Yaponiyaning umumiy maydoni 376 ming km. kv. Hududining muhim xususiyatlaridan biri uning katta va kichik bir-biriga yaqin orollarda joylashganligidir.
Ulardan 4 tasining maydoni ancha kattadir.
Bularga Xansu, Xokkaydo,
Kyuysu va Sikoku orollari kiradi.
U unitar davlat bo‘lib, 47 prefekturaga bo‘linadi.
Yaponiya iqtisodiyoti yuqori darajada rivojlangan mamlakat. YAMD ning umumiy hajmi (4390 mlrd. AQSh dollari)ga ko‘ra dunyoda AQShdan keyin ikkinchi o‘rinni egallaydi. Unda iqtisodiyotning barcha tarmoqlari yaxshi rivojlangan. Yaponiya dehqonchilik mamlakatidir. Uning yetakchi tarmog‘i dehqonchilikdir. Don xo‘jaligida sholikorlikning o‘rni alohidadir.
Sholi jami ekin maydonlarining yarmiga yaqinida ekiladi va yiliga 10 – 12 mln. t. sholi tayyorlanadi. Shuningdek, bug‘doy, soya, turli sabzavot va bog‘dorchilik tarmoqlari ham ancha ahamiyatli.
Mamlakatning rivojlanish darajasiga ko‘ra ikkinchi rayoni Xonsyu orolining janubiy va Kyusyu orolining shimoliy qismlaridir.
Rayonda o‘zining rivojlanish Yan/1974 Yan/1981 Yan/1988 Yan/1995 Yan/2002 Yan/2009 Yaponiya inflatsiya darajasi 13 darajasiga ko‘ra faqat Kitakyusyu (Shimoliy Kyusyu) sanoat aglomeratsiyasi yuqori darajada rivojlangan metallurgiya va og‘ir mashinasozlik sanoatlari bilan ajralib turadi.
Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasi bilan tashqi iqtisodiy aloqalari ham rivojlanib bormoqda. U O‘zbekiston iqtisodiyotiga tobora ko‘p investitsiya kiritmoqda. Buxoro neftni qayta ishlash zavodi va Sho‘rtan gaz-kimyo kompleksini investitsiyalashda Yaponiya faol qatnashdi.
Yaponiyadan texnologiya vositalari, tayyor iste‘mol mahsulotlari, aloqa kommunikatsiya vositalari O‘zbekistonga keltirilayotgan boisa, O‘zbekistondan Yaponiyaga tobora ko‘p paxta va ipak tolasi, tog‘-kon, metallurgiya sanoati mahsulotlari, turli iste‘mol mahsulotlari eksport qilinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |