BOSH ILMIY-METODIK MARKAZI
AXBOROT XATI
2023-yil 1-may kuni O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish Bosh ilmiy-metodik markazida “Ta’limni transformatsiyalash sharoitida rahbar va pedagog kadrlarni malakasini oshirish: zamonaviy tendensiyalar va yondashuvlar” mavzusidagi Respublika anjumani bo‘lib o‘tadi.
Anjumanda olimlar, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining pedagog va rahbar kadrlari, ilmiy izlanuvchilar, magistrlar hamda iqtidorli talabalar anjuman yo‘nalishiga mos mavzular bo‘yicha ishtirok etishlari mumkin.
Anjumanda quyidagi yo‘nalishlardagi muammolar muhokama etiladi:
Rahbar va pedagog kadrlarning “Hayot davomida ta’lim olish” tamoyili asosida uzluksiz malakasini oshirish: innovatsion yondashuvlar.
Rahbar va pedagog kadrlarning innovatsion hamda kommunikativ kompetentligini rivojlantirish.
Rahbar va pedagog kadrlarning kasbiy ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan malaka oshirish: xalqaro tajribalar.
Raqamli transformatsiya jarayonida rahbar va pedagog kadrlarni malakasini oshirish: muammo va istiqbollar.
Anjumanga maqolalar o‘zbek, rus va ingliz tillarida joriy yilning 1-apreliga qadar konferensiya@bimm.uz elektron manziliga yuborilishi mumkin. Xohlovchilar anjumanda o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishlari mumkin.
Tashkiliy qo‘mita manzili: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi,
3-uy. Bosh ilmiy-metodik markaz, Mamatkarimov Kamoliddin Ziyodulla o‘g‘li: Tel: +99890 920 6002, e-mail:konferensiya@bimm.uz, telegram:++++++
Anjuman maqolalari quyidagi talablar asosida rasmiylashtirilishi lozim: maqola matni Microsoft Word matn muharririda, Times New Roman shriftida,
14 o‘lcham kattalikda, 1 intervalda yozilgan bo’lishi, 3 betdan kam bo‘lmasligi, mualliflarning ism-shariflari, ilmiy darajasi, muassasa nomi, elektron pochtasi, ingliz tilida annotatsiya, maqola matni va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |