Январь ойи


Download 6.53 Mb.
bet57/198
Sana05.11.2023
Hajmi6.53 Mb.
#1749774
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   198
Bog'liq
Tayyorlov g ta\'limiy mavzuni rejalashtirish

Qo‘shimcha qism: tarbiyachi mavzuga oid so‘zlar
talaffuzini mustahkamlash bilan birga
bolalarni jamoat joylarida o‘zini tutish
madaniyatiga rioya qilishni o‘rgatadi: transportda yo‘l haqqini to‘lash, kattalar turganda o‘tirish mumkin emasligi va boshqalar.
E’tiborga molik jihati: so‘zlarni to‘g‘ri
talaffuz etish, tasavvurni rivojlantirish va
hayot xavfsizligi qoidalariga amal qilishiga
ahamiyat Beriladi.
Fan va tabiat markazi
Gulxan havoni ifloslantiradi
(ekologik tarbiya)
Maqsad: bolalar havo xususiyatlari bilan
tanishadilar, yelim paketga puflash orqali
havo yig‘ish mumkinligini, havoni is gazlari,
olovdan ifloslanishi, ammo ifloslangan havoni o‘simliklar yordamida tozalash mumkinligi haqida bilimga ega bo‘ladilar.
Kerakli jihoz va materiallar: har bir bolaga
paket, gugurt, mavzuga oid rasm, «Tabiat havoni
tozalaydi» mavzusida slayd.
Faoliyatning borishi:
1. Paketni havoga to‘ldirish va uni
kuzatish.
2. «Havoning ifloslanishi va uni
tozalanishi» mavzusidagi rasmlarni ko‘zdan
kechirish.
3. Havoning ifloslanishi bo‘yicha tajriba
o‘tkazish.
4. Shamni yoqish va olov ustida oyna yoki
chinni piyolani tutib turish (bir oz muddati
o‘tgach, bolalar predmet qorayishini va qorakuya
bilan qoplanishini ko‘radilar).
5. O‘tkazilgan tajriba muhokamasi (yana
nima havoni ifloslantiradi? – avtomobillardan chiqadigan is gazlari, sigaretlar, yong‘inlar, zavodlardan chiqadigan tutunlar, axlat uyumlari va boshqalar).
6. Bolalar xulosasi: havoni tozalashning
muhim vositasi va kislorod etkazib Beruvchi
o‘simliklar hisoblanadi.
Qo‘shimcha qism: tarbiyachi bolalarga o‘simliklarni parvarishlash qoidalari haqida gapirib beradi va ekilgan ko‘chatlarga parvarishlash bo‘yicha navbatchilarni belgilaydi.
E’tiborga molik jihati: tajribani o‘tkazish
va sog‘liqni saqlash qoidalariga rioya qilish va
hayot xavfsizligi qoidalariga amal qilishiga
ahamiyat Beriladi.

Download 6.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling