Yaponiya bosqini Uxan bir davr Yaponiyaga qarshi kurshda mudofaa davri


Uxan bir davr Yaponiyaga qarshi kurshda mudofaa davri


Download 51.47 Kb.
bet3/5
Sana30.04.2023
Hajmi51.47 Kb.
#1408972
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ikkinchi Jahon urush yillarida yaponiya

Uxan bir davr Yaponiyaga qarshi kurshda mudofaa davri

1937-yil 7-iyulda Lugoutsyao voqealaridan boshlab to 1938-yil oktabrda Uxan bir davr Yaponiyaga qarshi kurshda mudofaa davri bo’ldi. Bu davrda yapon bosqinchilarining shiddatli hujumlari avj oldi va gomindan armiyasi to’xtovsiz chekinib bordi , bu hol xitoy xalqini daxshatga soldi, gomindan hukumatining o’z ichida umidsizlik va ikkilanish vaziyatini yaratdi. Yaxshiyamki, shu davrda Xitoy Komunistik partiyasi murosachilik va taslim bo;lishga qarshi chiqib ommani qat’iy kurashga boshladi hamda uni uyushtirdi. Faqat shu tufayli Yaponiyaga qarshi yagona milliy front saqlanib qoldi. 1938-yili mayda o’rtoq Mao Sze-dun “ o’zoqqa chuzilgan urush to’g’risida “ degan asarini yozdi. Bu asarda Mao Sze-dun Xitoyning halok bo’lmasligini , urushning chuzilib ketganini , lekin Xitoyning uzil-kesil g’alaba qozonishini isbot qildi.
1938-yil oktabrda Xitoy Komunistik partiyasi o’n oydan oshiq davom etgan urash yakunlarini umumlashtirish va kelajak uchun to’g’ri yo’l belgilash maqsadida Yananda Markaziy Komitetning kengaytirilgan plenuminini chaqirdi. Mao Szi- dun o’zining “ Yangi davr tog’risida “ qilgan dokladida faqat xalq ommasiga tayanib tarraqqiyotni dadil himoya qilib , barch xalqning hayotiy kuchlarini yuksaltirib , Yaponiyaga qarshi yagona milliy frontni mustahkamlab va kengaytirib , Yaponiyaga qarshi uzoq davom etgan urushda bardosh berish va uzil- kesil g’alaba qozonish mumkinligini ko’rsatdi. Mao Szi-dunning “ uzoqqa chuzilgan urush to’risida “ degan asarlarining nashr etilishi butun xitoy xalqi va xitoy armiyasiga ochiq istiqbol yo’lini ochib berdi; bu asarlarda yapon bosqinchilariga qarshi kurash metodlari bayon qilindi , ular Yaponiyaga qarshi kurshda butun xalqning g’alabaga ishonchini mustahkamlashga imkon berdi. Yaponiyaga qarshi urmatonati va mardligai ham oshdi .
Uxan taslim bo’lgandan va Van Szin –vey dushmanlar lageriga o’tgandan keyin gomindanning yirik pomishchiklar va yirik burjuaziya vakillaridan iborat reaksion to’dasi aytganlaridan qayta boshladi. Bu to’da endi yapon bosqinchilari Xitoyga hujum qilmaydi , deb uyladi hamda kompartiya rahbarligidagi 8- va yangi 4- armiyalarga o’z dushmani deb qaray boshladi. Yaponiyaga qarshi bo’layotgan urush boshlarida gomindanchilar uyalmay-netmay Shimoliy Xitoydagi butub-butun rayyonlarni dushmanlarga qoldirib ketavergan edi. Lekin Yaponiyaga qarshi bo’layotgan urushda 8- armiya og’ir janglarda jonajon yerlarining bir qismini qaytarib olib vaziyat o’zgargandan keyin ham bu to’daning vakillari ozod qilingan territoriyani 8-armiya qo’lidan tortib olish uchun dushmanning orqa tomonida izg’ib yura verdilar. Ular munofiqlik qilish vatanni qo’tqazishga chaqirish va bo’lmag’ur behuda gaplar tarqatish bilan vatanga xiyonat qilganliklarini va kompartiyaga qarshi jinoyatkorona faoliyatlarini yashirmoqchi bo’ldilar. Ular : “ 8-armiyani tor-mor qilish uchun avvalo Yaponiya bilan birlashaylik ,keyin Yaponiyaga qarshi kurashaylik !” degan shiorni o’rtaga tashladilar . 1939-yil yanvar oxirlarida Chuntsinda gomindan o’zining V – s’ezdini chaqirdi. Sezda kurshni asosan tashqi dushmanga qarshi emas , balki ichki dushmanga qrashi olib boorish ya’ni Yaponiyaga passiv qarshilik ko’rsatish bilan kompartiya va xalqqa qarshi aktiv kurash olib boorish to’g’risida qaror qabul qildi.
Shundan keyin gomindan hukumronlik qilib turgan rayyonlarda Yaponiyaga qarshi demokratik xalq harakati tor-mor qilindi. Gomindanning reaksion to’dasi Sian , Shanjao va boshqa joylarda qamoq lagerlari tuzdi, Yaponiyaga qarshi kurash tarafdorlari bo’lgan progressiv kishilar va komunistlarni qamadi va ko’plab o’ldirdi. 1939-yil 7 –iyul Xitoy Komunistik partiyasi Markaziy Komiteti manifest e’lon qildi. Bu monifestda murosachilik va ajralish siyosati juda katta xavf to’g’dirganini ko’rsatib o’tdi . Xitoy Komunistik partiyasi Markaziy Komiteti : “ Yaponiyaga qarshi kurashni sabr – matonat bilan davom ettirish taslim bo’lishga qarshi birlashish uchun , ajralishga qarshi , tarraqiyot uchun , chekinishga qarshi kurash olib boorish uchun !“ degan shiorni o’rtaga tashladi. Xitoy komunistik partiyasi Markaziy Komiteti taslim bo’lish to’g’risida Chankayshichi gomindan talqin qilgan reaksion nazariyaga qarshi kurashga xalqni boshladi.
1939-yil sentabrda fashistlar Germaniyasi Angliya ,Fransiya va boshqa mamlakatlarga qarshi urush boshladi.1 Angliya Amerika imperialistlari o’zlarini Yaponiya va fashitlar Germaniyasi hafidan soqit qilish uchun zo’r berib Yaponiya bilan bir bitimga kelishmoqchi bo’ldilar. Yaponiya imperializmi bu ahvoldan foydalanib, Angliya va AQSH orqali Xitoyga tazyiqini kuchaytirdi va shu bilan uni taslim bo’lishiga majbur etdi. Chankaychilar gomindanni taslim bo’lishiga majbur etmoqchi bo’ldi. Chankaychilar gomindanni taslim bo’lish yo’lidagi barcha to’siqlarni bartaraf qilish uchun komunistlarni birinchi marta qattiq ta’qib qilishni uyushtirdilar. 1939- yil dekabrda gomindanning reaksion armiyasi Xitoy Komunistik partiyasi rahbarlik qilib turgan Shensi Ganesu- Nansiya Chnara rayoniga hujum boshladi va besh uezdni: Tinxua Sunsi Chjenni, Chjenyun va Nensyan uezdlarini bosib oldi, shuningdek Shansiy viloyatida Yaponiyaga qarshi kurashuvchi, komunistlar rahbarligidagi jazo otradiga to’satdan hujum qildi.
1940- yil yanvarda bu armiya ham Tayxanshan rayonida joylashga 8- armiya bosh shtabiga to’satdan hujum qilmoqchi bo’ldi, 8- armiya o’rtoq Mao Szi- dun kursatgan o’z -o’zini mudofaa qilish prinsiplariga yani bizga tegmaganlarga tegmaymiz, bordiyu bizga hujum qilsalar, biz ham zarba beramiz degan prensipga amal qilib, hujum qilib kelayotgan gomindanchilarga zarba berdi.
Nankin va Uxan qo’ldan ketgandan keyin Yangi 4- armiya Yanszi daryosining ikkala tomonidan ishg’ol qildi. Shimoliy Xitoydagi 8- armiya singari 4- armiya ham qiyinchiliklardan qurqmay dushmanning orqa tonomida Markaziy Xitoyda butunlay boshqacha vaziyat yaratdi. Dastavval bu rayonlarni “ porlab turgan daryolar va tog’larni tashlab ketgan gomindan armiyasi endi dushman orqasida ozod qilinga bu rayonlarga hujum qila boshladi.
Gomindan armiyasi ozod qilingan rayonlarga kirishi bilanoq usha rayonlarda Yaponlarga qarshi demakratik jamoat tartiblarini o’z boshimchalik bilan buza boshladi. Yangi 4- armiya bilan to’qnashish uchun doimo son- sanoqsiz janjallar uyushtirib turdi. 1940- yil martda Nankinda Van Szin- vey gomindan hukumatini taslim bo’lishiga kundirishga Yapon bosqinchilariga yordam berdi: komunistlarga qarshi, xalqqa qarshi reaksionni qora kuchlari yana avj oldi. Huddi shu vaqtda Chan Kay- shi komunistlarga qarshi ikkinchi yurish boshladi. 1940- yil qishda gomindan hukumati yanvar oyi mobaynida Xuanxedan shimolga yaqin rayonda to’planish to’g’risida 8- va yanga 4- armiyalarga buyruq berdi. Kompartiya birlikni saqlab qolish to’g’risida g’amxurlik qilib, qo’shinlarni Yanszidan janubga yaqin rayondan chaqirtirib Yanszidan shimolga yaqin rayonlarga ko’chirishga rozi bo’ldi.
1941-yil yanvarda yangi 4-armiya bosh shtabi Yansziyadan shimolga yaqin rayonga ko’chayotgan vaqtda Axuey viloyatining janubiy qismida birdan o’rab olindi, va gomindan reaksion armiyasi tomonidan yo’q qilindi . gomindan hukumatining buyrug’I bilan “ Yangi 4-armiya” degan nom berkor qilindi. Anxey viloyatining janubiy qismida qonli voqealar shunda boshlanib ketdi. Kompartiya gomindan hukumatning yangi 4- armiyasini tugatish to’risda chiqargan buyrug’ini qatiy rad qildi va reaksion gruppa hujumini tormor qildi, shu bilan birga yangi4- armiya asosiy kuchlarini shunday mustahkamladiki uilgariga qaraganda yanada kuchliroq bo’ldi. Sharqiy Xitoy rayonlaridan ko’p yahgi kuchlar oldi.Xitoy Komunistik partiyasi bu voqealardan avval va undan keyin birqancha zarur choralar ko’rib qo’ygani uchun ham Chan Kay –shining komunistlarga siyosati kompartiyani suaytirish kabi maqsadlarga etkazmadi, aksincha bu siyosat Chan Kay-shiga ishongan ko’p kishilarning ko’zlarini ochib hayollari puch ekanini ko’rsatdi, shunday qilib Chan Kay –shining o’zini yakkalab qo’ydi.
Yapon bosqinchilar Uxanni ishg’ol etgandan keyin Yapon qo’shinlarining orqa tomonida kuchaygan partizanlar urushi Yaponlar uchun katta xavf to’g’dirdi. Bu xol ularni o’z taktikalarini o’zgartirishga majbur etdi. Yaponlar gomindan qo’shinlarriga hujumni to’xtatdilar va asosiy kuchlarini ozod qilingan rayonlarni bosib olishga kirishdilar. Ikki yil mobaynida Yapon bosqinchilari o’z kuchlarini to’plab 8 va yangi 4-armiyalarga qarshi bir necha marta jazo berish yurishlarini uyushtirdilar, shuningdek temir yo’llar ,tosh yo’llar qamal qilish uchun tayanch bazalari blokgauzalar, transheyalar va vallarni ko’plab qurdilar”temir xalqa “ deb atalgan taktikani qo’llanib, ozod rayyonlarni kamaytirmoqchi yoki yo’q qilmoqchi ularning armiyasi va aholisini qirib bitermoqchi bo’ldilar.
Ammo armiya va xalq dushmanning orqa tomonida Xitoy Komunistik partiyasi rahbarligida Yapon bosqinchilariga qarshi qahramonona kurashdi. “Hayotiy bo’shliq “ va “ temir xalqa “ yaratish taktikasini amalgam oshirib , ozod rayonlarni yo’q qilish to’g’risidagi niyatlarini puchga chiqardilar. 8 va yangi 4 – armiyalarda qo’shinlar soni 450ming kishidan to 500ming kishiga yetdi. Ozod qilingan rayonlar ham kengaydi va mustahkamlandi. Ozod qilingan rayyonlar harbiy harakatlaning zonasi Yaponiyaga qarshi urushning tayanch punkit bo’lib qoldi, 8 va yangi 4- armiyalar hamda Yaponiyaga qarshi janubiy kalonna ozodlik uchun kurashnining asosiy kuchi edi. Yaponiyaga qarshi urush chinakam va buyuk milliy revolyutsiyaga aylandi. Ammo Xitoy uchinchi fuqorolar urushidan keyin ozod etildi.6
Yaponiya bosqinchilarining Xitoyga qurolli hujumi.
Yaponiya imperializmi
Birinchi jahon urushi vaqtida Yaponiya imperializmi qulay paytdan foydalanib xitoyda o’zi uchun foydali pozitsiyalarni qo’lga kiritdi. Urish tomom bo’lgandan keyin Xitoyda hukumronlik qilish uchun AQSH bilin Yaponiya o’rtasida ku8rash boshlandi. 1922- yili AQSH tashabbusi bilab chaqirilgan Vashiton konferinsiyada AQSH tashabbusi bilan chaqirilgan Belgiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Germaniya, Italiya, Yaponiya, Gollandiya, Portugalidan iborat to’qqiz davlat shartnomasi imzolandi. Vashinton konferinsiyasida maqsaq xitoy masalasini hal qilish yoki bir nechta imperialistic davlatning Xitoyni birgalashib control qilishni tiklash, boshqacha qilib aytsak aslida AQSHning Xitoy ustidan to’la control o’rnatish uchun sharoit tayyorlash edi.1
1929- yil oxirida kopitalizmning jahon iqtisodiy krizisi boshlandi. Yapon militaristlari kapitalizmning jahon iqtisodiy krizisi boshlangandan keyin Angliya va AQSH birinchi galda o’z ichki ishlari bilan shug’ullanganini Xitoyga hukumronlik qilish uchun Yaponiyaga qarshi kurash bilan ishi yo’qligini payqadilar. Shuningdek ular Chan Kay- shining imperialistlar oldida tomomila taslim bo’lganini angliya va amerika imperialistlar bergan yordamga tayanib ichki
Kurashbilan revalyutsiyaga ishi dehqon Qizil armiyaga qarshi kurash Yaponiyaning Xitoyga bostirib kirishiga qurollik qarshiko’rsatishga botina olmaganini sezdi. Shuning uchun ham Yaponiya imperialislasi dastavval Shimoli sharqiy Xitoyga bortirib kirmoqchi, keyin asta- sekin butun Xitoy teritoriyasida bosqinchilik harakarlari olib bormoqchi bo’ldilar.
1931- yil 18- sentabrda Kvantun armiyasi deb atalgan armiya Xitoyni shimoliy sharqida joylashgan yapon qushinlari Shenyan shaxrini bosib oldilar sentabr voqealari oldidan Chan Kay- shi Manchjuriyaga joylashgan barcha armiya qo’mondonliklarini har qanday qilib bo’lsa ham yaponlar bilan to’nashmasliklari zarurliginim ogohlantirdi. Yapon bosqinchilari Mukdenni olganlaridan keyin gomindan hukumati maxsus chiqarib Manchjuriyaning har xil punktlarida joylashgan barcha qo’shinlariga qarshilik kursatishni ta’qiqladi. Shuning uchun Yaponiya bosqinchi armiyasi Lyaonin ,Girin va Xeylunszyan viloyatlarini tez orada bosib oldi. 1932- yil yanvarda Yaponiya bosqinchi armiyasi Shanxayguanni va butun Manchnsuriyani egalladi. 1932- yil martda Yaponiya qo’g’irchoq Manchjou- go davlati tuzilganini e’lon qildi.
Chan Kay- shi harbiy harakatlarni kengaytirishini istamaganini, shuning uchun hozirchali bosqinchilarga zarba berish I tauchun o’z qo’shinlarini yubormagani chet el muxbirlariga aytdi. Qochoq Mangjou- go hukumati tuzilganini e’lon qilgandan keyin Yaponiya imperialistlari asta sekin Jexe, Xebe va Chaxar viloyatlariga siljidilar. 1933- yil martda butun Jexe viloyati bosib olindi. Yaponiya bosqinchi armiyasi Buyuk Xitoy devoir rayonidagi har xil punktlarni bosib olib o’z hujumini davom ettirdi. Gomindan hukumati Yaponiyaga taslim bo’lish siyosatini qo’lladi, bosqinchilarga qarshilik ko’rsatishni armiya va xalqqa man qildi. Chan Kay- shi Yaponiyaga qarshilik ko’rsatishni chaqirgan kishilarga o’lim jazosi berilajagini aytdi .1933-yil aprel, mayda Yaponiya bosqinchi armiyasi Xeby viloyatining sharqiy qismini va Chahar viloyatining
Shimoliy qismini bosib oldi. 1933-yil may oxirlarida Tanguda gomindan hukumatining vakillari Xeby viloyatining sharqiy qismini dimilitarizatsiya qilingan zona hisoblab ,urushni to’xtatish to’g’risidagi bitimga qo’l qo’yishdi. Xitoy qo’shinlari chekindilar va keyinchalik oldinga yurishlarini takrorlamadilar .
Yaponiya imperializmining ho’jumi Xitoydagi siyosiy vaziyatni tubdan o’zgartirdi. Yaponiya bosqinchiligiga qarshilik ko’rsatishni butun Xitoy xalqining hamma joylardagi talabi bo’lib qoldi. Butun mamlakatda ishchilar ,dehqonlar va studentlar Yaponiya bosqinchiligida qarshi harakat boshladilar .
Liyaosi viloyatining Yaponlarga qo’l bo’lishni istamagan aholisi Yapon bosqinchilariga qarshi birinchi bo’lib qurolli kurash boshladi.Manchjuriyada ni ishga solib 18 armiyaning turgan gomindan hukumati bo’yrug’iga buysunmagan “Aygotszyun” armiyasidagi bazi qismlar majburan chekingandan keyin yapon bosqinchilarining orqa tomonida partizanlar ko’rashi olib borishi uchun ko’ngilliylar armiyasini tuzdilar Yaponiyaning bosqinchi armiyasi Lyaonin viloyatidan Xeylunsziyan viloyatigan vaqtda Ma Chjan-shan qo’mondonligidagi Manchjuriya armiyasi bosqinchilarga qarshilik ko’rsata boshladi, butubXitoy xalqi bu armiyani qizg’in quvvatladi / Xitoy xalqining Yaponiyaga qarshi harakati kuchaygan davirda reaksion gomindan hukumatiga qarshi aktiv kurashga otlanganlar yolg’iz ishchilar va dehqonlargina emas edi. 1927-yil revolyutsiyadan chetlashgan mayda burjuaziyaning yuqori tabaqalari va milliy burjuaziya ham o’z pozitsiyasini o’zgartirib siyosatga birmuncha qiziqa boshladi va gomindan hukumatining Yaponiya bosqichlariga taslim bo’lishiga qarshi chiqa boshladi. Ayni vaqtda gomindan lagerining o’zida ajralish ro’yberdi. Ilgari Szyansida Qizil armiyaga qarshi kurashgan 19 armiya Shanhayga ko’chirildi . Shanhayda va butun Xitoyda aholining Yaponiya bosqinchilariga qarshi kurashgani boshlagani 19 armiyaga katta ta’sir qildi.
1932-yil 28-yanvarda tun qorong’usida Yaponiya bosqinchilito’satdan Shanhayga hulum qildi.Shanhay aholisining Yaponiyaga qarshi kayfiyatlari tsiriga berilgan .19 armiya yaponiya bosqinchilariga qarshilk ko’rsata boshladi. Golindan hukumati barcha vositalar qarshiligining daf qilishga va uni Shanhaydan chiqarishga shu bilan Shanhay aholisini itoat qilishga urinib kurdi.
1931-yil 18-sentabr voqealaridan keyin Fin Yulsin ham yaponiyaga qarshilik kurssatish tarafdori bo’lib qoldi .1933-yil mayda u kompartiya qo’shinlari bilan birlashib Yaponiyaga zarba berish uchun Chjanszyakou Chahar- Suyyan birlashgan armiyasini tuzdilar va Yaponyaga qarshilik ko’rsatish o’rinishi boshlanganini e’lon qildi.
Dastlab atigi bir necha ming kishidan iborat bo’lgan bu Yaponyaga qarshilik ko’rsatishi armiyasi kompartiya o’tkazgan safarbar qilinishi va bu armiya safiga Manchjuriya ko’ngilli armiyasi qisimlari va studentlarning qo’shilishi tufayli tez fursatdan 100 mingdan oshiq kishiga yetdi. 1933- yil may oxirlaridan to iyul o’rtalarigacha, ya’ni 50 kundan sal oshiq bir davrda bu armiya yo’qotilgan teritoriyaning bir qismini qaytarib oldi.Gomindan hukumati ajrtish va qo’rqitish siyosatidan ydalanib ,Yaponiyaga qarshilik kursatish birlashgan armiyasini ichidan buzmoqchi bo’ldi. 1933-yilavgustda Fin Yuy –sin armiyasidan ketishdan majbur bo’ldi. Yaponiyaga qarshilik ko’rsatish birlashgan armiyasi hujumga bardosh qila olmadiva 1933-yil senyabrda Yaponiya bosqinchi armiyasi bilan bog’langan gomindanchilar tomonidan qirib tashlandi . Yaponiya bosqinchilari Xitoyga hujum qilgandan keyin , Xitoy Komunistik partiyasi birinchi galda Yapponiyaga qurolli qarshilik ko’rsatish shiorini o’rtaga tashladi va Manchjuriya aholisining partizanlar kurashiga aktiv qatnashib butun Xitoy xalqining Yaponiyaga qarshi harakatiga ahbarlik qildi.
19- armiya Shanhay aholisi bilan Yaponiyaga qarshilik kursata boshlagan vaqtda Xitoy komunistik partiyasi Shanhay ishchilari va studentlarini ko’ngilliy armiya tashkil etishga va janglarda qatnashish uchun frontga borishga chaqirdi:: komunistlar Yaponiyaga qarshilik ko’rsatish va vatanni qutqazish jamiyatini tikladilar ,frontga yordam uyushtirdilar .1933-yil yanvarda Xitoy ishchi dehqon Qizil armiyasi barcha Xitoy armiyalariga murojaat qilib urush harakatlarini to’xtatishga hamda quyidagi uch shart bilan sulh bitimiga , yani Qizil armiyaga qilinayotgan hujumni to’tatish ,xalqqa demokratik huquqlar berilishini taminlash va Yaponiyaga qarshi birgalashib kurash olib boorish uchun xalqni qurollantirish uchun qo’l quyishga chaqirdi. Keyin Yaponiyaga qarshilik ko’rsatayotgan barcha Shimoli-Sharqiy otridlaridan Xitoy Komunistik partiyasi rahbarligida komunist Yan Szin –yuy boshchiligidagi birlashgan Shimoli- Sharqiy armiya tuzildi bu armiya uzoq vaqt davommida Manchjuriyada yaponlarga qarshi partizanlar urushini olib bordi .
Biroq Chan Kay-shi “tashqi dushmanga qarshi kurash olib birish uchun birinchi galda mamlakat ichkarisida tartib o’rnatish kerak “deb xitoy xalqining jamoatchilik fikrini mensimadi. Shunday qilib u imperialistlar va feodallar kuchiga tayanib ,Xitoy Komunistik partiyasini yo’q qilishni ko’zladi. U Angliya va Amerika immperialistlardan katta qarz va ko’p qurol aslaha oldi..Germaniyadan fashist kallakesarlarni chaqirdi. O’z armiyasini ko’paytirishva o’zkillarini fashistlar tipidagi diktaturasini mustahkamlash uchun maslahatchilar , mmaxsus slujbalarning har xil instruktorlari va boshqa “instrutorlarni” bosqa mamlakatlardan reaksion harbiy doira va taklif etadi . Chan Kay –shi “bao – szya ”sistemasini qo’llandi,palitsiya otryadlarini tuzdi va barcha mamlakatlarning rayonlariga tulao va leshenlarning feodallik hukumronligini musstahkamladi . Shunday qilib u , urushni to’tatish tog’risida Shanhay shartnomasi imzolanib ko’pi bilan bir oy o’tgandan keyin yanada kattaroq ko’lamda to’rtinchi marta Qizil armiyani qo’rshab olish maqsadida barcha kontrrevolyutsion kuchlarni to’plash uchun sharoit yaratib , jiddiy tayyorgarlik ko’ra boshladi,
1932-yil iyunda Kay-shi 500 mingdan oshiq kishidan iborat kontrrevalyytsion armiyani safarbar qilib uni Xubey Xenan Anxug’y rayonlarida joylashgan Qizil armiya bazasi tomoniga boshladi . 1932-yilda iyuldan to oktabrgacha davom etgan janglar to’rtinchi kontrrevolyutsion hujumning birinchi etapi bo’ldi, Bu janglar favqulotda shiddatli o’tdi .Qizil armiya dushmanga qattiq zarbalar berdi.1933-yil yanvar fevralda Chan Kay-shi ishchi dehqon Qizil armiyasining grajdanlar urushini to’xtatish va birgalashib Yaponiyaga qarshilik ko’rsatish to’g’risidagi taklifini rad qildi. U Qizil armiyasiga qarshi to’rtinchi kontrrevolyutsion yurishning oxirgi etapini o’z foydasiga tamomlashni umid qilib o’z qo’shinlarini oldinga so’rdi va Guandun hamda Guansi militaristlari bilan birgalashib , bu kuchlarni Qizil armiya Markaziy bazasi ro’parasiga joylashtirdi.
Mao Sze –dunning maniver qilish tktikasidan foydalangan Markaziy Qizil armiya o’z harbiy kuchlaridan to’pladi va dast avval dushman armiyasining bir qia’q qildi, undan keyin esa boshqa qismlarni tormor qildi. Qizil armiyaning bu buyuk g’alabasidan keyin Fusziyan, Chjeszyan va Szyansi rayonlarida joylashgaan Qizil armiya Markaziy rayondagi Qizil armiyaga qo’shildi: Qizil armiya Markaziy bazasining ahamiyati ancha oshdi. Qizil armiya bazasini to’tinchi marta qamal qilish barbod bo’lgandan keyin Chan Kay-shi Yaponiyaga taslim bo’lish siyosatini davom ettirdi va beshinchi qamalga aktiv tayyorlandi. U Nanchanda tuzgan dala shtabi fashistlik zuravonligining oliy organiga aylandi.
Chan Kay –shi Lushanda ofitserlar kursi ochildi va ofitserlar o’rtasida shaxsan o’zi fashistlar “ nazariyalarini “ propaganda qilish bilan shug’illandi, ularni kompartiyada qarshi kurashda qo’paruvchilik ishlari va xoinlikka o’rnatdi. Shu davrda fashist elementlari o’z faoliyatlashtirdilar natijada ko’p komunistlar va Yaponiyaga qarshilik ko’rsatish tarafdorlari o’ldirildi va bedarak bo’lib ketdi. Xatto grajdanlar urushi davrida davom etirishga va mustabit davlatga qarshi chiquvchi Sun Sin – lin va Lu Sin singari ma’daniy revolyutsiya demokratik arboblari ham Chan Kay –shiyalar razvetkasi tomonidan ko’zatib turildi va zarbaga uchradi.
Yarim yildan oshiq vaqt puxta tayyorgarlik ko’rgandan keyin 1933- yil oktabrda Chan Kay –shi yana milliondan oshiq kishidan tuzilgan reaksion armiyasini urushga boshladi. Qizil armiyaning hamma bazalariga bir yula hujum qilib , misli ko’rilmagan hamda Qizil armiyani beshincha marta o’rab ola boshladi
U saralangan yaxshi qo’rollangan 500ming soldat bilan Qizil armiyaning Markaziy bazasig ahujum qildi . Xitoy komunistik partiyasinining ilgari Shanhayda joylashgan Muvaqqat Markaziy komuniteti Qizil armiyaning Markaziy bazasi rayoniga ko’chdi ,chunki uning Shanhayga qolish mumkin emas edi . Xitoy Komunistik partiyasining Qizil armiya Markaziy bazasiga ko’chgan Muvaqqat Markaziy Komiteti Mao Sze –dunning Qizil armiyaga rahbarlik qilishdan bo’shatib hatoga yo’l qo’ydi. BUlardan tashqari Xitoy Komunistik partiyasining Muvaqqat Markaziy Kometeti harbiy va taktik xatolarga ham yo’l qo’ydi, natijada o’tmishda dushman ustidan to’rt marta g’alaba qozongan Qizil armiya endi dushman qamalini yorib o’ta olmadi.
Reaksion gomindan gruppasi Yaponiyaga bo’ysunish va Qizil armiyaga qarshi kurash olib borish kabi xoinlik siyosatiga qatiy amal qilib turgan bir sharoitda ishchi dehqon Qizil armiyasining gomindan qo’shinlari qamalini yorib o’tish vaYaponiyaga qarshi kurash olib boorish uchun shimolga yurish revolyutsion harakatni kuchaytirdi.
1934-yil oktabrda Markaziy Qizil armiya Fuszyan viloyatining g’arbiy qismi rayoni va Szyansi viloyatining janubiy qismidan 12.5ming km masofada jahon tarixida misli ko’rinmagan buyuk yurishga otlandi. Markaziy Qizil armiya 11 viloyatdan ya’ni : Fuszyan , Szyansi, Guandun , Xunan , Guansi , Guychjou , Schuan , Yunnan, Skan , Gansu , Shensiviloyatlaridan o’tdi.U o’zini taqib qilgan va o’rab olgan dushmanni tormor qildi abadiy qor bilan qoplangan baland tog’lardan oshib odamsiz cho’llardan o’tdi va oxiri 1935-yil oktabrda g’alabaga erishib Shensi viloyatining shimoliy qismida joylashgan revolyutsion bazaga etib keldi.
Markaziy Qizil armiya buyuk yurushga chiqqan bir davrda Shensi viloyatining shimoliy qismida joylashgan Lyu Chji – dan qo’mondoligidagi Qizil armiya qismlaridan tashqari mamlakatning barcha boshqa rayonlardagi Qizil armiya qismlari strageygik joylarni almashtirish uchun birin ketin avvalgi bazalaridan keta boshladilar . Xunan Szyansi viloyatlari chegarasida joylashgan Jen Bi –shi boshchiligidagi Qizil armiya qamaldan chiqib joyni almashtira boshladi va 1934-yil oktabrda Guychjou viloyatining sharqiy qismida Xe Lun qo’mondonligidagi sharqiy qismida Qizil armiya qismiga qo’shildi. Xunan – Xuby – Guychjou viloyatlari chegarasida birgalashib revalyutsion baza tuzdi.
1935- yil martda Syuy- Sin- syan qo’nomdonligidagi Qizil armiya Schuan- Shense viloyatlari chegarasidagi avvalgi bazasidan Schuan – Sikan chegaralariga ko’cha boshladi va 1935- yil iyunda Schuan viloyatining g’arbiy qismida Markaziy Qizil armiyaga qushildi. U 1936- yil iyunda Schuan viloyatining g’arbiy qismida Markaziy Qizil armiyaga qushildi. U 1936- yil iyunda Sikan viloyatining shimoliy- sharqiy qismida Xunan, Xubey, Sichuan, Guechjou rayonlaridan kelgan Qizil armiya bilan yana 1936- yil oktabrda bu ikkala Qizil armiya qismi Shensi viloyatining shimoliy qismiga kelib Markaziy Qizil armiyaga qushildi.
Buyuk yurish vaqtida 1935- yil yanvarda Szun shahrida Xitoy Komunistik partiyasi markaziy kometiti siyosiy byurosining 1 kengaytitilgan majlisi yig’ildi. Bu majlisda beshinchi qamal davrida Chan Kay- shiga qarshi kurashda yo’l quyilgan harbiy xatolar tanqidiy ko’z bilan muhokama qilindi, partiya Mao Szi- dun tomonidan o’rtaga quyilgan asosiy fikrlarning to’g’ri ekanini etirof etdi. Bu esa Xitoy Komunistik partiyasi va Xitoy revalyutsiyasi mashg’ur markschi – lelinchi arbob o’rtoq Mao Szi- dunning bevosita rahbarligidagi rivojlana boshladi. Bu esa revalyutsiyasi g’alabasida hal qiluvchi rol o’ynaydi.
Can Kay- shi Yaponiyaga taslim bo’lgan va Qizil armiyaning hujumi davom etib turgan bir sharoitda Yaponiya imperializmi surbetligani oshirib bordi. Endi uning bosqinchilik doirasi shimoliy- sharqiy viloyat bilan cheklanmadi. Bu Yaponiya imperializmi butun Xitoyni o’z mustamlakasi qilmoqchi bo’ldi. 1934- yil aprelda Yaponiya hukumati Yaponiyani sharqiy Osiyoning hukumdori va Xitoyning himoyachisi deb hammaga e’lon qildi. 1934- yil mayda gomindan hukumati vakillari va Yaponiya vakillari o’rtasida yashirin muzokorolar bo’lib o’tdi, bu muzokorolarda Xitoyda Yaponiyaga qarshi harakatni tuhratishga doir masalalar muhokama qilindi.
Bulardan tashqari 1934- yil 1- iyundan boshlab shimoliy Xitoy bilan Manchjou- go o’rtasida temir yo’l va pochta aloqasini ochish, Buyuk xitoy devoridan o’tadigan joylarda qaravulxonolar quyishga qaror qilindi. 1935- yil boshlaridan gomindan hukumati Yaponiya tashqi ishlar miniistri Xirota tomonidan boshlangan “ Xitoy- Yaponiya iqtisodiy hamkorligi to’g’risida “ hamda “ Xitoy va Yaponiya o’rtasida do’stlik munosabatlari to’g’risida “ gi diplomatik muzokorolarni o’zoq vaqtgacha davom ettirdi. Bu muzokorolardan keyin gomindan hukumati Xitoyda Yaponiyaga qarshi xalq harakatini to’htatish to’g’risida buyrug’ e’lon qildi. Can Kay- shi nutq so’zlab Xitoy bilan Yaponiya o’rtasida hamkorlik qilish zarurligiga iqror bo’ldi, bu hamkorlikni ikkala davlat o’rtasidagi normal munosabatlarni tiklashdan boshlab yuborish kerakligini ko’rsatdi. Holbuki Xitoy bilan Yaponiya o’rtasidagi do’stona munosabatlar to’g’risida diplomatic muzokorolar bilgilangan bir vaqtda Yaponiyaning Kvantun armiyasi Chakan viloyatining shaqiy qismini egalladi.
Muzakoralar natijasida imzolangan shartnomada Xitoy o’z qo’shinlarini Chakar viloyatining sharqiy qismiga joylashtirmaslikka rozi bo’ldi. 1935-yil mayda Xebey viloyatining sharqiy qismida dehqonlar Yaponiya bosqinchiligiga qarshi qo’zg’alon ko’tardilar . Yapon bosqinchi armiya boshliqlari guyo xitoy hukkumati dehqonlarining qo’rollanihshga yordam berish bilan , urush harakatlarini to’xtatish to’g’risida Tanguda tuzilgan bitimni buzayotir degan bahona bilan birga o’z kuchlarini namoyish qilish uchun ko’p qo’shinlarni Ichki Xitoyga yubordi. 1935-yiliyunda lomindan hukumati qoshidagi harbiy kometetPekin bo’limining ma’ssul hodimi Xe In –sin va Yaponiya bosqinchi armiyasi Shimoliy Xitoy gornizoni ning qo’mondoni Umedzu yashirin bitim tuzdilar ,bu bitimga muvofiq,
Xitoy o’z mustaqilligidan ajralganligiga sharmandalarcha rozi bo’ldi . 1935-yil noyabrda Yapon bosqinchilari Xebey viloyatining Tunsiyan uezdida “Komunistlarga qarshi mudofaa bo’yicha Sharqiy Xebey avtonom hkumati” degan nom bilan qo’g’irchoq hukumati e’lon qilish to’g’risida gomindanchi Xoin Un Ju-gen orqali fitna uyushtira boshladilar.gomindanhukumati Yapon bosqinchilari belgilangan “Shimoliy Xitoyni boshqarish hususiyatlarga “ asoslanib harbiy kometetning mavjud Pekin bo’limini va Chjroiya yuani tomonidan Pekinda ta’sis etilgan harbiy kometeti filialini va siyosiy kometetini tarqatib yuborishicha Pekinda Xebey –Chahar siyosiy soveti tuzishhga qaror qildi.
Bu voqealar Xitoy xalqini davlatning qanday xavf ostida qolganini uylab ko’rishga majbur etdi. Yaponiyaga qarshi harakatni o’z vatanlarini qo’tqazish uchun boshlagan harakatni yanada ko’chaytirdi. Xitoy Komunistik partiyasi millat oldidagi xavfning oshib borganini ko’rib , Qizil armiyaning Buyuk yurushi davrida 1935-yil 1-avgustda vatanni qo’tqazish uchun barcha vatandoshlarni Yaponiyaga qarshi ko’rashga chaqirib mktub yozdi. Bu maktubda kompartiya grajdanlar urshini to’xtatishga Yaponiyaga qarshi kurash va vatanni qo’tqazish kabi muqaddas ish uchun mamlakatning barcha kuchlarini bir joyga to’plashga chaqirdi .
Kompartiya o’zining Yaponiyaga qarshi vatanni qo’tqazish uchun ko’rash olib borishni istagan hamma partiyalar , gruppalar , tashkilotlar shuningdek barcha mhalliy harbiy siyosiy tashkilotlar bilan darhol muzakorolar boshlashga vatanni qo’tqazish bo’yicha vaqtli rahbar organ sifatida milliy mudofaa hukumatini ular bilan birgalashib tuzishga tayyor ekanini e’lon qildi. Bulardan tashqari kompartiya Yaponiyaga qarshi kurashni istagan barcha otratlardan birlashgan armiya tuzishning va milliy mudofaa hukumati rahbarligida uning bosh shtabini tuzishni taklif etdi. Bu e’lon qilingan manefistni butun Xitoy xalqi qizg’in quvatladi, oqibatda Shanxayda vatanni qutqazish buyicha har xil jamiyatlar tashkil qilindi, ularning ishiga aholining har xil tabaqalari qatnashdi. 1935- yil oxirlarida Shanxay aholisining bu taqbaqalari vatanni qutqazish uyushmasi tuzildi.
Sharqiy Xebeyda qo’g’irchoq hukumat paydo bo’lganidan keyin Pekin studentlari Shimoliy Xitoyda ro’y bergan juda vafli vaziyatni etiborga olib Yaponiya bosqinchiligiga qarshi gomindan hukumatining xoinlik siyosatiga qarshi kurashga otlandi.
1935-yil 9- dekabrda Pekindagi oliy o’quv yurtlarining 10 miningdan oshiq studentlari va o’rta maktab o’quvchilari katta namoish uyushtirdilar. Ular “ yo’qolsin komunistlarga qarshi mudofaa qilish avtonom hukumati”, “ Grajdanlar urush to’xtatilsin hamma tashqi dushmanga qarshi kurashganlar”, “ Yo’qolsin Yaponiya imperializmi” degan shiorlar bilan maydonga chiqdilar. Reaksion gomindan to’dasi student yoshlarining vatanparvarlik harakatiga kishilarni qamoqqa olish va o’ldirish bilan javob berdi, ammo vatanparvarlik harakati bostirilmadi, balki aksincha yanada keng ko’lamda kuchayib bordi. 1935- yil 16- dekabrda Xebey Chakar siyosiy sovetini ta’sis etish kunini kechiktirishga majbur bo’ldilar.
Pekin studenlarining vatanparvarlik harakati 1935- yil 9 va 16- dekabrlarda gomindan hukumati va Yapon bosqinchilarining birlashgan terrorga asoslangan hokimiyatga zarba berdi, bu harakatga butun mamlakatdagi Xitoy xalqi qo’shildi.
Mamlakatning katta shaharlardagi student yoshlar ommaviy namoyishga chiqdilar. Pekin va Tyanzsin tashkilotlarining studentlari katta agitasiya- propaganda otryati tuzib janubga yurish uyushtirdilar, shuningdek qishloqlarda borib keng dehqonlar ommasi bilan birlashdilar. Bulardan tashqari ular kompartiya rahbarligada milliy ozodlik avangarrdlarni tuzdilar. Yangi revalyutsion yuksalis butun mamlakatga yoyildi.
Qizil armiyaning Buyuk yurishi Shensi viloyatining shimoliy qismiga yetgandan kryin 1935-yil 25-dekabrda Xitoy Komunistik partiyasi Markaxiy kometeti Vayaobaoda kengash o’tkazib , yaponiyaga qarshi yagona milliy front taktikasini amalgam oshirishga qaror qildi. Bu kengashdan keyin Mao Sze –dun yaponiya bosqinchisini Xitoy xalqining yashab turishiga xatarli ekanini shuning uchun Xitoydagi barcha sinflar va barcha siyosiy partiyalar oldiga “Nima qilish kerak” degan masala qo’yilganini partiyaning hamma a’zolariga tushuntirdi. Ishchilar , dehqonlar va mayda burjuaziya hamma ham Yaponiyaga qarshilik ko’rsatishni talab qildi ,ishchilar va dehqonlar esa Xitoy revolyutsiyasining Hal qiluvchi kuchiga aylandi. Milliy burjuaziya 1924-1927-yillardagi revolyutsiyaga qatnashdi, lekin keyinchalik revolyutsiyaning kuchayib ketganidan qo’rqib , millatning dushmanlari tomoniga o’tdi. Ammo bu burjuaziya o’z ittifoqcchisi bo’lgan ishchilar sinfidan chetlani va pomishchiklarga komporodorlarga yaqinlashib hech narsaga erishmadi , faqat milliy sanoat va savdo barbot bo’ldi xolos. Shuning uchun ush vaqtdagi vaziyat milliy burjuaziya Yaponiyaga qarshi kurash qatnashish yoki betaraf qolishigina mumkin edi. Mao Sze-dun Xitoy komunistik partiyasining hozirgi davrdagi vazifasi Qizil armiya harakatini butun mamlakatdagi ishchilar sinfi dehqonlar , studentlar mayda burjuaziya va milliy burjiaziya harakatlari bilan birlashtirib yagona milliy revolyutsion front tuzishdan iborat ekanini ochiq ko’rsatib berdi.
1935-yildan boshlab Xitoy Komunistik partiyasi Mao Sze-dun rahbarligida Yaponiyaga qarshi yagona milliy front tashkil qilish uchun katta ish qildi. Butun xalq Yaponiyaga qarshilik ko’rsatish va vatanni qo’tqazishga otlangan Xitoy komunistlarining pozitsiyasini qo’llab quvvatladi, shuninig uchun aholining hamma tabaqalarida gomindan hukumronligidagi barcha rayonlarda Yaponiyaga qarshilik ko’rsatish va vatanini qo’tqarish harakati tez rivojlana boshladi.
Hatto gomindanning guansu gunandun militaristlar ham 1938-yil iyunda Yaponiyaga qarshi kurash hamda vatanni qo’tqazish bayrog’I ostida birlashdilar va Chan Kay-shiga qarshi chiqdilar 1936-yil avgustda Yaponiyaning bosqinchi armiyasi Manchjou – Go qo’g’irchoq hukumati armiyasi bilan birga Suyuanni bosib olish operatsiyalarini boshladi.1936- yil yoyabrda suyunda joylashgan xitoy armiyasi xotoyliklarga zarba berdi va Baylinmtaoni ozod qildi, buning uchun butun xitoy xalqi qizg’in minnatdorligani bildirdi.
Shimoliy Xitoyda yaponiya bosqinchiliganing kuchayib borgani Xitoydagi Angliya Amerika imperialistlari manfaatlariga halak yetqazdi. Shuning uchun Angliya va AQSH bilan sekin munosabatda bo’lgan Chan Kay- shi to’dasi Angliya vaAQSH topshirig’i bilan o’zining Yaponiyaga nisbatan o’z pozitsitasini o’zgartirish kerak edi. Birlashish va mamlakatni qutqazishga intilgan Xitoy komunistik partiyasi Yaponiyaga qarshlik kursatish siyosatini amalgam oshirayotgan Qizil armiya dushman qurshovini yorib o’tish maqsadida 1936- yil fevralda Shensi viloyatining shimoliy qismidan sharqqa yurishni boshladi. Xuanxe daryosini kechdi va Shansi viloyatiga o’tdi.
1936- yil mayda qizil armiya Shansida g’alaba qozondi, keyin Shansi viloyatining shimoliy qismiga qaytib, sulh muzokaralarini boshlash gomindan bilan kompartiya o’rtasidagi grajdanlar urushni to’xtatish va barcha quchlarni yif’ib Yaponiyaga qarshi kurashish to’risidagi chaqirig’ini tepegraf orqali e’lon qildi. 1936- yil avgustda kompartiya gomindanga yana xat yuborib, Yaponiyaga qarshi yagona milliy front ochish va ikki partiyani yana birlashtirishga tayyorgallik ko’rish haqidagi o’z fikrini ifoda qildi.



Download 51.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling