Январь ойи
Download 6.53 Mb.
|
Tayyorlov g ta\'limiy mavzuni rejalashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Seshanba Chorshanba Payshanba Juma
- Syujetli-rolli o‘yinlar va drammalashtirish
- Umumiy guruh bo‘lib ishlash
- Piyodalar yo‘lagi Maqsad
- Qo‘shimcha
- Qurish, konstruktsiyalash va matematika markazi Yo‘l belgilarini yiging Maqsad
- Kerakli jihoz va materiallar
NOYaBR. IKKINChI HAFTA «EHTIYoTKOR PIYoDA HAFtasI» Tayyorlov guruh Qurish, konstruktsiyalash va matematika markazi Piyodalar yo‘lagi Maqsad: bolalar geometrik shakllarni farqlashni, piyoda yo‘lagining nima uchun Keraklini yo‘lakchani qurishda qancha geometrik shakllardan foydalanilganini aytib beradilar. Kerakli jihoz va materiallar: geometrik, hamda qurilish uchun Kerakli shakl va jihozlar, yo‘l. Faoliyatning borishi: 1. Piyoda mavzusidagi rasmlarni kuzatish. 2. Bolalar bilan piyodalar yo‘lagini qurish rejasini tuzish. 3. Geometrik shakllardan piyodalar yo‘lagini qurish. 4. Piyodalar yo‘lagini o‘lchash. 5. Bolalar ishini muhokama qilish va rag‘batlantirish. Qo‘shimcha: tarbiyachi bolalarga oq qog‘ozdan lentachalar kesib, piyoda yo‘lakchasini yopishtirishni tavsiya etishi mumkin. E’tiborga molik jihati: bolalarning jamoada ishlashiga, qurilishda tozalikka va hayot xavfsizligi qoidalariga amal qilishiga ahamiyat Beriladi. Qurish, konstruktsiyalash va matematika markazi Yo‘l belgilarini yiging Maqsad: bolalar o‘yin orqali yo‘l belgilarining shakli, ranglariga qarab belgilarni qanday belgi ekanligini o‘rganadi. Bo‘laklardan yig‘ilgan yo‘l beligilarining turini yod olib, yo‘l belgilarining ma’nosini tushuntirib berishni o‘rganadilar. Kerakli jihoz va materiallar: turli shaklli bo‘laklardan iborat bo‘lgan yo‘l belgilarining rasmlari, AKT, yo‘l belgilarining maketlari. Faoliyatning borishi: 1. AKT orqali bolalarga shahar ko‘chalariga qo‘yilgan yo‘l belgilarini tomosha qilish. 2. Ko‘rilgan yo‘l belgilari haqida qisqacha suhbat. 3. Berilgan bo‘laklardan yo‘l belgilarini yig‘ish jarayoni. 4. Eng ko‘p yo‘l belgilarini yig‘gan guruh a’zolariga sovg‘a taqdim etish. 5. Bolalar ishini muhokama qilish va rag‘batlantirish. Qo‘shimcha: o‘zlari yiqqan yo‘l belgilari bilan suratga tushish va bu belgini guruhning qayeriga qo‘yishni maslahatlashish. E’tiborga molik jihati: bolalarning jamoada ishlashiga va hayot xavfsizligi qoidalariga ahamiyat Beriladi. Syujetli-rolli o‘yinlar va sahnalashtirish markazi «Men piyodaman» syujetli-rolli o‘yin Maqsad: bolalar jamoat joylarida o‘zlarini tuta olishga, transport vositalarining xavfli ekanligini tushunishga, transport turlarini farqlashga, kuzatish, tahlil qilish, xulosa chiqarishga o‘rganadilar. Kerakli jihoz va materiallar: yo‘l belgilari, mashinalar, furajka, yo‘l ko‘rsatish tayoqchasi. Faoliyatning borishi: 1. Mavzuga oid mavzularni kuzatish. 2. Bolalar bilan sayrga borish joyini rejalashtirish. 3. Qog‘oz kartondan ko‘rsatkich va belgilarni tayyorlash. 4. Bolalar Tayyorlovsida rollarni taqsimlash. 5. O‘yin ishtirokchilarining diqqatini yo‘lni to‘g‘ri kesib o‘tishga, yo‘l belgilariga rioya etishga qaratish. 6. Jamoa joylarida tartib saqlash, yo‘l belgilari haqidagi bilimlarini mustahkamlash. 7. O‘yin muhokamasi va bolalarni rag‘batlantirish. Qo‘shimcha: Tarbiyachi bolalar bilan «Bilmasvoy shaharda» (qishloqda)» mavzuli o‘yinni sahnalashtirishi mumkin. «Uydan bog‘chagacha» yo‘l xaritasini tuzish, jamoat joylarida jamoa tartibi qoidalariga rioya qilish, atrofga e’tiborli bo‘lish, tozalikni saqlash, piyodalar yo‘lkasidan yurish, katta yo‘lga chiqib ketmaslik, piyodalar yo‘lkasi yo‘lovchilar uchun ajratilgan bo‘lib, piyodalar yo‘lagi bo‘lmagan taqdirda katta yo‘lning chetidan mashinalar qatnoviga qarama- qarshi yurishi lozimligini tushuntiradi. Download 6.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling