Yapon iboralardagi sonlarda leksik ma’no yo’qolishi yoqubova Maftuna Shovkat qizi


Download 33.69 Kb.
Sana21.04.2020
Hajmi33.69 Kb.
#100453
Bog'liq
YOQUBOVA M. ILMIY MAQOLA (3) (2)


YAPON IBORALARDAGI SONLARDA LEKSIK MA’NO YO’QOLISHI

Yoqubova Maftuna Shovkat qizi

Toshkent Davlat Sharqshunoslik Instituti Yaponshunoslik fakulteti 2-kurs magistranti

e-mail: y.maftuna1994@gmail.com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada yapon tili o’rganivchilariga yapon iboralaridagi sonlarda leksik ma’no o’zgarishi va ularga sabab bo’ladigon omillarni o’rganishda va bular haqida ma’lumot berishda yordam beradi. Maqolaning asosiy maqsadi so’zdagi

o’zgarishlarni, yapon tilidagi sonlar qatnashgan 4 ieroglifli iboralarda tahlil qilish orqali tili o’rganuvchilarga ma’lumot beradi. Tadqiqot jarayonida yapon tilidagi 『ことわざと慣用句辞典』(kotowaza to kanyouku jiten) “Maqol va iboralar lug’ati” va 『四字熟語辞典』(yojijyukugo jiten) “4 ieroglifli iboralar luga’ti” dan “1, 10, 100, 1000 ” sonlari qatnashgan 81ta 4 ieroglifli iboralar tanlab olinadi va ushbu sonlardagi leksik ma’noning yo’qolishi orqali yuzaga kelgan yangi ma’nolarni aniqlaydi.

Kalit so’zlar: So’z, ma’no, leksik ma’no, ma’no o’zgarishi, ibora, ieroglif, son.
Якубова Мафтуна Шавкатовна

Ташкентский Государственный Институт Востоковедения факультет Японоведение 2 курс магистратура

e-mail: y.maftuna1994@gmail.com



АННОТАЦИЯ

Это исследование поможет будущим исследователям японского языка изучить лексическое значение слов, изменение смысла и факторы, которые их вызывают, и дать информацию о них. Основная цель статьи-дать информацию языковедам, проанализировав изменения в слове в 4 иероглифических словосочетаниях с участием японских цифр.

В ходе исследования, будут отобраны 81 иероглифических фраз из японского 『ことわざと慣用句辞典』 (котоваза то канёку житен) “Словарь пословиц и выражений" и 『四字熟語辞典』 (ёжижукуго житен) "Словарь четырех иероглифических выражений" с участием цифр" 1, 10, 100, 1000", будут выбраны 81 чисел с четырехзначным иероглифическим определением и путем потери лексического значения этих чисел, в результате возникнут определения нового лексического значения.

Ключевые слова: слово, значение, лексическое значение, изменение смысла, выражение, иероглиф, число.

ABSTRACT

Yokubova Maftuna Shovkat qizi

Tashkent State Institute of Oriental Studies, faculty of Japanese studies, student of 2nd master degree

  e-mail: y.maftuna1994@gmail.com

This research will help future Japanese language researchers study the lexical meaning of words, meaning changes, and the factors that cause them, and provide information about them. The main purpose of the article is to provide information to linguists by analyzing changes in the word in 4 hieroglyphic phrases involving Japanese numerals.

During the research, 81 hieroglyphic phrases from the Japanese 『ことわざと慣用句辞典』(kotowaza to kanyouku jiten) “Dictionary of Proverbs and expressions" and 『ことわざと慣用句辞典』(kotowaza to kanyouku jiten) "Dictionary of four hieroglyphic expressions" with numbers will be selected" 1, 10, 100, 1000" numbers with a four-digit hieroglyphic definition will be selected, and by losing the lexical value of these numbers, definitions of a new lexical value will result.

Keywords: word, meaning, lexical meaning, change of meaning, expression, hieroglyph, number.
Ma’lumki, O‘zbekistonda ingliz, nemis, arab, xitoy kabi bir qancha tillar bilan bir qatorda yapon tiliga bo‘lgan qiziqish ham oshib bormoqda. Hozirgi kunga kelib oliy o‘quv yurtlari bilan bir qatorda yapon tilini o‘rgatuvchi bir qancha maxsus kurslar, yapon tili markazlari faoliyat yuritib kelmoqda. Oliy o‘quv yurtlarida yapon tili nafaqat shunchaki muloqat uchun, balki chuqur o‘rgatilib, turli yo‘nalishlarda tadqiqotlar o‘tkazilmoqda. Hozirgi kunda yapon tili jahonning 130 ta davlatida o‘rganilib, O‘zbekiston bu borada yapon tili o‘rganuvchi o‘quvchilar soni jihatidan 35-o‘rinda turadi.[1] Bu dunyo miqyosida yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Mustaqillik yillarida o‘zbek tilshunosligida frazeologizmlarning badiiy va publistik nutq uslublarida qo‘llanish xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha ham muayyan ishlar amalga oshirildi. Jumladan, B. Yo‘ldoshevning “Frazeologik uslubiyat asoslari” (1999), B.Yo‘ldoshev, Z. Shodievlarning “Ufq” trilogiyasining lingvopoetik tahlili masalalari (2006)yapon tilida qilingan iborali ilmiy ishlardan misol keltir! kabi ishlar bu jihatdan e’tiborga molik. Yapon tilini chet tili sifatida o‘rganuvchilar uchun mo‘ljallangan o‘quv qo‘llanmalarida iboralar deyarli keltirilmaydi.

Har bir sharq tili yuzasidan amalgan oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlarga Respublikamiz Prezidenti tomonidan alohida e’tibor qaratilib, muhim vazifalardan biri sifatida shunday ta’kidlanadi: “Jahon va mamlakatimiz tarixini, O‘zbekistonning madaniy va ma’naviy merosini, o‘zbek tili va o‘rganilayotgan ma’lum bir til tarixiy va hozirgi rivojlanishini har tomonlama tadqiq qilish” e’tiborga molik sanaladi. [2, 266] Yapon tilini chet tili sifatida o‘rganuvchilar uchun mo‘ljallangan o‘quv qo‘llanmalarida iboralar deyarli keltirilmaydi.

Bu esa, o‘z navbatida, o‘quvchilar tomonidan yapon tilini mukammal o‘zlashtira olmasligidan dalolat beradi. Iboralar ikki tilda ham ko‘plab ishlatilishini hisobga olsak, ularni bilmay turib, yapon tilida nafaqat fikr bayon qilish, balki hozirgi zamon talablaridan biri bo‘lmish, tarjima qilish ham mushkul albatta. Ushbu ilmiy ishda o‘quvchilarga oz bo‘lsa-da, yapon tilidagi 4 ieroglifli iboralar hamda ushbu iboralarda so’zlarning ma’no o’zgarishi haqida ma’lumot berish maqsadida ham 4 ieroglifli iboralarda sonlarning ma’no kategoriyasi tadqiq etiladi.

Leksik ma’no haqida tilshunoslikda turli xil qarashlar mavjud. Masalan, ”So’zning ob’yektiv borliqdagi narsa, belgi, harakat kabilar haqidagi ma’lumoti leksik ma’no deyiladi. (“Hozirgi o’zbek adabiy tili”), “So’zning ob’yektiv borliqdagi narsa, hodisa, harakat, belgi va shu kabilar haqida ma’lumot beruvchi(tasavvur beruvchi) mazmuni leksik ma’no deyiladi (O’zbek tili leksikologiyasi), “So’zning material qismi (leksema) bildiradigan ma’no: ma’lum tovush kompleksini ma’lum obyektiv voqelikka bog’lash bilan kishi ongida yuzaga keladigan mazmun – mundarija leksik ma’no deyiladi” (Tilshunoslik terminlarining izohli lug’ati). Professor A.Nurmonov esa ana shu qarashlarni umumlashtirgan holda “Leksik ma’no ongda predmet, hodisa, xususiyat,muayyan jarayon va shu kabilar haqidagi tushunchalarni aks ettiruvchi va unga bog’lovchi hamda so’zlovchining subyektiv munosabatini ifodalovchi so’z mazmuni (mundarijasi) deb hisoblaydi. ( Tilshunoslik nazariyasi) So‘z paydo bo‘lishidayoq o‘z tovush qobig‘iga va ma’lum bir ma’noga ega bo‘ladi. Lekin so‘zlar ifodalaydigan ma’nolar eng umumiy belgi-xususiyatlariga ko‘ra har xil bo‘ladi va bu jihatdan so‘z ma’lum guruhlarga ajraladi.

新国語例解辞典 ga ko’ra, so’zning leksik ma’nosi bu- so’zning asl ma’nosidir. Quyidagi fikrlarni 「手」(te) “Qo’l ” so’zi misolida ko’ramiz.



  1. Inson tanasining yelkasidan olingan qism. Ba’zan “bilakni, qo’l xurmosi, barmoq uchi va boshqalar ” ni nazarda tutadi.

Birinchi 3 ma’no quyidagicha:

  1. Insonga o’xshash shakl va vazifalar. Masalan, “choynakning qo’li”.

Ushbu misolda “choynakning qo’li” birikmasidagi “qo’l” so’zi “ushlagich” so’zi ma’nosining o’rnida qo’llanilmoqda.

  1. 1-misoldagini turli narsalarni qo’llash orqali ishlatish. Misol uchun, “U xo’jayinning qo’li bo’ladi” .

Bu misolda, “qo’l” so’zi “yordamchi” so’zi o’rniga almashtirilib ishlatilgan. Chunki “yordamchi” xo’jayin aytgan vazifalarni “qo’l” ta’na a’zosi bajaradigandek, ishlarni qiladi. Shuning uchun “qo’l” so’zidan foydalanilgan.

  1. Narsalarni bajarish usullari, texnologiyasi va boshqalar. Masalan, “Men uni qo’lini olmayman.”

Ushbu misolda esa, “usul, metod” so’zi “qo’l” so’zi bilan almashtirilgan.

2, 3, 4- misollarda so’zlarni asl ma’nolaridan kelib chiqqan holda, boshqalariga o’zgartirilgan. [3, 105] Bu yapon tilida 「転義」(tengi) ya’ni, 国語漢和辞典 ga ko’ra, so’zning ma’nosini boshqa holatga o’zgartirib ifodalashdir.

So’zning ma’no o’zgarishi – vaqt o’tishi bilan so’zning ma’nosi asl leksik ma’nosidan boshqa ma’noga o’zgarishidir. [4, 310] Har bir so’z birikmalarining semantic tizimida bir so’z harakatlari boshqa so’zlarga ta’sir qiladi va yangi ma’no tizimini yaratadi. So’zning semantic o’zgarish muammosi odatda bitta so’zni topib uni muammoga aylantiradi, ammo semantic o’zgarish muammosi muntazam ravishda olinishi kerak

Ma’no o’zgarishi o’z ichiga ma’no ko’chishi, ma’no torayishi, ma’no kengayishi kabi hodisalarni qamrab oladi.



So’zning ma’no o’zgarishi vaqtida so’zning leksik ma’nosi bilan yangi ma’nosi o’rtasida qandaydir bog’liqlik bo’ladi. Masalan, “shishaning og’zi” “og’iz” so’zining asl ma’nosi “ovqat yeydigan” , “tovush chiqaradigan joy” . Bu misolda ma’nolar o’rtasidagi bog’liqlik bor.[5, 120]

So’z quyidagi 3 sababga ko’ra o’zgaradi:

  1. Lingvistik sababga ko’ra. Bunda tilning o’zi o’zgarishga sabab bo’ladi. Masalan, 「とても」 (totemo) “juda” so’zi ham ijobiy ham salbiy natijalarni ifodalashga nisbatan foydalaniladi. Biroq, asosan ijobiy narsalarga 「たいへん」(taihen) “juda yaxshi” so’zi ishlatilinadi. Bundan tashqari, 「よい運」(yoi unn) “yaxshi omad” so’zi「運」(unn) “omad” so’zining o’zi bilan ifodalanmoqda. Chunki “omad” so’zining o’zi ijobiy ma’noni ifodalaydi. Shu orqali ma’no o’zgartirilmasdan, so’zning shaklini qisqartiriladi.

  2. Ijtimoiy sababga ko’ra. Bunda ijtimoiy tizim, madaniyat, urf-odatlar, turmush tarzi va boshqalar ma’no o’zgarishiga sabab bo’ladi. Masalan, “Mashina” so’zining asl ma’nosi g’ildirak orqali harakatlanib, odam va narsalarni tashlaydigan vositadir. Yapon tilida ushbu so’zning ma’nosi o’zgarmagan. Biroq, Xeyan davrida「牛車」(ushiguruma) “buqa qo’shilgan arava” , Edo davrida「荷車」(niguruma) “arava” , Meiji va Taysha davrlarida「人力車」(jinrikishya) “inson boshqaradigan arava” va hozirda esa「自動車」(jidoushya) “avtomobil” deb nomlanadi.

  3. Psixologik sababga ko’ra. O’zaro bog’liqlik va cheklash orqali hamkorga nisbatan ta’sir ko’rsatish orqali yuzaga keladigan sabab. Masalan, Yaponiyadagi to’ylardagi yopilish marosimi「お開き」(ohiraki) deb nomlanadi. Ya’ni, tugash, yopilish ma’nosini ifodalaydi va bu inson psixologiyasiga tugagan degan ma’no orqali ta’sir qiladi.

Yuqoridagilardan so’zning o’zgarishining 3 sababi bor ekanligi bilindi. Ya’ni, lingvistik sabab, ijtimoiy sabab, psixologik sababdir. Ijtimoiy sababga ko’ra, so’z turmush tarzi, urf-odatlar ta’siri orqali o’zgaradi. Psixologik sabab esa, insonlarning fikrlashi, o’ylashi orqali o’zgaradigan sababdir.

「四字熟語」(yojijyukugo) 4 ieroglifli iboralarni eshitgandan, eslab qolinadigan ierogliflar kombinatsiyasi ko’pincha torayadi. Ierogliflar kombinatsiyalarida 4 harfli juda ko’p ma’noga ega so’zlar mavjud. Bu hozirgi vaziyatda ko’p ixtisoslashgan. Hatto, 「四字熟語」(yojijyukugo) keng ma’noda 4 xil fe’l-atvor, tor ma’noda esa, 4 belgili iboralar tushunchasini ifodalaydi.[6]

Mazkur ilmiy maqolada yapon tilidagi 『ことわざと慣用句辞典』(kotowaza to kanyouku jiten) “Maqol va iboralar lug’ati” va 『四字熟語辞典』(yojijyukugo jiten) “4 ieroglifli iboralar luga’ti” dan “1, 10, 100, 1000 ” sonlari qatnashgan 81ta 4ieroglifli iboralar tanlab olinib, tahlil qilindi va ma’no o’zgarishi orqali leksik ma’nosi yo’qotilgan son ishtirok etgan iboralar aniqlandi.

1. 心機一転 (Shinki itten)



Iboraning ma’nosi: Biror narsani yangi kayfiyat bilan boshlash

1” sonining ma’nosi: Bu yerda “1” ning asl ma’nosi yo’qolib, “yangi” degan ma’noni ifodalamoqda.

2. 大喝一声 (Taikatsu issei)

Iboraning ma’nosi: Baland ovozda tanbeh bermoq.

1” sonining ma’nosi: Bu yerda “1” soni ovoz darajasini ifodalamoqda.

3. 駑馬十駕 (doba jyuuga)

Iboraning ma’nosi: Iqtidori bo’lmagan odam ham harakat qilsa, is’tedodli kishilar qilgan ishni qila oladi.

10” sonining ma’nosi: Bu yerda “10” soni leksik ma’nosini yo’qotgan.

4. 十死一生 (Jyushi ishshou)

Iboraning ma’nosi: Saqlab qolish imkoniyati qariyib kam bo’lgan holatlarda ham ehtiyot qiling.

10” sonining ma’nosi: Bu iborada “10” leksik ma’nosini yo’qotib, “qariyib” degan ma’noni ifodalamoqda.

5. 百発百中 (Hyappatsu hyakuchyu)

Iboraning ma’nosi: Orzuning aniq ushalishi.

10” sonining ma’nosi: Bu iborada “100” soni leksik ma’nosini yo’qotib, kontekstdan kelib chiqgan holda “aniq” degan ma’noni ifodalamoqda.

6. 百依百順 (Hyakuyasushi hyakujun)

Iboraning ma’nosi: Odamlarga aytilganiga amal qilish.

10” sonining ma’nosi: Bu iborada ham “100” soni o’z ma’nosini ifodalamasdan, umuman boshqa ma’noda ishlatilmoqda.

7. 千古不易 (Senko fueki)

Iboraning ma’nosi: O’tmisho’zgarmaydi.

1000” sonining ma’nosi: Bu iborada “1000” soni asl ma’nosini yo’qotib, o’tmish degan ma’noni ifodalamoqda.

8. 悪事千里 (Akuji senri)

Iboraning ma’nosi: Yaxshi xabar unchalik bilinmaydi, lekin yomon xabar uzoqga tez tarqaladi.

1000” sonining ma’nosi: Bu yerda “1000” soni leksik ma’nosini yo’qotib, “uzoq masofa” degan ma’noni ifodalamoqda.

Ushbu tahlil natijasida 4 ieroglifli iboralarda “1, 10, 100, 1000” sonlarining leksik ma’nosi yo’qolishi orqali yuzaga kelgan yangi ma’nolari tahlil qilindi. “1” sonining leksik ma’nosi yo’qolib, (ovoz tonini, yangi) degan ma’nolarni ifodalashi aniqlandi. “10” sonining (tez, qariyib) kabi yangi ma’nolarni ifodalashi tahlil qilindi. “100” sonining leksik ma’nosi yo’qolib, (aniq) degan ma’noni ifodalanishi aniqlandi. Bundan tashqari, “1000” sonining yangi (uzoq, o’tmish, butun, abadiy ) kabi ma’nolari tahlil qilinib, aniqlandi.

Yuqorida bayon qilingan fikr va tahlillardan quyidagi xulosalar chiqarildi:

Yapon tilida so’zlar 3 sababga ko’ra o’zgarishi ma’lum bo’ldi. Bular lingvistik sabab, ijtimoiy sabab va psixologik sabablardir. Bundan tashqari, yapon tilidagi 4 ieroglifli iboralarda “1, 10, 100, 1000” sonlarining ma’nolarini 3 guruhga bo’lib, tahlil qilindi. Bular sonlarning leksik ma’nolari, yasama ma’nolari va asl ma’no yo’qolishi natijasida yuzaga kelgan yangi ma’nolardir. Umumlashtirib aytadigan bo’lsak, “1, 10, 100, 1000” sonlari 4 ieroglifli iboralarda faqat leksik ma’noni ifodalabgina qolmasdan, kontekstga qarab yangi ma’noni ifodalashi ma’lum bo’ldi.




4 ieroglifli iboralar

Iboraning ma’nosi

1”ning ma’nosi

1

一陽来復

(Ichiyou raifuku)



Yomonlik ortidan yaxshilik keladi.

“1” soni o’z ma’nosini yo’qotgan.

2

一気呵成

(Ikki kasei)



Bir nafasda bajarib bo’lish.

Tez

3

一寫千里

(Ichishya chisato)



Uzoqga boradigan narsalar.

Uzoq

4

一枚看板

(Ichimai kanban)



Olamon orasida boshqalarga o’rnak bo’la olish.

Olamon

5

緊褌一番

(Kinkon ichiban)



Yurakni siqa boshlash.

“1” soni o’z ma’nosini yo’qotgan.

6

乾坤一擲

( kenkon itteki)



O’z taqdiriga ko’ra yutish yoki yutqazish.

“1” soni o’z ma’nosini yo’qotgan.

7

十年一昔

(Jyuunen hitomukashi)



O’n yil ichida yoki yil va oylar orasidagi tanaffus vaqtida , o’tmishdagi kunlarga o’xshab ko’rinadi.

Vaqt tanaffusi

8

心機一転

(shinki itten)



Biror bir ishni yaxshi, yangi kayfiyat bilan boshlash.

Yangidan boshlash

9

大喝一声

(Taikatsu issei)



Baland ovozda tanbeh berish.

Ovoz chastotasi

10

一張一弛

(Ichchyou ishshi)



Siqish, bo’shatish

“1” soni o’z ma’nosini yo’qotgan.

Jadval I

1” ning leksik ma’nosi yo’qolish natijasida yuzaga kelgan yangi ma’no

Jadval II

10” ning leksik ma’nosi yo’qolish natijasida yuzaga kelgan yangi ma’no





4 ieroglifli iboralar

Iboraning ma’nosi

10”ning ma’nosi

1

五倫十起

(Gorin jyuokoshi)



Hatto adolatli, pok insonda ham xudbinlik bo’ladi.


Bu iborada “10” hech qanday ma’no ifodalayotgani yo’q.


2

駑馬十駕

(Doba jyuga)



Iqtidori bo’lmagan odam ham harakat qilsa, is’tedodli kishilar qilgan ishni qila oladi.


Bu iborada “10” soni leksik ma’nosini yo’qotgan.

3

(Jyushi ishshyou)



Saqlab qolish imkoniyati qariyib kam bo’lgan holatlarda ham ehtiyot qiling.


Bu iborada “10” leksik ma’nosini yo’qotib, “qariyib” degan ma’noni ifodalamoqda.


Jadval III

4 ieroglifli iboralarda “100” sonining yasama ma’nosi



4 ieroglifli iboralar

Iboraning ma’nosi

100”ning

ma’nosi

1

百世不磨

(Momoyo fuma)



Uzoq vaqt yo’q bo’lishda davom etish.

Uzoq davr

2

百尺竿頭

(Hyakuseki kantou)



Eng yuqori nuqtaga erishish.

Eng

3

百年河清

(Hyakunen kasei)



Uzoq vaqt kutsa ham orzuning amlaga oshmasligi.

Uzoq vaqt

4

百花斉放

(Hyakka saihou)



Har xil gullar birdagina gullaydi.

Har xil

5

議論百出

(Giron hyakushyutsu)



Turli fikrlar berib, munozaralar faol olib boriladi.

Turli

6

百載無窮

(Hyakumitsu mukyuu)



Uzoq vaqt yo’q bo’lgan ish, yo’q ishdir.

Uzoq vaqt

7

百術千慮

(Hyakujyutsu senryo)



Turli metod va usullarni ko’rib chiqib, diqqat bilan o’ylash.

Turli

8

百世之師

(Hyakusei koreshi)



Hayoti so’ngigacha hurmat ko’rsatshni davom ettirgan insonlar ishi.

Uzoq davr





4 ieroglifli iboralar

Iboraning ma’nosi

1000”ning

ma’nosi

1

千古不易

(Senkou fueki)



O’tmish o’zgarmaydi

O’tmish

2

千秋万歳 (Senshyu bansai)

Abadiyat

Abadiylik

3

悪事千里

(Akuji senri)



Yaxshi xabar unchalik bilinmaydi, yomon xabar uzoqga tez tarqaladi.

Uzoq

4

千里同風 (Senri doufu)

Butun bir osmonda tinchlik hukmronlik qilmoqda.

Butun

Jadval IV

4 ieroglifli iboralarda “1000” sonining yasama ma’nosi

ADABIYOTLAR RO’YXATI

  1. Yaponiyaning O‘zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Kato Fumihiko nutqidan, 14.11.2014

  2. Karimov I.A. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida : Xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.-T.:O`zbekiston,1997 yil., 266 bet

  3. 秋元美晴 『よくわかる語彙』 2002. p.105

  4. Qarang: 言語学辞典 p.310

  5. 中野弘三(2012) 『意味論』p.120

  6. 朝日新聞 『創作四字熟語』 2004年12月10日

Download 33.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling