Yangi yil sarguzashtlari


-mittivoy: Voy,Oppog’oy yo’q-ku, qayoqqa ketdi ekan? (Eshikdan qizil qalpoqcha kirib keladi). Qizil qalpoqcha


Download 153.5 Kb.
bet2/4
Sana04.02.2023
Hajmi153.5 Kb.
#1164659
1   2   3   4
Bog'liq
yangi yil sarguzashtlari

1-mittivoy: Voy,Oppog’oy yo’q-ku, qayoqqa ketdi ekan?
(Eshikdan qizil qalpoqcha kirib keladi).
Qizil qalpoqcha: Salom, bolalar! Hammangizni Yangi yil bilan tabriklayman. Men ham sizlar bilan bayramda o’ynasam maylimi?
1-Boshlovchi: Qizil qalpoqcha, bizning Oppog’oyimiz yo’qolib qoldi. Sen uni ko’rmadingmi maboda?
Qizil qalpoqcha: Ko’rdim. Uni qaroqchilar o’rmon tomonga olib ketishayotgandi. SHu yo’ldan to’g’ri ketsangiz, ularni topasiz.
(Mittivoylar chiqib ketishadi. SHu payt bo’ri kirib keladi).
Bo’ri: Qizil qalpoqcha, men seni yeyman!
Qizil qalpoqcha: SHoshma, bo’rivoy! Avval shartimni bajar. Agar g’olib chiqsang, mayli, yeyaver. Lekin yutqizib qo’ysang, Oppog’oyni topishda mittivoylarga yordam berasan. Bo’ptimi?
2-Boshlovchi: Tennis koptogini qoshiqda manzilga yetkazishingiz kerak. Lekin qoshiqni qo’lda emas, og’zingda ushlashing kerak bo’ladi.
1-Boshlovchi: Qani, bo’rivoy bilan bellashadigan mard bolalarimiz bormi? Marhamat . . .
(Bo’ri va 2 bola o’zaro bellashadi. G’olib bolaga sovg’a beriladi Bo’ri chiqib ketadi ).
SHum bola va SHumtaka kirib keladi. Ular o’zaro bahslashadi).
SHum bola: Ha, topolmadingiz-ku, “Aqlda tengi yo’qman” derdingiz-ku. SHuniyam topolmading.
SHumtaka: Qiyin ekanda, topishmoqlaring, osonrog’ini so’ragin.
1-Boshlovchi: Hoy-hoy, SHum bola, SHumtaka. Nega bahslashayap-sizlar? Yangi yilni janjallashib kutib olmoqchimisizlar?
2-Boshlovchi: Biron nimani bilmayotgan bo’lsangiz, keling, bolalardan so’raymiz.
SHum bola: To’g’ri aytasiz. Bolajonlar, SHumtaka aytgan topishmoqlarimga javob topolmayapti. Unga yordam berasizlarmi?
Bolalar: Ha.
SHum bola: Unda eshitinglar.

  1. Tomorqada o’sadi,

Tilingni xo’b chaqadi.
(garimdori)

  1. O’zi bitta, ko’zi ikkita,

Mo’ylovi o’zidan ham uzun.
(suvarak)

  1. Dunyoda eng mazali,

Sedanali, jizzali.
(non, kulcha)

  1. Bo’g’irsoqday dumaloq,

Issiqda bosar chanqoq.
(tarvuz)

  1. Yoz bo’yi u mehnatda,

Qishda uxlar, albatta.
(chumoli)

  1. Ayyorlikda tengi yo’q,

Tovuq, g’ozning tinchi yo’q.
( tulki)
(SHum bolaning topishmoqlariga to’g’ri javob bergan bolalarga sovg’a beriladi).

Download 153.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling