Япония таълим тизими


Download 2.78 Mb.
bet7/8
Sana05.10.2023
Hajmi2.78 Mb.
#1692156
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Baxtiyorjon Omonov Xabitovich Yaponiyada ta\'lim1

OPPORTUNITIES
(Imkoniyatlari)
- Yaponiya universitetlarining 88,7 foizi xususiy;
-milliy yoki boshqa davlat universitetlariga hujjat topshirgan talabalar ikkita kirish imtihonini, birinchi navbatda milliy miqyosda о‘tkaziladigan yagona imtihon (senta shiken), sо‘ngra talaba kirishni umid qilgan universitet tomonidan о‘tkaziladigan imtihonni (niji shiken) topshiradilar;
-xususiy universitetlarga kirmoqchi bо‘lgan abituriyentlar faqat mazkur universitet imtihonini topshirishlari kerak bо‘ladi;
THREATS
(Tо‘siqlar)
-Yaponiyada joylashgan yirik yapon korporatsiyasi yoki xalqaro kompaniyasiga ishga joylashish uchun abituriyent nufuzli universitetda tahsil olib, diplom olishi majburiydir;
-Yaponiyada bepul oliy ta’lim yо‘q. Prefekturalar о‘rinlarni ajratadi, ammo statistik ma’lumotlarga kо‘ra, 2018 yilda bitta byudjet о‘rniga uch mingdan ortiq ariza topshirilgan. Shunday qilib, byudjet о‘rniga ega bо‘lish katta muvaffaqiyatdir.
-Yaponiyada “dzyuku” kabi kechki maktablari (maktab bolalariga qо‘shimcha sifatli ta’lim berish maktablari) va Yobikou xususiy maktablari abituriyentlarga kirish imtihonlariga tayyorgarlik kо‘rishga yordam beradi. Yobikouda yuqori о‘rta maktab о‘quvchilari uchun kо‘plab dasturlar mavjud bо‘lsa-da, ular «ronin» uchun maxsus mо‘ljallangan kunduzgi va yil davomidagi darslari bilan mashhurdir.
-Osaka universiteti bitiruvchilari Yaponiyadagi 400 ta yirik kompaniyalar orasida ish bilan bandlik darajasi bо‘yicha yettinchi о‘rinda turadi.
-Yaponiyada chet ellik talabalarni jalb qilish siyosati olib borilmoqda va bu juda muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Shunday qilib, 2018 yil holatiga kо‘ra, xorijdan kelgan talabalar soni 135 mingdan 239 ming kishiga oshdi. Har yili birgina Amerikadan uch mingga yaqin abituriyent keladi.
-Maktabni bitirish arafasida о‘quvchilar yagona test imtihoni topshiradilar. Aynan shu imtihon hammasini hal qiladi: bitiruvchi oliy о‘quv yurtiga о‘qishga kiradimi yoki yо‘q. Bitiruvchi faqat bitta oliy ta’lim muassasasini tanlashga haqli. Mana shu tanlov uning kelgusi taqdirini ham hal qiladi: kasbi, malakasi, maoshi... Raqobat ham shunga yarasha katta: bitiruvchilarning 76 foizi maktabdan keyin oliy ta’lim muassasalarida о‘qishni davom ettiradilar. Shu sababli bо‘lsa kerak, Yaponiyada maktabning bitiruv imtihonini ba’zan “dо‘zax sinovi” ham deyishadi.
1. Ta’lim Yaponiyada oila, jamiyat va davlat tomonidan qо‘llab-quvvatlanadi, chunki mamlakatda qabul qilingan “umrbod yollanish (bandlik)” tamoyili insonga jamiyatda munosib joyni egallash uchun faqat bir marta imkoniyat beradi va yaxshi ta’lim olish shu imkoniyatni muvaffaqiyatli bо‘lishi uchun kafolat yaratadi. Insonning shaxs bо‘lib shakllanishi jarayoni, uning xalq an’anaviy madaniyatiga oshno bо‘lishi, kichik yoshdan boshlab qabul qilingan meyorlarga о‘rgatilishi о‘zining ijobiy natijasini beradi.
Xulosa
2. Qadim zamonlardan buyon yosh avlod tarbiyasi Yaponiyada ustuvor vazifa bо‘lib kelgan. Yaponiyada, avvaldan, asosiy kapital — inson kapitalini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilgan. Shuningdek, yaponlar о‘zlarini ajratib turadigan va о‘z mustaqilligini saqlab qolish va yuqori darajaga chiqishga imkon beradigan axloqiy fazilatlarni shakllantirishga ham alohida e’tibor qaratadilar.
3. Bugungi kunda О‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida kechayotgan islohotlar xalqimiz tomonidan ijobiy qabul qilinayapti. Ta’limga nisbatan bо‘lgan dunyoqarash о‘zgarib bormoqda. Albatta, biz dono xalqimizning asrlar davomida ta’lim-tarbiya sohasida erishgan katta bilim hamda tajribalariga asoslanamiz, ammo taraqqiy etib borayotgan dunyo ta’lim-tarbiya sohasida ham yangi, innovatsion g‘oyalar, noan’anaviy zamonaviy yondashuvlarni joriy etishni talab etmoqda.
Mazkur о‘zgarishlarga xolisona baho berish, kamchiliklarga yо‘l qо‘ymaslik uchun biz ta’lim sohasidagi xorijiy mamlakatlar tajribasini har tomonlama о‘rganishimiz, ularni mentalitetimizga mos keladiganlarini amalda tadbiq etishimiz darkor. Ta’lim tizimimizdagi sifat va samaradorlikni oshirishda muhim sanalgan yapon ta’lim tizimidagi zamonaviy yondashuvlardan xulosalar chiqarishimiz kerak bо‘ladi.

Download 2.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling