Bosh ilmiy-metodik markazi axborot xati


Download 58.84 Kb.
Sana09.03.2023
Hajmi58.84 Kb.
#1255957
Bog'liq
Axborot xati БИММ






BOSH ILMIY-METODIK MARKAZI
AXBOROT XATI
2023-yil 1-may kuni O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish Bosh ilmiy-metodik markazida “Ta’limni transformatsiyalash sharoitida rahbar va pedagog kadrlarni malakasini oshirish: zamonaviy tendensiyalar va yondashuvlar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tadi.
Anjumanda olimlar, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining pedagog va rahbar kadrlari, ilmiy izlanuvchilar, magistrlar hamda iqtidorli talabalar anjuman yo‘nalishiga mos mavzular bo‘yicha ishtirok etishlari mumkin.
Anjumanda quyidagi yo‘nalishlardagi muammolar muhokama etiladi:

  • Rahbar va pedagog kadrlarning “Hayot davomida ta’lim olish” tamoyili asosida uzluksiz malakasini oshirish: innovatsion yondashuvlar.

  • Rahbar va pedagog kadrlarning innovatsion hamda kommunikativ kompetentligini rivojlantirish.

  • Rahbar va pedagog kadrlarning kasbiy ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan malaka oshirish: xalqaro tajribalar.

  • Raqamli transformatsiya jarayonida rahbar va pedagog kadrlarni malakasini oshirish: muammo va istiqbollar.

Anjumanga tezislar o‘zbek, rus va ingliz tillarida joriy yilning 1-apreliga qadar konferensiya@bimm.uz elektron manziliga yuborilishi mumkin. Xohlovchilar anjumanda o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishlari mumkin.
Anjuman maqolalariga qo‘yiladigan talablar:
Tezislar MS Word matn muharririda tahrir qilinishi lozim. Times New Roman shriftida, 14 o‘lcham, 1,5 intervalda va maqolaning umumiy hajmi 3-5 betdan oshmasligi lozim. A4 format, yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm va o‘ngdan 2,5 sm. Mavzu bosh harflarda qoraytirilib, varaqning o‘rtasiga yoziladi, keyingi qatorlarga muallifning ismi-sharifi, ilmiy darajasi yoki ilmiy unvoni, tashkilotning to‘liq nomi, telefon raqami ko‘rsatiladi hamda tezis annotatsiyasi va kalit so‘zlari kelitirilishi lozim (namunaga qarang). Tezis matni ilmiy, texnik, grammatik va stilistik tahrir qilingan bo‘lishi shart. Tezisdagi ma’lumotlar mazmuni, faktlar va statistik ko‘rsatkichlarning to‘g‘riligiga mualliflar mas’uldirlar. Tezisda jadval (chizma yoki rasm)larning manbalari aniq ko‘rsatilishi, qisqartma so‘zlarga izoh berilishi lozim. Tezisdagi havolalar “[1]” kabi tartibda belgilanadi. Tezis so‘nggida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati foydalanish ketma-ketligi bo‘yicha yozilishi lozim. Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan, o‘z vaqtida topshirilmagan, kamchiliklari mavjud bo‘lgan tezislar to‘plamga kiritilmaydi. Tashkiliy qo‘mita tezis matnini qisqartirish, qisman tuzatish kiritish, sho‘balarga joylashtirish huquqiga ega. Konferensiyada ZOOM dasturi orqali onlayn ravishda ishtirok etuvchilar uchun shaxsiy elektron pochtalariga (mavjud bo‘lganda Telegram nomerlariga) konferensiya boshlanishidan 1 kun oldin havola joylanadi.
Tashkiliy qo‘mita manzili: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi,
3-uy. Bosh ilmiy-metodik markaz, Normatova Dilfuza Ismoilovna
Tel: +99871 203 01 28,
e-mail:konferensiya@bimm.uz,
telegram https://t.me/normatova_dilfuza
NAMUNA
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA JARAYONIDA RAHBAR VA PEDAGOG KADRLARNI MALAKASINI OSHIRISH
Obidov Obidjon Obidovich - pedagogika fanlari doktori professor
Bosh ilmiy-metodik markaz (tel: 97-203-01-28, e-mail: o.obidov@bimm.uz)
Annotatsiya: matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn.
Kalit so‘zlar: kalit so‘zlar, kalit so‘zlar, kalit so‘zlar, kalit so‘zlar, kalit so‘zlar, kalit so‘zlar, kalit so‘zlar, kalit so‘zlar.
Tezis matni, tezis matni, tezis matni, tezis matni, tezis matni, tezis matni, tezis matni[1], tezis matni, tezis matni, tezis matni, tezis matni, tezis matni, tezis matni, tezis matni, tezis matni, tezis matni, tezis matni, tezis matni, tezis matni, tezis matni, tezis matni[2], tezis matni, tezis matni, tezis matni, tezis matni, tezis matni, tezis matni, tezis matni[3].


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Youry Khmelevsky, Volodymyr Voytenko // WCCCE'10 Proceedings of the 15th Western Canadian Conference on Computing Education. Article #8. – ACM New York, NY, USA, 2010. – 5 p.


2. Облачные технологии в образовании [Электронный ресурс] – URL: http://wiki.vspu.ru/workroom/tehnol/index.
Н. В Шпарута, М. Б. Медведева, Л. И. Долинер. Облачные технологии как
3. средство сетевого взаимодействия педагогов и обучающихся. Методические рекомендации. Екатеринбург – 2018. Ст. 4-5.
Download 58.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling