Январь ойи


Kerakli jihoz va materiallar


Download 6.53 Mb.
bet20/198
Sana05.11.2023
Hajmi6.53 Mb.
#1749774
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   198
Bog'liq
Tayyorlov g ta\'limiy mavzuni rejalashtirish

Kerakli jihoz va materiallar: turli shakldagi magnit, quruq qum to‘ldirilgan kontenerlar, rasm namunalari.
Faoliyatning borishi:
1. Magnit bilan turli amaliy tajribalar
ko‘rsatish.
2. «Qumli manzaralar» videosini ko‘rish.
3. Qumli stol ustida magnitlar yordamida
rasm chizish (qumga stolning tagidan magnit bilan boshqarish mumkin bo‘lgan predmet qo‘yiladi).
4. Bir-birlariga bajargan ishlarini
ko‘rsatish va muhokama.
Qo‘shimcha: tarbiyachi bolalarga o‘z ijod
namunalarini turli qo‘shimcha predmetlar bilan
bezatishlari mumkinligini taklif etishi
mumkin.
E’tiborga molik jihati: texnika xavfsizligi
qoidalariga rioya etish. Hayot, san’at va fanni
bir-biri bilan bog‘lash.
Til, nutq va savodxonlikka o‘rgatish markazi
Oilaviy shajara daraxti
Maqsad: bolalarda mantiqiy fikrlash, faol
nutq rivojlanadi, oilasidan faxrlanish tuyg‘usi shakllanadi. Ota-onasi, yaqinlari haqidagi ma’lumotlarni biladilar.
Kerakli jihoz va materiallar: daraxt tasvirlangan rasm, oila a’zolari fotosuralari (har bir bola).
Faoliyatning borishi:
1. Bolalar o‘zlarining oila a’zolari
fotosuratlari solingan konvertni oladilar.
2. Eng katta avlod vakilidan boshlab, ismlarini aytib, daraxt ildiziga joylashtiradilar.
3. Rasmlarni tanlashni hamda joylashtirishni davom ettiradilar va ish jarayonida tushuntirib, ta’riflab beradilar (masalan, bu
mening bobom, uning ismi Ibrohimov Tohir).
Qo‘shimcha: bolalar oila haqidagi maqollarni
eslaydilar.
E’tiborga molik jihati: o‘z oilasining barcha
a’zolarini bilish, gapni to‘g‘ri tuza olishiga
ahamiyat Beriladi.

SENTABR. TO‘RTINCHI HAFTASI
OY MAVZUSI: «O‘ZBEKISTON MENING VATANIM»


Download 6.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling