Yangihayot tumani “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi Vasiylik kengashi yig‘ilishi bayoni №4
Download 59 Kb.
|
4-vasiylik kengashi bayonnomasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- - v.v.b. S.Bekmurodov
- KUN TARTIBI
Yangihayot tumani “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi Vasiylik kengashi yig‘ilishi BAYONI № 4 2023 yil ______________ Toshkent shahri
KUN TARTIBI: 1. Yangihayot tumanida istiqomat qiluvchi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan moddiy qo‘llab-quvvatlash uchun mablag‘ ajratish to‘g‘risida. Tuman hokimi X.Inogamov so‘zga chiqib, Vasiylik Kengashi ish faoliyati, “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘larining to‘g‘ri yo‘naltirilishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 7 iyundagi “Yoshlar muommalarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” 312-sonli qarorida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning ijtimoiy himoyaga muhtoj, turmush sharoiti og‘ir, ishsiz va kasb-hunarga ega bo‘lmagan, huquqiy va ma'naviy-psixologik qo‘llab quvvatlash zarurati bo‘lgan yoshlarga, davlat tomonidan manzilli tarzda ko‘maklashish bo‘yicha mutlaqo yangicha tizimni joriy qilinganligini aytib o‘tdi. Tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari M.Kamilov so‘zga chiqib, 2022 yil 7 iyundagi Vazirlar Mahkamasining “Yoshlar muommalarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” 312-sonli qaroriga muvofiq «Yoshlar daftari»ga kiritilgan moddiy ahvoli og‘ir 9 nafar yoshlarga bir martalik ijtimoiy himoyaga muhtojligini inobatga olgan holda bazaviy hisoblash miqdorining (keyingi o‘rinlarda - BHM) 4 baravari miqdorida to‘lab berish, 8 nafar yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tash badalini to‘liq qoplash uchun mahalladagi yoshlar yetakchisining tavsiyasi asosida «Yoshlar daftari» jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya ajratish, yoshlar daftariga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj 1 nafar yoshlarning davlat va nodavlat ta'lim tashkilotlarida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash o‘quv kursining harajatlarini qoplash uchun BHMning 4 baravarigacha miqdorda yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida o‘qitish xazmatini ko‘rsatgan davlat va nodavlat ta'lim tashkilotiga subsidiya ajratish, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj 4 nafarning yoshning fuqarolik pasporti (biometrik pasport) olish badalini qoplab berish hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 6 nafar bemor yoshlarga mamlakatda yoki xorijiy davlatlarda davolanish bilan bog‘liq harajatlarni qoplash uchun yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda subsidiya ajratish, Respublikamizdagi professional ta'lim tashkilotlarida taxsil olayotgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha oliy ta'lim tashkilotlarida (davlat, nodavlat oliy ta'lim tashkilotlari, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy oliy ta'lim tashkilotlari va xorijiy oliy ta'lim tashkilotlarining filiallarida) bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shaklida, magistraturaning kunduzgi yo‘nalishida ta'lim olayotgan 54 nafar o‘quvchi-talabalarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha yillik harajatlarining bir qismi qoplab berish, ushbu harajatlarni to‘lab berish yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, biroq BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda amalga oshirish, tadbirkorlik yoki o‘zini-o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan 20 nafar yoshlarga asbob-uskuna yoki mehnat qurollarini harid qilish uchun BHMning 40 baravarigacha miqdorda hokim yordamchisining ijobiy tavsiyasi asosida subsidiya, ijtimoiy himoyaga muhtoj 1 nafar yosh oilalarga har oyda BHMning 3 baravaridan oshmagan miqdorda 12 oygacha turar joy ijarasi uchun subsidiya ajratish, ijtimoiy himoyaga muhtoj 1 nafar iqtidorli yoshlarning ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi olimpiada, tanlov va musobaqalarning mahalliy bosqichlarida qatnashish xarajatlari uchun BHMning 4 baravarigacha hamda xalqaro bosqichlarida qatnashish xarajatlari uchun BHMning 40 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratish hamda 4-vasiylikdagi bir martalik moddiy yordam puli ajratilishi munosabati bilan bank xizmatiga umumiy summaning 1%ini o‘tkazib berish masalasi ko‘rib chiqildi. Kun tartibidagi masalalar muhokama qilindi, bildirilgan fikr va mulohazalarni inobatga olgan holda kengash Download 59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling