga kelgusi ishlaringizda katta muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. Xayr, salomat bo’ling! Download 132.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling