THREATS
(Tо‘siqlar)
Aksar hollarda abituriyentlar о‘zlari qiziqqan yо‘nalishdan kо‘ra, ota-onalari tanlagan OTMlarga hujjat topshirishadi.
Yaponiya ta’lim tizimi (SWOT tahlil)
STRENGTHES
(Kuchli tomonlari)
-19-asrdayoq, ya’ni 1881 yilda hukumat Buyuk Britaniya, AQSH va Fransiya kabi turli G‘arb mamlakatlari ta’sirida bо‘lgan institusional modelini qat’iy Germaniya modeliga aylantirishga qaror qildi;
-universitetdan talabalarni haydab yuborish mumkin emas;
-milliy yetti universitet eng nufuzli hisoblanadi va TOP 100 talikka kiradi;
-Kyoto universiteti hozirgi kunga qadar Yaponiyaning 5 ta bosh vaziriga va Tayvanning 1 ta prezidentiga ta’lim bergan, universitet bitiruvchilari 2019-yil oktabr holatiga kо‘ra, 19 ta Nobel mukofoti sovrindori, 2 nafar Filds medali sovrindori va 1 nafar Gauss mukofoti sovrindoriga ega bо‘lib, u Osiyodagi barcha universitetlar orasida eng kо‘p Nobel mukofoti sovrindorlarini yetishtirgan universitet hisoblanadi;
WEAKNESSES
(kuchsiz tomonlari)
-Yaponiyada har yili ma’lum miqdorda imtihondan о‘tolmagan о‘quvchilar suitsidi (о‘z joniga qasd qilish) holatlari qayd etiladi. Bu Yaponiya mamlakatining og‘riqli nuqtasi;
-“ronin” deb nomlangan abituriyentlar kirish imtihonlarida yana bir urinish uchun bir yil, ba’zan esa kо‘p yillar vaqt о‘tkazishadi.
- 2011-yilda yagona imtihonda qatnashgan roninlar soni 110 211 nafarni, о‘rta maktab о‘quvchilari esa 442 421 nafarni tashkil etadi.
-Tokio universiteti Yaponiyada ayollarni va chet ellik talabalarni qabul qilgan birinchi universitet hisoblanadi;
- xalqaro miqyosda Osaka universiteti “Quacquarelli Symonds” tomonidan ishlab chiqarilgan
QS World University Rankings bо‘yicha 2020-yilda dunyoning eng yaxshi universitetlari orasida 71-о‘rin va Yaponiyaning uchinchi eng yaxshi universiteti bо‘ldi;
-Nagoya universiteti Yaponiya hukumati tomonidan “TOP Global Universitet loyihasi”ning TOP toifa universiteti sifatida tanlab olingan. Bu Yaponiyadagi 3-о‘rinli oliy ta’lim muassasasi (dunyo bо‘yicha 72-о‘rin), ushbu OTMda mamlakatimizning 40 dan ortiq talabasi tahsil oladi;
-imtihon topshiradigan barcha abituriyentlar qatori Yapon tilini bilishini isbotlash uchun, shu jumladan yaponlarning о‘zlari ham imtihon topshirishlari kerak.
Gender tenglik muammosi
- magistratura bosqichida erkaklar kо‘pincha muhandislik dasturlarida uchraydi, bu yerda ayollar talabalarning atigi 2 foizini tashkil qiladi;
-doktoranturada ayollarni qabul qilishning eng yuqori ikki darajasi: tibbiyot va gumanitar fanlar kо‘rinadi, bu yerda ikkala sohada ham doktorantlarning 30 foizi ayollardir. Doktoranturaga qabul qilinganlarning qariyb 13 foizini ayollar tashkil qiladi;
-Yaponiyada oliy ta’lim ancha qimmatligi sababli majburiy emas va har bir yapon ham bunga qodir emas, aniqrog‘i, bu aholining 90% ni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |