Январь ойи


Download 6.53 Mb.
bet18/198
Sana05.11.2023
Hajmi6.53 Mb.
#1749774
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   198
Bog'liq
Tayyorlov g ta\'limiy mavzuni rejalashtirish

Faoliyatning borishi:
1. Magnit haqida bilgan ma’lumotlari
bilan o‘rtoqlashish.
2. «Quvnoq shariklar» multfilmining
«Tortishish kuchi» seriyasini ko‘rish.
3. Faoliyatni ish zonasida rejalashtirish;
4. Magnit bilan amaliy tajriba (magnitni
bir-biriga birlashtirish, doskada yoki stolning
ustida ularni yurgazish)
5. Magnit xususiyatlari haqida bolalar
xulosalarini tinglash.
Qo‘shimcha: tarbiyachi bolalarga magnitli doskada
so‘zlar tuzish yoki turli magnit predmetlaridan
foydalanib rebus tuzishni taklif etishi mumkin.
E’tiborga molik jihati: mavjud bilimlarini o‘rtoqlashish va hayot xavfsizligiga qoidalariga rioya qilishiga ahamiyat Beriladi.
San’at markazi
Rasm va applikatsiya: «Men va Men va bizning oilamiz».
Maqsad: bolalar oila haqidagi ma’lumotlarni
umumlashtirish va oila a’zolarini tasvirlab
berishga harakat qiladi. Bajarilayotgan ishda
rasm chizish va applikatsiyani uyg‘unlashtirishga
harakat qiladilar. Ish jarayonida tartibli
bo‘lishga o‘rganishlari lozim.
Kerakli jihoz va materiallar: oilaviy
fotosuratlar to‘plami, AKT vositalari, qog‘oz,
bo‘yoqlar, qaychi, yelim, qalamlar.
Faoliyatning borishi:
1. «Men va Men va bizning oilamiz» mavzusidagi
rasmlarni ko‘rib chiqish.
2. O‘z oilaviy an’analari haqida gapirib
berish.
3. Ishlash texnologiyasini tanlash
(applikatsiya yoki rasm chizish).
4. Bolalar ishlari va ularni rag‘batlantirish.
Qo‘shimcha: bolalar ishlari ko‘rgazmasini tashkil etish.
E’tiborga molik jihati: ozoda ishlay olish
malakasi va hayot xavfsizligiga rioya qilish.
Qurish, konstruktsiyalash va
matematika markazi
«Teatr ko‘ramiz»
Maqsad: bolalar turli qurilish materiallari-
dan teatr sahnasini qurishga, oddiy shakllarni
aytishni va ulardan qurilishda nima maqsadda
foydalanishni bilib olishadi. Son-sanoqni,
o‘lcham, rang va shakllarni Kerakli joyda
ishlatishni o‘rganadilar.

Download 6.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling