Yangiboyeva Nafosat Azamat qizi khk uchun “Multimedia tizimlari” fanidan lms moodle da electron kurs yaratish


Download 2.52 Mb.
bet26/28
Sana27.09.2023
Hajmi2.52 Mb.
#1688598
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
Buxoro davlat universiteti

Mos keluvchi tasodifiy savol: Talaba uchun odatdagi Mos keluvchi savolga o‘xshash, biroq unga ma’lumotlar o‘qituvchi tomonidan berilmaydi, balki Qisqa javob tipli savollarning berilgan kategoriyasidan tasodifiy ravishda olinadi. Ya’ni bu savol o‘zining o‘quv materialiga ega bo‘lmaydi, u faqat boshqa, talabalarga qulay ko‘rinishda berilgan kategoriyaning qatnashuvchi boshqa savollarida mavjud materialni berishga ruxsat beradi.
Tasodifiy savol: Bu berilgan kategoriyadagi mavjud savollarni testga qo‘shish uchun tasodifiy ravishda tanlashga ruxsat beradigan vositadir. Tasodifiy savol o‘zining o‘quv axborotiga ega emas, u faqat bu kategoriyaning boshqa savollariga havolaga ega bo‘ladi.
Tavsif: Bu savol tipi savol hisoblanmaydi. U bajaradigan ish – javoblar talab etmaydigan qandaydir matnni tasvirlash. Uni keyingi savollar guruhini yoritish uchun tasvirlash mumkin. Tavsif baholanmaydi.
Esse: Bu savolga javobni talaba yozma kiritishi kerak. Bu o‘qituvchi tomonidan qo‘lda baholanadigan yagona savol tipi hisoblanadi.
Testning umumiy ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi:

2.2.18-rasm.
Bunda to‘g‘ri javobni belgilab, so‘ngra Dalee tugmasini bosib, keyingi savolga o‘tish mumkin.
Fan yuzasidan keyslar to‘plami, amaliy topshiriqlar, ishlanmalar.
Moodle tizimida tayyorlanadigan topshiriqlar shakli jixatidan ham turli xil bo‘ladi. Tizim yordamida talabalarning mustaqil ishlarini tashkillashtirish jarayonida test tuzish turlaridan, interaktiv test dasturlaridan foydalanib topshiriqlarni test tuzib yuborishlari mumkin. Topshiriqlarni berishda video fayl kurinishdagi topshiriqlardan xam foydalanish mumkin.
Bu usulda talaba bir yoki bir necha fayllarni tizimga ixtiyoriy formatda yuklashi mumkin. O'qituvchi har bir talabaga individual shaklda, yoki umumiy holatda o'quv materiali shaklida yoki fikr shaklida beradi. Yuklangan fayllarga talabalar o'z fikrlarini bildirishlari yoki mavzuga doir ma’lumotni berishlari mumkin.

2.2.19-rasm.
Mustaqil ta’lim sifatida yozma ish va klaster metodidan foydalanib topshiriqni bajarish sharti berilgan. Talaba bu savolga Word faylida javob beradi va klaster tuzib, kursga yuboradi.

Download 2.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling