E’tiborga molik jihati: bolalar nutqida
Keraqsiz (anaqa, anu kabi) so‘zlarni ishlatilishiga ahamiyat Beriladi.
Fan va tabiat markazi
Elektr pechida pishgan shirmoy nonlar
Maqsad: bolalarda qaychi, yelim bilan ishlash
malakalari mustahkamlanadi. Paxtadan non
shaklini yasashni, kattalar yordamida unga issiq
ishlov berish jarayonlarini o‘rganadilar.
Kerakli jihoz va materiallar: oshxonadagi
elekt yoki gaz pechlari, non uchun savat, paxta, tuxum sarig‘i, salfetka, bosh kiyim, fartuklar
Faoliyatning borishi:
1. Bolalar ish joylarini tayyorlashadi.
2. Tandirdan, non pishirgich, pechlarda
pishib chiqqan non tasvirlangan rasmlarni
kuzatish.
3. Bolalar xohishiga ko‘ra turli
kattalikdagi kulchalar yasash.
4. Kulchalar ustini salfetkalar bilan
yopish va tuxum sarigini surtish.
Qo‘shimcha: tayyor kulchalarni savatga tayyor va
ularni «Non do‘koni», «Mehmon-mehmon» o‘yin
burchaklariga tarqatish taklifini berish.
E’tiborga molik jihati: tozalikka rioya
qilish va o‘zaro yordamni tashkil etish, chaqqonlik
va sifat.
Sahnalashtirilgan va syujetli-rolli
o‘yin markazi
«Non do‘koni»
Maqsad: do‘kon o‘yini orqali bolalardagi savdo-
sotiq haqidagi tushunchalari mustaxkamlanadi.
Matematik tasavvurlari kengayadi, o‘yin orqali
magazin faoliyatini yuritishni, sotuvchi ishini,
xaridor va sotuvchi Tayyorlovsida munosabatni,
muomala madaniyatini, do‘kondan biror narsa
xarid qilib kelish ota-onalarga yaqindan yordam
ekanligini tushunib etadilar.
Kerakli jixoz va materiallar: non uchun
stol, javon, non turlari, pul birliklarining
shakllari, hamyonchalar, non mahsulotlarining
rasmlari, do‘kon peshlavhasi.
Faoliyatning borishi:
1. O‘yin burchagiga Kerakli jihozlarni
joylash.
2. Mavzu asosidagi rasmlarni kuzatish.
3. Ishtirokchilar orasida rollarni
taqsimlash.
4. O‘yinning borishi va ta’ssurotlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |