Yangiobod tumani hokimligining tashkil etilishi va iqtisodiy tasnifi hamda tashkiliy tuzilmasi bilan tanishish
IV. Boshqaruv apparatining tuzilmasi
Download 173.08 Kb.
|
хисобот
- Bu sahifa navigatsiya:
- V. Boshqaruv apparati faoliyatini tashkil etish
IV. Boshqaruv apparatining tuzilmasi
10. Boshqaruv apparatining tuzilmasi hokimning yordamchisi, tashkiliy-nazorat guruhi, voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha hududiy idoralararo komissiya kotibi, yuridik xizmat, hokim o’rinbosarlarining majmualaridan iborat bo’ladi. Boshqaruv apparatining tuzilmasi va xodimlarining cheklangan soni “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 22 dekabrdagi “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi PQ-2691-son qarori bilan belgilanadi. 11. Boshqaruv apparatining ishlari hokim tomonidan tasdiqlanadigan tuman hokimligi boshqaruv apparatining vazifalar taqsimoti, ushbu Nizom, Ish yuritish bo’yicha yo’riqnomaga, hokim o’rinbosarlari majmualari to’g’risidagi Nizomlarga muvofiq tashkil etiladi. 12. Hokimning yordamchisi, tashkiliy-nazorat guruhi, voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha hududiy idoralararo komissiya kotibi, yuridik xizmat o’z faoliyatida hokimga bo’ysunadi. Majmualar o’z faoliyatida hokimning tegishli o’rinbosarlariga bo’ysunadi. 13. Тashkiliy-nazorat guruhi rahbari viloyat hokimligi Тashkiliy-nazorat guruxi bilan kelishgan holda hokimning farmoyishi bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. Bosh yuriskonsult viloyat Adliya boshqarmasi bilan kelishilgan holda hokimning farmoyishi bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. Hokim o’rinbosarining mutaxassislari, hokimning tegishli o’rinbosari taqdimnomasi bo’yicha hokimning farmoyishi bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. Hokimning yordamchisi va boshqaruv apparatining boshqa xodimlari hokimning farmoyishi bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. 14. Тashkiliy-nazorat guruhi, hokim o’rinbosarlarining majmualari to’g’risidagi Nizomlar, shuningdek ular xodimlarining, hokim yordamchisining, voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha hududiy idoralararo komissiya kotibi va yuridik xizmatning funksional vazifalari hokim tomonidan tasdiqlanadi. V. Boshqaruv apparati faoliyatini tashkil etish 15. Boshqaruv apparati ishlari O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, "Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga va boshqa qonunlarga, Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi va viloyat hokimining qaror, farmoyish va topshiriqlariga, O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o’rinbosarlari topshiriqlariga, hokim va uning o’rinbosarlarining topshiriqlariga muvofiq, hokimlik, tarkibiy bo’linmalar, ularning rahbarlari va mutaxassislarining ish rejalari asosida tashkil etiladi. 16. Hokim o’rinbosarlarining faoliyati O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi va viloyat hokimining qaror, farmoyish va topshiriqlari bilan hokimlikka quyidagi sohalarda yuklangan vazifalarni bajarish bo’yicha aniq chora-tadbirlarning samarali, sifatli va natijali amalga oshirilishini ta’minlashga yo’naltirilgan: Download 173.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling