Sog‘lom hayot sari
Maqsad: bolalar sog‘lom inson tushunchasini
anglaydilar, shaxsiy gigiena ko‘nikmalariga ega
bo‘lish, sovun, tish pastasi, taroq, sochiqning
ahamiyatini biladilar, vitaminlar va shamollash
kasalliklari haqida tasavvurga ega bo‘ladilar.
Kerakli jihoz va materiallar: quyosh maketi,
gigiena vositalari: sovun, tish cho‘tkasi,
taroq, sochiq, syujetli ras, mulyaj, mahsulotlar
to‘ldirilgan savat, chiniqtirish uchun jihozlar.
Faoliyatning borishi:
1. «Bizning yordamchilarimiz» ta’limiy
o‘yini. Bolalarning eshitish, ko‘rish, hid
bilish va ta’m bilish borasidagi bilimlarini
mustahkamlash. Suratlarni aniq belgilariga
ko‘ra guruhlarga ajratish, bu organlarning inson hayotidagi ahamiyatini bildirish.
2. «Tartib uzviyligi» ta’limiy o‘yini.
Bolalar syujet aks etgan suratlarni bog‘liqlik
tartibi bilan terib chiqadilar va ularning
ahamiyatini tushuntiradilar. (Uyg‘onish,
yuvinish, badantarbiya, nonushta, o‘yin, sayr,
tushlik, kunduzgi uyqu, tolma choy, sayr, o‘yin va
boshqalar.)
Qo‘shimcha: shaxsiy gigiena va kun tartibi
qoidalari bo‘yicha suhbat.
E’tiborga molik jihati: to‘g‘ri ovqatlanish,
chiniqish, MTT tartibidek uyda ham kun
tartibiga rioya qilish.
Fan va tabiat markazi
To‘g‘ri ovqatlanish — sog‘liq garovi
Maqsad: bolalar inson salomatligida vitaminlar va to‘g‘ri ovqatlanishning ahamiyatini biladilar, odam sog‘ligi to‘g‘ri ovqatlanishga bog‘liqligi haqida tushunchaga ega bo‘ladilar.
Kerakli jihoz va materiallar: oziq-ovqat
mahsulotlari, daraxt va chelak, sutli usti yopilgan stakanlar, mevalar (butun va kesilgan), sixlar rasmlari, salfetka.
Faoliyatning borishi:
1. «Foydali va zararli ovqatlar» ta’limiy
o‘yini. Foydali ovqatlar daraxtga osiladi,
zararlilari chelakka tashlanadi.
2. «Meva va sabzavotlar» ta’limiy o‘yini.
Bolalar meva va sabzavotlarni vitaminlar
guruhiga mos tarzda ajratadi.
3. «Sut mahsulotlarini ayt»
ta’limiy o‘yini.
Qo‘shimcha: meva va sabzavotlar, ulardagi
vitaminlarning bolalar organizmiga foydasi
haqida suhbat.
Do'stlaringiz bilan baham: |