Kerakli jihoz va materiallar: namuna, A4
hajmdagi oq qog‘oz, qora va rangli qalamlar,
mebel tasviri tushirilgan rasm.
Faoliyatning borishi:
1. Mebel tasviri tushirilgan rasmni
tomosha qilish.
2. Bolalarning mustaqil faoliyati.
3. Bolalarning ishlari ko‘rgazmasi.
Qo‘shimcha: o‘z xonasi va mebelini tasvirlash.
E’tiborga molik jihati: bolalarning ijodiy
faoliyati rivojlanganligi, rasm chizishdagi
texnik mahorati.
San’at markazi
Folga qog‘ozida o‘yma naqsh bilan
medal’onni bezash
Maqsad: bolalar milliy hunarmandchilik
san’atiga qiziqadilar, milliy naqshlarni
folga qog‘oziga tushirishni biladilar.
Kerakli jihoz va materiallar: diametri 10 sm bo‘lgan folga qog‘ozidan aylana, sharikli ruchka, o‘yish ishlarini bajarish uchun ostiga qo‘yishga bir nechta qatlamdan iborat bo‘lgan gazeta.
Faoliyatning borishi:
1. Tasvirlarda o‘yin yo‘li bilan
bajarilgan naqshlarni ko‘rib chiqish.
2. Ishning bajarilish sxema-karta.
3. Bolalarning mustaqil faoliyati.
Qo‘shimcha qism: metall hamda o‘ymakorlik xalq
amaliy san’ati namunalari rasmlarini tomosha
qilish.
E’tiborga molik jihati: bolalarning ijodiy
tasavvuri rivojlanganlik va olgan bilimlarini amaliyotda tatbiq etish.
San’at markazi
Applikatsiya: «Sandiqni bezaymiz»
Maqsad: bolalar qaychi bilan to‘g‘ri ishlay
olishni, naqsh bo‘laklarini namunaga qarab
to‘g‘ri qirqa olishni, rang va uning tuslarini
biladilar. Turli shakllardan kompozitsiya yasab,
ishonch bilan ishlaydilar.
Kerakli jihoz va materiallar: namuna,
sandiq, rangli qog‘oz, qaychi, yelim, flomaster,
salfetkalar.
Faoliyatning borishi:
1. Namuna va xalq amaliy san’ati
buyumlaridagi naqshlarni tomosha qilish, o‘zbek
xalq naqshlarining o‘ziga xosligini ajratish
(o‘ramlar, doiralar, paxta, to‘lqinli chiziqlar va
h.k.)
2. Bolalar sandiq uchun naqsh o‘ylab
topishadi.
3. Ishning bolalar tomonidan bajarilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |