Qo‘shimcha: shaxsiy shkafchalarini o‘z ishlari
bilan bezash.
E’tiborga molik jihati: qo‘l mayda
motorikasini rivojlantirish.
San’at markazi
Rasm chizish: «Bayramona shahar»
Maqsad: bolalar mavzuni tanlashda ijodiy
yondashadilar, bayram nishonlayotgan ona
shahrining ko‘rinishi to‘g‘risida tasavvurga ega
bo‘ladilar.
Kerakli jihoz va materiallar: shaharda bayram tasvirlangan rasmlar va fotosuratlar,
albom varag‘i, rangli bo‘r va qalamlar.
Faoliyatning borishi:
1. Shahar tasvirlarini tomosha qilish.
2. Bolalarning ish uchun materiallarni
tanlashlari.
3. Mustaqil ish.
4. Ko‘rgazma tahlili.
Qo‘shimcha: ona shahri haqida she’rlar aytish.
E’tiborga molik jihati: ishga ijodiy
yondashuv, hayot xavfsizligiga rioya qilish.
MART
OY MAVZUSI: «GO‘ZAL BAHOR»
Guruh
|
Tayyorlov guruh
|
Mavzu
|
«Hashoratlar»
|
Muddati
|
Mart oyining 4-haftasi
|
Rivojlanish sohalari bo‘yicha maqsadlar
|
Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi
|
Jismoniy rivojlantirishni davom ettirish, qatorda bittadan yoki juft bo‘lib yurish, tovonda va oyoq uchida asta-sekin yurish, mokisimon
yugurish, turgan joyidan uzunlikka sakrash.
|
| Do'stlaringiz bilan baham: |