Ko‘p uchraydigan tanlash (yopiq shakldagi savol): Talabaga savol beriladi va to‘g‘ri deb hisoblaydiganlarini belgilaydigan bir nechta javoblar variantlari taklif etiladi. Bu tipdagi savollarning ikkita ko‘rinishi bor:
faqat bitta to‘g‘ri javob bilan (talaba aylanalardan biriga belgi qo‘yadi);
bitta yoki bir nechta to‘g‘ri javoblar bilan (talaba bitta yoki bir nechta kvadratchalarga belgi qo‘yadi).
To‘g‘ri/noto‘g‘ri:
Talaba bu savoldan javobni ikkita variantdan tanlaydi: To‘g‘ri yoki Noto‘g‘ri.
Son bilan ifodalangan savol: Bu savolga javob talaba aniqlik bilan kiritishi lozim bo‘lgan son hisoblanadi. Bundan yana bir yoki undan ko‘p o‘lchov birliklari ko‘rsatilishi mumkin (kg, g, mg, sm, m, km va sh.o‘. ).
Hisoblanadigan savol: Son bilan ifodalangan savolga o‘xshash bo‘lib, ammo bu erda o‘qituvchi javobni son ko‘rinishida emas, balki sonli ma’lumotlar qo‘lda yoki avtomatik ravishda – tasodifiy sonlar generatori dasturiga qurilgan ma’lumotlarning maxsus to‘plamidan (variantlar jadvali) tasodifiy ravishda olinadigan formula ko‘rinishida beriladi.
Ichma-ich joylashgan savollar: Bu o‘zgaruvchan vosita bo‘lib, o‘qituvchi-ga savol matnining ixtiyoriy joyiga Ko‘p miqdorda tanlash, qisqa javob va Son bilan ifodalanadigan tipli savollarni kiritish uchun maydonlarni qo‘yib, test savollarini ixtiyoriy ko‘rinishda qurishga ruxsat beradi.
Mos keluvchi savollar: O‘qituvchi savollar ro‘yxatini va ularga javoblarni beradi (masalan, davlatlar va ularning poytaxtlarining ro‘yxati). Talaba savol va unga mos javobning to‘g‘ri mosligini topishi kerak (davlat va uning poytaxti orasida).
Qisqa javob (ochiq shakldagi savol): Savolga javob talaba o‘zi klaviatura-dan teradigan so‘z yoki qisqa fraza hisoblanadi. Bir nechta to‘g‘ri yoki qisman to‘g‘ri javoblarga ruxsat beriladi. Javob matni registrga ta’sirchan yoki ta’sirchan emas bo‘lishi mumkin (ya’ni javobdagi bosh va kichik harflar farqlanadi yoki aksi).
Do'stlaringiz bilan baham: |