Yangiobod tumani hokimligining tashkil etilishi va iqtisodiy tasnifi hamda tashkiliy tuzilmasi bilan tanishish


Download 173.08 Kb.
bet3/9
Sana16.06.2023
Hajmi173.08 Kb.
#1503862
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
хисобот

JIZZAX VILOYATI TARKIBIDA YANGIOBOD MA’MURIY-HUDUDIY TUMANI TUZISH TO’G’RISIDA
Sirdaryo viloyatining Jizzax viloyatiga tutash Xovos va Boyovut tumanlarining janubiy hududlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojini jadallashtirish, rahbarlik samaradorligini oshirish, aholiga transport va boshqa xizmatlar ko’rsatishni yaxshilash, fuqarolarning kundalik ehtiyojlarini qondirish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadlarida, Vazirlar Mahkamasining tegishli taklifini ko’rib chiqib, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:

  1. Jizzax viloyati tarkibida Sirdaryo viloyati Xovos va Boyovut tumanlari hududlarining bir qismi hisobiga umumiy maydoni 717,4 kvadrat kilometrga teng, hokimiyat ijroiya organlarining alohida o’ziga xos strukturasiga ega bo’lgan Yangiobod ma‘muriy-hududiy tumani tuzilsin (1-ilova).

  2. Yangiobod ma‘muriy-hududiy tumani tarkibiga Xovos tumanidagi Balandchaqir, Pastkichaqir, Puchug’oy, Parkent, Yangiobod, Saydon, Meliobod, Namingon, Chakand, Mo’g’ol, Varqin, Markaz, Bolg’ali, Pastkisarmich, Yuqorisarmich, Jo’langar, Iskandar, To’qboy, Sohibkor, Sovot, Bayot, Xo’jamushkent, Feruz, Erganakli, Uyuvli, Qo’shqand, Changovul, Havotog’, Uchturgon aholi punktlari hamda Boyovut tumanidagi Qo’riq aholi punkti o’tkazilsin.

  3. Yangiobod ma‘muriy-hududiy tumanining markazi deb Balandchaqir aholi punkti belgilansin.

  4. Jizzax, Sirdaryo viloyatlari hamda Yangiobod ma‘muriy-hududiy tumanining chegaralari grafik chizmaga (2, 3, 4-ilovalar) muvofiq tasdiqlansin.

  5. Jizzax viloyati doirasiga kiritilayotgan hududda joylashgan saylov okruglari bo’yicha saylangan Sirdaryo viloyati Kengashining deputatlari — xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining deputatlari ekanligi, yangi tuzilgan Yangiobod ma‘muriy-hududiy tumani hududida joylashgan saylov okruglari bo’yicha saylangan Xovos tumani Kengashining deputatlari esa — xalq deputatlari Yangiobod tumani Kengashining deputatlari ekanligi belgilab qo’yilsin.

  6. Xalq deputatlari Yangiobod tumanining Kengashi Yangiobod ma‘muriy- hududiy tumani davlat hokimiyatining vakolatli vakillik organi deb hisoblansin.

  7. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yangiobod ma‘muriy- hududiy tumani hokimiyat ijroiya organlarini tuzish va ular faoliyat ko’rsatishiga doir masalalarni ko’rib chiqsin.


Download 173.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling