Yangiboyeva Nafosat Azamat qizi khk uchun “Multimedia tizimlari” fanidan lms moodle da electron kurs yaratish
Download 2.52 Mb.
|
Buxoro davlat universiteti
- Bu sahifa navigatsiya:
- II-bob
- Masofaviy o’qitish tizimi haqida dastlabki tushunchalar.
Ishning tuzilishi. Malakaviy bitiruv ishi kirish, 2 bob, 5 paragrif, ilova va adabiyotlar ro'yxatidan iborat.
Olingan natijalarning qisqacha mazmuni. I-bob masofaviy o'qitish va uni tashkil qilish usullari, masofaviy ta'lim tizimining asosiy tushunchalari, maqsad va vazifalari bayon qilingan, shu bilan birga masofadan o’qitish tizimining texnik asoslari va masofadan o'qitish tizimining dasturiy va axborot tizimlari haqida ham ma'lumotlar keltirilgan. II-bob Multimedia tizimlari va texnologiyalari fanining ishchi o'quv dasturining tahlili va LMS Moodle tizimida fanning qismlarini yaratish haqida ma'lumotlar keltirilgan. Xulosa qismida malakaviy bitiruv ishida olib borilgan ishlar yuzasidan qisqacha mulohazalar bildirilgan. I-bob. LMS tizimlarining imkonyatlari.Masofaviy o’qitish tizimi haqida dastlabki tushunchalar. Ma’lumki, har bir ta’lim muassasasi o`z ta’lim jarayonini boshqarish uchun zamonaviy texnologiyalardan kelib chiqqan holda, o`zining virtual axborot ta’lim muhitini yaratishga harakat qiladi. Hozirgi vaqtga kelib, virtual axborot ta’lim muhitini yaratishning hojati qolmagan, chunki Web muhitiga moslashgan har xil turdagi dasturiy majmualar jonkuyar dasturchi va ta’lim sohasida ishlab kelayotgan xodimlarning hamkorlikda ishlashlari, shuningdek, ta’limga yo`naltirilgan fondlar tomonidan qo`llab-quvvatlanishi natijasida, erkin va ochiq kodli dasturiy ta’minotlar yaratilgan. Bu o`quv modulimizda masofaviy ta’lim jarayonini tashkillashtirish imkoniyatini beruvchi erkin va ochiq kodli dasturlar majmuasining tahlili keltiriladi. O`quv modulida keltirilgan dasturiy majmualar tahlili ko`p yillar davomida olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar natijasidir. XX asrning 80-yillarida televideniya va radio eshittirish texnologiyasi sohasining rivojlanishi katta korporatsiya va harbiy idoralarga turli joylardagi shaxslarni o'qitishning samarali usuli sifatida ma'lumotlarni yo'ldoshli va o'tkazgichli uzatishdan foydalanishga imkoniyat berdi. So'ngi o'n yillikda shaxsiy kompyuterlarning rivojlanishi va internet tarmog'ining paydo bo'lishi bilan shaxsiy va korporativ maqsadlar uchun masofali ta'lim olish yo'lga qo'yildi. Hozirgi paytda, internetdan foydalanishga asoslangan va global miqyosda aloqa qilish imkoniyati mavjud bo'lgan kurslarda aholining ixtiyoriy tabaqasida ta'lim olish imkoniyati mavjud. Ta'lim olish kishilarning keyingi faoliyatlarini rivojlantirish uchun zamin yaratadi. Tejamkorlikka asoslangan hozirgi zamonaviy bilimlarni egallash uchun har bir kishi o'zining ko'nikmalarini va malaka darajasini takomillashtirishi lozim. Tarmoqli muloqot qilish texnologiyalariga asoslangan ko'pgina interfaol tizimlar ishlab chiqilganligi tufayli virtual auditoriyalar orqali kishilarning uzluksiz ta'lim olishlarini tashkil etish keskin rivojlanmoqda. Bu holatni ko'pgina jahon ekspertlari ham tasdiqlamoqdalar. Download 2.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling