Yangiboyeva Nafosat Azamat qizi khk uchun “Multimedia tizimlari” fanidan lms moodle da electron kurs yaratish


Download 2.52 Mb.
bet2/28
Sana27.09.2023
Hajmi2.52 Mb.
#1688598
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
Buxoro davlat universiteti

Ilmiy-tadqiqot metodlari. Oliy o’quv yurtida masofadan o’qitish jarayonining sifatini tahlil qilish metodikasi shu narsaga asoslanadiki, o’quv jarayoni texnologik jarayonning xususiy holi hisoblanadi, ishlab chiqarish jarayonlari uchun qabul qilingan tahlil qilish metodlari ham masofadan o’qitish tizimini boshqarish samaradorlik kriteriyasiga kiruvchi sifatiy va miqdoriy ko'rsatkichlariga mos keladi. Shuning uchun masofadan o’qitish tizimini boshqarish samaradorlik kriteriyasiga kiruvchi sifatiy va miqdoriy ko’rsatkichlarini jarayon yoki funksiyalarning elementlari sifatida qarash mumkin.
Ishning ilmiy ahamiyati. Xuddi ta’lim jarayonidek, masofadan o’qitish tizimini boshqarish tizimi strukturasini tushunib yetishda, tizimli tahlil, shu jumladan qaror qabul qilish nazariyasidan tizimli ravishda foydalanish maqsadga muvoffiq bo’ladi. Ulardan masofadan o’qitish tizimini boshqarish tizimlarini yaratish va tadbiq etishda foydalanish, bunday ishlan-malarni o’tkazadigan loyiq tizimlarni, ya’ni qarorlar qabul qilish tizimini yaratish imkonini beradi.
Oliy o’quv yurtining masofadan o’qitish tizimini boshqarish sifatiy va miqdoriy ko’rsatkichlarini tahlil qilish yo’li bilan olingan ma’lumotlarga ega bo’lish, ulardan amaliyotda foydalangan holda fanning o'quv modulini hosil qilish LMS Moodle dasturi imkoniyatlarini ochib berish.
Ishning amaliy ahamiyati. Masofadan o’qitish tizimi sifatini boshqarish muammosining yechimi oliy o’quv yurtlarida masofadan o’qitish jarayonini sifatini tahlil va bashorat qilish uchun avtomatlashtirilgan axborot tizimlari yaratilishi lozimligini ko’rsatmoqda. Bu tizimlar o’quv jarayonining nafaqat bitta yoki ikkita predmeti bo’yicha masofadan o’qitish o’quv jarayonini to’liq nazorat qilish imkonini beradi, balki o’quv yili davrida bir nechta guruhlarda barcha mavjud predmetlar bo’yicha sifat va miqdoriy ko’rsatkichlarni o’z ichiga oladi.
“Multimedia tizimlari va texnologiyalari” fani bo'yicha yaratilgan o'quv modulini o'quv jarayoniga qo'llashdan iborat.

Download 2.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling