Япония таълим тизими
Download 2.78 Mb.
|
Baxtiyorjon Omonov Xabitovich Yaponiyada ta\'lim1
- Bu sahifa navigatsiya:
- YAPONIYA TA’LIM TIZIMI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI OLIY TA’LIM TIZIMI PEDAGOG VA RAHBAR KADRLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISHNI TASHKIL ETISH BOSH ILMIY-METODIK MARKAZI
YAPONIYA TA’LIM TIZIMIKeyingi yillar ichida “2017-2021 yillarda О‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha Harakatlar strategiyasi” doirasida yuz bergan iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy о‘zgarishlar davlat va jamiyat faoliyatiga ijobiy ta’sir kо‘rsatdi. Xususan, Oliy ta’lim tizimini 2017-2021 yillarda kompleks rivojlantirish dasturiga muvofiq О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-3151-son, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 iyuldagi “О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish tо‘g‘risida”gi 515-son qarorlariga asosan uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sohada davlat boshqaruvi samaradorligini yanada oshirish, tizimdagi muassasalarning sifatli faoliyat yuritishini ta’minlash orqali yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni tashkil etishga oid qator farmon va qarorlar qabul qilindi. “Ta’lim tо‘g‘risida”gi О‘zbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahrirdagi loyihasi ishlab chiqildi. Zero, yurtboshimizning ta’birlari bilan aytganda, “Tashabbuskor islohotchi bо‘lib maydonga chiqadigan, strategik fikr yuritadigan, bilimli va malakali yangi avlod kadrlarini tarbiyalashimiz zarur. Nafaqat yoshlar, balki butun jamiyatimiz a’zolarining bilimi, saviyasini oshirish uchun, avvalo, ilm-ma’rifat, yuksak ma’naviyat kerak”. Shuningdek, bugungi zamon bilan hamnafas bо‘lib, nufuzli oliy ta’lim muassasalarimiz ham xalqaro oliygohlar qatoridan о‘rin olishi va kuchli 500 talikka kiritilishi masalasi ayni siyosat darajasiga kо‘tarilishi prezidentimiz SH.Mirziyoyevning “О‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash tо‘g‘risida”gi farmonida о‘z aksini topgan. Download 2.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling