Yangi yilingiz bilan


Download 326.47 Kb.
bet5/8
Sana09.01.2022
Hajmi326.47 Kb.
#259204
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
AKFA kompaniyasi

Fasad seriyasi

  • O’zining noodatiy tashqi ko’rinishi va qo’llanilish xususiyatlariga ko’ra fasad tizimlar arxitektor va quruvchilar orasida ommalashib ketgan. Oyna va karkasdan iborat bo’lgan bino fasadi turli rang, xususiyat va shaklga (vertikal, nishab, gorizontal) ega bo’lishi mumkin. Fasad tizimlarning turli shakllari bino fasadlarining dizayniga yangicha va ijodiy yondashish imkoniyatini yaratadi. SILIKON FASAD SERIYASI – struktur oynalash tizimi fasad konstruksiyasining eng keng tarqalgan uslublaridan sanaladi. Ushbu fasad oynalash tizimida tashqi tomonlama profillar mavjud bo’lmaganligi sababli bino ko’rininshida yengillik va bir butunlik yaqqol sezilib turadi. Chunki tashqi tarafdan faqat oynalar ko’rinadi, xolos. Fasaddagi oynalash tizimini mustahkam saqlash uchun to’g’ridan-to’g’ri quyosh nurlari tushishidan himoyalangan ikki komponentli silikon germetik qo’llaniladi. Germetik konstruksiyani mustahkamlash bilan birga moslamaning suriladigan elastik qismi hisoblanadi. Buning yordamida to’g’ri tartibda o’rnatilgan struktur oynali fasadlar shamol hamda seysmik tebranishlarda o’z muvozanatini yo’qotmaydi. TASHQI QOPLAMALI FASAD SERIYASI - to’sinli oynalash yorug’lik o’tkazuvchi yoki rangli oyna va metal karkasdan tashkil topadi. Binoda ko’tarilgan alyumin konstruksiyalarga oyna, oynapaketi yoki sendvich paketlar o’rnatiladi. Tashqi tomondan shaffofrang fasad ingichka rom shakli bo’yicha struktur ravishda oyna plitalarining chegaralarini ajratib turadi. Alyumin karkas shamol tebranishlariga kuchli qarshilik ko’rsatib, shaffofrang fasadning xizmat qilish muddatini sezilarli darajada uzaytiradi. Ushbu turdagi fasad tizimlar chiroyli, ishonchli, uzoq muddatli, ishlatish uchun oddiy va qulay bo’lib, yuqori darajali shovqin va issiqlik izolyatsiyasini hosil qiladi.

Download 326.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling