Yapon iboralardagi sonlarda leksik ma’no yo’qolishi yoqubova Maftuna Shovkat qizi
Download 33.69 Kb.
|
YOQUBOVA M. ILMIY MAQOLA (3) (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar
- Ключевые слова
- Lingvistik sababga ko’ra.
- Psixologik sababga ko’ra.
- Iboraning ma’nosi
- 4 ieroglifli iboralar Iboraning ma’nosi “1”ning ma’nosi
- 1” ning leksik ma’nosi yo’qolish natijasida yuzaga kelgan yangi ma’no
- 4 ieroglifli iboralar Iboraning ma’nosi “10”ning ma’nosi
- 4 ieroglifli iboralarda “100” sonining yasama ma’nosi
- 4 ieroglifli iboralar Iboraning ma’nosi “1000”ning ma’nosi
- 4 ieroglifli iboralarda “1000” sonining yasama ma’nosi ADABIYOTLAR RO’YXATI
YAPON IBORALARDAGI SONLARDA LEKSIK MA’NO YO’QOLISHI Yoqubova Maftuna Shovkat qizi Toshkent Davlat Sharqshunoslik Instituti Yaponshunoslik fakulteti 2-kurs magistranti e-mail: y.maftuna1994@gmail.com
e-mail: y.maftuna1994@gmail.com АННОТАЦИЯ Это исследование поможет будущим исследователям японского языка изучить лексическое значение слов, изменение смысла и факторы, которые их вызывают, и дать информацию о них. Основная цель статьи-дать информацию языковедам, проанализировав изменения в слове в 4 иероглифических словосочетаниях с участием японских цифр. В ходе исследования, будут отобраны 81 иероглифических фраз из японского 『ことわざと慣用句辞典』 (котоваза то канёку житен) “Словарь пословиц и выражений" и 『四字熟語辞典』 (ёжижукуго житен) "Словарь четырех иероглифических выражений" с участием цифр" 1, 10, 100, 1000", будут выбраны 81 чисел с четырехзначным иероглифическим определением и путем потери лексического значения этих чисел, в результате возникнут определения нового лексического значения.
Tashkent State Institute of Oriental Studies, faculty of Japanese studies, student of 2nd master degree e-mail: y.maftuna1994@gmail.com This research will help future Japanese language researchers study the lexical meaning of words, meaning changes, and the factors that cause them, and provide information about them. The main purpose of the article is to provide information to linguists by analyzing changes in the word in 4 hieroglyphic phrases involving Japanese numerals. During the research, 81 hieroglyphic phrases from the Japanese 『ことわざと慣用句辞典』(kotowaza to kanyouku jiten) “Dictionary of Proverbs and expressions" and 『ことわざと慣用句辞典』(kotowaza to kanyouku jiten) "Dictionary of four hieroglyphic expressions" with numbers will be selected" 1, 10, 100, 1000" numbers with a four-digit hieroglyphic definition will be selected, and by losing the lexical value of these numbers, definitions of a new lexical value will result.
Mustaqillik yillarida o‘zbek tilshunosligida frazeologizmlarning badiiy va publistik nutq uslublarida qo‘llanish xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha ham muayyan ishlar amalga oshirildi. Jumladan, B. Yo‘ldoshevning “Frazeologik uslubiyat asoslari” (1999), B.Yo‘ldoshev, Z. Shodievlarning “Ufq” trilogiyasining lingvopoetik tahlili masalalari (2006)yapon tilida qilingan iborali ilmiy ishlardan misol keltir! kabi ishlar bu jihatdan e’tiborga molik. Yapon tilini chet tili sifatida o‘rganuvchilar uchun mo‘ljallangan o‘quv qo‘llanmalarida iboralar deyarli keltirilmaydi. Har bir sharq tili yuzasidan amalgan oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlarga Respublikamiz Prezidenti tomonidan alohida e’tibor qaratilib, muhim vazifalardan biri sifatida shunday ta’kidlanadi: “Jahon va mamlakatimiz tarixini, O‘zbekistonning madaniy va ma’naviy merosini, o‘zbek tili va o‘rganilayotgan ma’lum bir til tarixiy va hozirgi rivojlanishini har tomonlama tadqiq qilish” e’tiborga molik sanaladi. [2, 266] Yapon tilini chet tili sifatida o‘rganuvchilar uchun mo‘ljallangan o‘quv qo‘llanmalarida iboralar deyarli keltirilmaydi. Bu esa, o‘z navbatida, o‘quvchilar tomonidan yapon tilini mukammal o‘zlashtira olmasligidan dalolat beradi. Iboralar ikki tilda ham ko‘plab ishlatilishini hisobga olsak, ularni bilmay turib, yapon tilida nafaqat fikr bayon qilish, balki hozirgi zamon talablaridan biri bo‘lmish, tarjima qilish ham mushkul albatta. Ushbu ilmiy ishda o‘quvchilarga oz bo‘lsa-da, yapon tilidagi 4 ieroglifli iboralar hamda ushbu iboralarda so’zlarning ma’no o’zgarishi haqida ma’lumot berish maqsadida ham 4 ieroglifli iboralarda sonlarning ma’no kategoriyasi tadqiq etiladi. Leksik ma’no haqida tilshunoslikda turli xil qarashlar mavjud. Masalan, ”So’zning ob’yektiv borliqdagi narsa, belgi, harakat kabilar haqidagi ma’lumoti leksik ma’no deyiladi. (“Hozirgi o’zbek adabiy tili”), “So’zning ob’yektiv borliqdagi narsa, hodisa, harakat, belgi va shu kabilar haqida ma’lumot beruvchi(tasavvur beruvchi) mazmuni leksik ma’no deyiladi (O’zbek tili leksikologiyasi), “So’zning material qismi (leksema) bildiradigan ma’no: ma’lum tovush kompleksini ma’lum obyektiv voqelikka bog’lash bilan kishi ongida yuzaga keladigan mazmun – mundarija leksik ma’no deyiladi” (Tilshunoslik terminlarining izohli lug’ati). Professor A.Nurmonov esa ana shu qarashlarni umumlashtirgan holda “Leksik ma’no ongda predmet, hodisa, xususiyat,muayyan jarayon va shu kabilar haqidagi tushunchalarni aks ettiruvchi va unga bog’lovchi hamda so’zlovchining subyektiv munosabatini ifodalovchi so’z mazmuni (mundarijasi) deb hisoblaydi. ( Tilshunoslik nazariyasi) So‘z paydo bo‘lishidayoq o‘z tovush qobig‘iga va ma’lum bir ma’noga ega bo‘ladi. Lekin so‘zlar ifodalaydigan ma’nolar eng umumiy belgi-xususiyatlariga ko‘ra har xil bo‘ladi va bu jihatdan so‘z ma’lum guruhlarga ajraladi. 新国語例解辞典 ga ko’ra, so’zning leksik ma’nosi bu- so’zning asl ma’nosidir. Quyidagi fikrlarni 「手」(te) “Qo’l ” so’zi misolida ko’ramiz. Inson tanasining yelkasidan olingan qism. Ba’zan “bilakni, qo’l xurmosi, barmoq uchi va boshqalar ” ni nazarda tutadi. Birinchi 3 ma’no quyidagicha: Insonga o’xshash shakl va vazifalar. Masalan, “choynakning qo’li”. Ushbu misolda “choynakning qo’li” birikmasidagi “qo’l” so’zi “ushlagich” so’zi ma’nosining o’rnida qo’llanilmoqda. 1-misoldagini turli narsalarni qo’llash orqali ishlatish. Misol uchun, “U xo’jayinning qo’li bo’ladi” . Bu misolda, “qo’l” so’zi “yordamchi” so’zi o’rniga almashtirilib ishlatilgan. Chunki “yordamchi” xo’jayin aytgan vazifalarni “qo’l” ta’na a’zosi bajaradigandek, ishlarni qiladi. Shuning uchun “qo’l” so’zidan foydalanilgan. Narsalarni bajarish usullari, texnologiyasi va boshqalar. Masalan, “Men uni qo’lini olmayman.” Ushbu misolda esa, “usul, metod” so’zi “qo’l” so’zi bilan almashtirilgan. 2, 3, 4- misollarda so’zlarni asl ma’nolaridan kelib chiqqan holda, boshqalariga o’zgartirilgan. [3, 105] Bu yapon tilida 「転義」(tengi) ya’ni, 国語漢和辞典 ga ko’ra, so’zning ma’nosini boshqa holatga o’zgartirib ifodalashdir. So’zning ma’no o’zgarishi – vaqt o’tishi bilan so’zning ma’nosi asl leksik ma’nosidan boshqa ma’noga o’zgarishidir. [4, 310] Har bir so’z birikmalarining semantic tizimida bir so’z harakatlari boshqa so’zlarga ta’sir qiladi va yangi ma’no tizimini yaratadi. So’zning semantic o’zgarish muammosi odatda bitta so’zni topib uni muammoga aylantiradi, ammo semantic o’zgarish muammosi muntazam ravishda olinishi kerak Ma’no o’zgarishi o’z ichiga ma’no ko’chishi, ma’no torayishi, ma’no kengayishi kabi hodisalarni qamrab oladi. So’zning ma’no o’zgarishi vaqtida so’zning leksik ma’nosi bilan yangi ma’nosi o’rtasida qandaydir bog’liqlik bo’ladi. Masalan, “shishaning og’zi” “og’iz” so’zining asl ma’nosi “ovqat yeydigan” , “tovush chiqaradigan joy” . Bu misolda ma’nolar o’rtasidagi bog’liqlik bor.[5, 120] So’z quyidagi 3 sababga ko’ra o’zgaradi: Lingvistik sababga ko’ra. Bunda tilning o’zi o’zgarishga sabab bo’ladi. Masalan, 「とても」 (totemo) “juda” so’zi ham ijobiy ham salbiy natijalarni ifodalashga nisbatan foydalaniladi. Biroq, asosan ijobiy narsalarga 「たいへん」(taihen) “juda yaxshi” so’zi ishlatilinadi. Bundan tashqari, 「よい運」(yoi unn) “yaxshi omad” so’zi「運」(unn) “omad” so’zining o’zi bilan ifodalanmoqda. Chunki “omad” so’zining o’zi ijobiy ma’noni ifodalaydi. Shu orqali ma’no o’zgartirilmasdan, so’zning shaklini qisqartiriladi. Ijtimoiy sababga ko’ra. Bunda ijtimoiy tizim, madaniyat, urf-odatlar, turmush tarzi va boshqalar ma’no o’zgarishiga sabab bo’ladi. Masalan, “Mashina” so’zining asl ma’nosi g’ildirak orqali harakatlanib, odam va narsalarni tashlaydigan vositadir. Yapon tilida ushbu so’zning ma’nosi o’zgarmagan. Biroq, Xeyan davrida「牛車」(ushiguruma) “buqa qo’shilgan arava” , Edo davrida「荷車」(niguruma) “arava” , Meiji va Taysha davrlarida「人力車」(jinrikishya) “inson boshqaradigan arava” va hozirda esa「自動車」(jidoushya) “avtomobil” deb nomlanadi. Psixologik sababga ko’ra. O’zaro bog’liqlik va cheklash orqali hamkorga nisbatan ta’sir ko’rsatish orqali yuzaga keladigan sabab. Masalan, Yaponiyadagi to’ylardagi yopilish marosimi「お開き」(ohiraki) deb nomlanadi. Ya’ni, tugash, yopilish ma’nosini ifodalaydi va bu inson psixologiyasiga tugagan degan ma’no orqali ta’sir qiladi. Yuqoridagilardan so’zning o’zgarishining 3 sababi bor ekanligi bilindi. Ya’ni, lingvistik sabab, ijtimoiy sabab, psixologik sababdir. Ijtimoiy sababga ko’ra, so’z turmush tarzi, urf-odatlar ta’siri orqali o’zgaradi. Psixologik sabab esa, insonlarning fikrlashi, o’ylashi orqali o’zgaradigan sababdir. 「四字熟語」(yojijyukugo) 4 ieroglifli iboralarni eshitgandan, eslab qolinadigan ierogliflar kombinatsiyasi ko’pincha torayadi. Ierogliflar kombinatsiyalarida 4 harfli juda ko’p ma’noga ega so’zlar mavjud. Bu hozirgi vaziyatda ko’p ixtisoslashgan. Hatto, 「四字熟語」(yojijyukugo) keng ma’noda 4 xil fe’l-atvor, tor ma’noda esa, 4 belgili iboralar tushunchasini ifodalaydi.[6] Mazkur ilmiy maqolada yapon tilidagi 『ことわざと慣用句辞典』(kotowaza to kanyouku jiten) “Maqol va iboralar lug’ati” va 『四字熟語辞典』(yojijyukugo jiten) “4 ieroglifli iboralar luga’ti” dan “1, 10, 100, 1000 ” sonlari qatnashgan 81ta 4ieroglifli iboralar tanlab olinib, tahlil qilindi va ma’no o’zgarishi orqali leksik ma’nosi yo’qotilgan son ishtirok etgan iboralar aniqlandi. 1. 心機一転 (Shinki itten) Iboraning ma’nosi: Biror narsani yangi kayfiyat bilan boshlash “1” sonining ma’nosi: Bu yerda “1” ning asl ma’nosi yo’qolib, “yangi” degan ma’noni ifodalamoqda. 2. 大喝一声 (Taikatsu issei)
“1” sonining ma’nosi: Bu yerda “1” soni ovoz darajasini ifodalamoqda. 3. 駑馬十駕 (doba jyuuga)
“10” sonining ma’nosi: Bu yerda “10” soni leksik ma’nosini yo’qotgan. 4. 十死一生 (Jyushi ishshou)
“10” sonining ma’nosi: Bu iborada “10” leksik ma’nosini yo’qotib, “qariyib” degan ma’noni ifodalamoqda. 5. 百発百中 (Hyappatsu hyakuchyu)
“10” sonining ma’nosi: Bu iborada “100” soni leksik ma’nosini yo’qotib, kontekstdan kelib chiqgan holda “aniq” degan ma’noni ifodalamoqda. 6. 百依百順 (Hyakuyasushi hyakujun)
“10” sonining ma’nosi: Bu iborada ham “100” soni o’z ma’nosini ifodalamasdan, umuman boshqa ma’noda ishlatilmoqda. 7. 千古不易 (Senko fueki)
“1000” sonining ma’nosi: Bu iborada “1000” soni asl ma’nosini yo’qotib, o’tmish degan ma’noni ifodalamoqda. 8. 悪事千里 (Akuji senri)
“1000” sonining ma’nosi: Bu yerda “1000” soni leksik ma’nosini yo’qotib, “uzoq masofa” degan ma’noni ifodalamoqda. Ushbu tahlil natijasida 4 ieroglifli iboralarda “1, 10, 100, 1000” sonlarining leksik ma’nosi yo’qolishi orqali yuzaga kelgan yangi ma’nolari tahlil qilindi. “1” sonining leksik ma’nosi yo’qolib, (ovoz tonini, yangi) degan ma’nolarni ifodalashi aniqlandi. “10” sonining (tez, qariyib) kabi yangi ma’nolarni ifodalashi tahlil qilindi. “100” sonining leksik ma’nosi yo’qolib, (aniq) degan ma’noni ifodalanishi aniqlandi. Bundan tashqari, “1000” sonining yangi (uzoq, o’tmish, butun, abadiy ) kabi ma’nolari tahlil qilinib, aniqlandi. Yuqorida bayon qilingan fikr va tahlillardan quyidagi xulosalar chiqarildi: Yapon tilida so’zlar 3 sababga ko’ra o’zgarishi ma’lum bo’ldi. Bular lingvistik sabab, ijtimoiy sabab va psixologik sabablardir. Bundan tashqari, yapon tilidagi 4 ieroglifli iboralarda “1, 10, 100, 1000” sonlarining ma’nolarini 3 guruhga bo’lib, tahlil qilindi. Bular sonlarning leksik ma’nolari, yasama ma’nolari va asl ma’no yo’qolishi natijasida yuzaga kelgan yangi ma’nolardir. Umumlashtirib aytadigan bo’lsak, “1, 10, 100, 1000” sonlari 4 ieroglifli iboralarda faqat leksik ma’noni ifodalabgina qolmasdan, kontekstga qarab yangi ma’noni ifodalashi ma’lum bo’ldi.
Jadval I “1” ning leksik ma’nosi yo’qolish natijasida yuzaga kelgan yangi ma’no Jadval II “10” ning leksik ma’nosi yo’qolish natijasida yuzaga kelgan yangi ma’no
Jadval III 4 ieroglifli iboralarda “100” sonining yasama ma’nosi
Jadval IV 4 ieroglifli iboralarda “1000” sonining yasama ma’nosi ADABIYOTLAR RO’YXATI Yaponiyaning O‘zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Kato Fumihiko nutqidan, 14.11.2014 Karimov I.A. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida : Xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.-T.:O`zbekiston,1997 yil., 266 bet 秋元美晴 『よくわかる語彙』 2002. p.105 Qarang: 言語学辞典 p.310 中野弘三(2012) 『意味論』p.120 朝日新聞 『創作四字熟語』 2004年12月10日 Download 33.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling