Yangihayot tumani “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi Vasiylik kengashi yig‘ilishi bayoni №4
Download 59 Kb.
|
4-vasiylik kengashi bayonnomasi
QAROR QILADI:
Kengash raisi o‘rinbosari M.Kamilovning axboroti va takliflari ma’lumot va asos uchun qabul qilinsin. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 9 nafar moddiy ahvoli qiyin yoshlarga bazaviy hisoblash miqdorining 4 (to‘rt) baravari miqdorida bir martalik 10 800 000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini to‘lab berish, hamda bank xizmati uchun to‘lov bilan birgalikda 1-ilovaga muvofiq amalga oshirilsin. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning 6 nafariga safarbarlik chaqiruv xizmati badali 51 780 800 so‘m harajatlari qoplab berish 2-ilovaga muvofiq shartnoma asosida to‘lov amalga oshirilsin. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj 1 nafar yoshlarning davlat va nodavlat ta'lim tashkilotlarida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash o‘quv kursining harajatlarini qoplash uchun BHMning 4 baravarigacha miqdorda yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida o‘qitish xazmatini ko‘rsatgan davlat va nodavlat ta'lim tashkilotiga subsidiya ajratish 3-ilovaga muvofiq 1 200 000 so‘m mablag‘ uch tomonlama shartnoma asosida to‘lov amalga oshirilsin. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj 4 nafar yoshlarning fuqarolik pasporti (biometrik pasport) olish badalini 4-ilovaga muvofiq qoplab berish uchun 1 104 000 to‘lov amalga oshirilsin. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ahvoli og‘ir bo‘lgan be'mor yoshlarning 6 nafariga mamlakatda yoki xorijiy davlatlarda davolanish bilan bog‘liq harajatlarining BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdordagi qismi tegishli soha mutaxassislari hulosasiga asosan «Yoshlar daftari» jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 5-ilovaga asosan jami 50 535 000 so‘m mablag‘ qoplab berilsin. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 54 nafar yoshlarning kontrakt to‘lovining 50 foizi 378 735 850 so‘m miqdori shartnoma asosida qoplab berish 6-ilovaga muvofiq amalga oshirilsin. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan asbob-uskuna olish istagini bildirgan 20 nafar yoshlarga bazaviy hisoblash miqdorining 40 (qirq) baravari miqdorida 240 000 000 so‘mgacha pul mablag‘larini belgilangan tartib asosida kerakli asbob-uskuna va jihozlarni olib berish 7-ilovaga muvofiq amalga oshirilsin. “Yoshlar daftariga” kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj 1 nafar yosh oilalarga har oyda BHMning 3 baravaridan oshmagan miqdorda 12 oygacha turar joy ijarasi uchun subsidiya ajiratish 8-ilovaga muvofiq amalga oshirilsin. “Yoshlar daftariga” kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj 1 nafar iqtidorli yoshning ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi olimpiada, tanlov va musobaqalarning mahalliy hamda xorijiy bosqichlarida qatnashish xarajatlari uchun 2 780 000 so‘m 9-ilovaga muvofiq amalga oshirilsin. Tuman hokimligi bosh hisobchisi I.Safarovga: mablag‘larni ajratilishida taqdim etilgan hujjatlarni belgilangan tartibda to‘g‘ri va har tomonlama qonuniy o‘rganib mablag‘ ajratish choralarini ko‘rsin. Qaror ijrosini nazorat qilish Kengash raisi o‘rinbosari M.Kamilov zimmasiga yuklatilsin. Download 59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling