Yaqin Sharq
Download 1.06 Mb.
|
sarq mamlakatlarida taomlar
Mavzu:Yaqin Sharq mamlakatlaridan kelgan mehmonlarga tavsiya qilinishi mumkin bo’lgan taomlar. Yaqin Sharq — Osiyoning gʻarbiy va jan.gʻarbiy hamda Afrikaning shim,sharqiy qismidagi hududlarning nomi. Yaqin Sharqda Misr, Sudan, Bahrayn, Birlashgan Arab Amirliklari, Iordaniya, Iroq, Isroil, Falastin Muxtoriyati, Kipr, Quvayt, Livan, Saudiya Arabistoni, Suriya, Turkiya, Ummon, Yaman, Qatar kabi davlatlar va amirliklar joylashgan. Gʻarb adabiyotlarida Yaqin Sharq hududini Eron va Afgʻoniston bilan birga Oʻrta Sharqdeb atash qabul qilingan. 19-asr va 20-asr boshlarida Yaqin Sharq tushunchasiga Usmonli turk imperiyasi, jumladan, Bolqon yarim orol ham kiritilgan.Taom — bu isteʼmol qilishga tayyorlab qoʻyilgan pishirilgan ovqatlarning kombinatsiyasi.V. I..Dalning mashhur lugʻatida, Blyudo — tez tayyorlangan, ovqat, tamaddi; dasturxonga tortiladigan taom.Gulyash — Vengriyaning milliy taomidir.Qoida tariqasida, ular birinchi taomlar (shi, solyanka, bulyonlar (qaynatma), shoʻrvalar (yovgʻon)), ikkinchi taomlar (goʻsht, garnirli baliq, boʻtqalar va boshqalar), uchinchi taomlar (ichimliklar, shirin desertlar)ga boʻlinadi.Velikodenskaya goʻsht yeyishga ruxsat berilgan kuni dasturxonga quyidagilar tortiladi: hil-hil pishgan choʻchqa son goʻshti, zaʼfaron sepilgan hil-hil qur goʻshti, issiq, qur goʻshti toʻrtta taomga beriladi: ikkitasi 1-taomga, ikkita sxab 2-taomga, xlup 3-taomga, qanoti 4-chiga;— Domostroy. Imperator jamoat kutubxonasining qoʻlyozmalariga koʻra (Yakovlev 1867) / IV / Buyuk kunlardan boshqa tarjimaBundan tashqari, u yoki bu turdagi oziq-ovqatning milliy oshxonaga munosabati bilan ham aniqlanishi mumkin (masalan, „Gulyash — venger milliy taomidir“).Ovqat pishirish boʻyicha koʻrsatmalar retseptlar deb ataladi.Taom – inson va u yashayotgan jamiyat madaniyatining ajralmas qismi. Milliy oshxonaning oʻziga xos xususiyatlari esa u yoki bu millat madaniyatining qadimiy ildizlarini oʻzida mujassam etgan. Qandaydir taom yoki ichimlik isteʼmol qilar ekan, kishi beixtiyor maʼlum bir millat madaniyati bilan muloqotga kirishadi. Madaniyatlararo muloqot jarayonida ovqat va tanovul oʻzgani anglash vositasi hisoblanadi. Rus olimi A.I.Kozlovning fikricha, jamiyatda ovqat “tabiiy” va “madaniy”, “insoniy” va “ilohiy”, “oʻz” hamda “oʻzga” kabi tushunchalar orasida ramziy maʼno kasb etadi. Baʼzan birovning “maqbul” taomdan voz kechishi, uning gʻayrinsoniy xislati sifatida qabul qilinishi ham mumkin. Umuman olganda, oshxona va taom – “oʻzingniki”ni “oʻzga”dan farqlash, “ular” va “oʻzimiz” oramizdagi chegarani aniqlab olish vositasidir (Kozlov A.I. Pishʼa lyudey. – Fryazino: Vek 2, 2005).“Taom” tushunchasi inson hayotining turli xil jabhalarida – til, urf-odat, anʼana va madaniyatida namoyon boʻladi. Adabiyot esa madaniyatning ushbu ajralmas qismini taqdim etish vositasidir.XVIII-XIX asrlar Yevropa adabiyotida gastronomik mavzuni toʻliq yoritishga oʻtildi. Biroq XI-XII asr qadimiy qoʻlyozmalaridayoq taom va ichimliklar haqidagi badiiy tasvirlar paydo boʻla boshlagan. Yunon yozuvchisi Ksenofontning uy-roʻzgʻor yuritish va oila iqtisodi haqidagi “Uy roʻzgʻor yuritish” kitobida roʻzgʻorni tashkil etish bilan birga dasturxon oldida oʻzini qanday tutish, ibodat kunlari qanday taomlar tanovul qilish haqida yoʻriqlar keltiriladi (Ensiklopediya pravoslavnoy kuxni. – N.Novgorod: Izd-vo Bratstva vo imya sv. Aleksandra Nevskogo, 1999). Ovqatlanish va taom Yevropa adabiyotshunosligida maxsus oʻrganiladigan yoʻnalishdir. Yevropa adabiyotshunoslarining fikricha, taom va tanovul jarayonining badiiy adabiyotda oʻz oʻrni bor. Zero, taom – xalq madaniyati, tarixi, ijtimoiy jarayonlar haqida haqqoniy axborot bera oladigan muhim omillardan biri.Taomni tadqiq etish yoki “taomshunoslik” (food studies) ijtimoiy fanlar (antropologiya, sotsiologiya, tarix, madaniyatshunoslik) hamda sanʼat negizida shakllandi. Bu fan adabiyot, gastronomiya va kulinar tarix kabilarni oʻz ichiga oladi. Taomshunoslik ovqatga aloqador jarayonlarni: mahsulot chiqarishdan tortib, ovqatlanish jarayonining ijtimoiy hayotdagi oʻrni tahlili, ovqatlanish odat va marosimlari, tanovul uchun tanlanadigan hamrohlar (ijtimoiy tabaqalanish tahlili uchun) ni qamrab oladi. Bu jarayonni oʻrganish esa insonning jamiyatdagi oʻrni va milliy madaniyatning oʻziga xosligini koʻrsatib berishga xizmat qiladi.Soʻnggi yillarda Yevropa adabiyotshunosligida taomning badiiy adabiyotda tutgan oʻrni haqida yirik tadqiqotlar olib borilmoqda. Mazkur tadqiqotlar turlicha ilmiy yoʻnalishlarning yuzaga kelishiga sabab boʻldi. Xususan – “adabiyotda taom”, “folklorshunoslik va taom”, “zamonaviy sheʼriyatda taom”, “ayollar adabiyotida taom”, “bolalar adabiyotida taom”, “adabiyotda tanovul, taom isteʼmol qilishning badiiy tasviri” kabi ilmiy mavzu va tadqiqotlar olib borilayotganligi, ovqatlanish hamda taom mavzusining Yevropa adabiyotshunosligiga naqadar chuqur kirib borganligini koʻrsatib turadi. Kara Killing va Skott Pollardning taʼkidlashicha, agar taom adabiyotdagi substansiya, madaniyat hamda sivilizatsiyaning tayanch nuqtasi sanalsa, u adabiyotshunoslik uchun ham fundamental tadqiqot manbai hisoblanadi. Modomiki, oziq-ovqat mahsulotlari har bir madaniyatning ajralmas qismi ekan, taom va tanovul adabiyot va sanʼatni anglashda asosiy vositalardan biri boʻlib xizmat qiladi (Keeling, Kara K. and Scott T. Pollard. “Introduction: Food in Children’s Literature.” Critical Approaches to Food in Children’s Literature. Ed. Kara K. Keeling and Scott T. Pollard. New York: Routledge, 2009).Darhaqiqat, insoniyat taraqqiy etar ekan, azaldan yegulik topish hayotiy muammolardan boʻlgan. Har bir mumtoz asarni bir yoki bir necha qismat tarixi deb hisoblasak, unda hikoya qilinayotgan tarixiy davr taom va ovqatlanish jarayoni bilan bogʻliq qanchadan-qancha hodisalardan tarkib topganligini tasavvur qilish qiyin emas. Badiiy asarda uchrovchi “taom” konseptini tushunishning murakkab tomonlari ham mavjud. Amerikalik olimlar Devid va K.Jonatanlarning taʼkidlashicha, ovqat va unga tegishli anʼanalar, jamiki narsa va hodisalar turli yozuvchilar ongida turli asotsiatsiyani paydo qiladi. Taom faqat maza va hid bilan emas, balki boshqa jihatlari orqali ham his etiladi. Ovqat haqidagi tasavvurlar adabiyotda biror millat xotirasining negizigacha singib ketgan assotsiatsiyalar manbasi sifatida namoyon boʻlishi mumkin (David, Jonathan C. Food in Literature. Gale Encyclopedia of Food&Culture.2003). Yozuvchi ongidagi oʻz millatiga xos asotsiatsiyalar taomning hidi va unga xos boʻlgan xususiyatlar bitta shu ovqat yoki ozuqa nomini keltirish bilan ham hosil qilinadi. Ammo adabiyotshunos yoki tarjimon uchun mazkur pragmatik taʼsirchanlik – maza, taʼm va u bilan bogʻliq assotsiatsiyalarni anglab yetish uchun fon bilimlari zarur boʻladi. Fon bilimlari xalq madaniyati, tarixi va urf-odatlarini oʻz ichiga olgan konseptual bilimlar majmuidir.Oʻzbek olimlaridan professor Shuhrat Sirojiddinov mazkur istilohni maʼnoviy bilimlar deb atashni taklif etadi. (Sh. Sirojiddinov. Badiiy tarjima asoslari. 2011) Darhaqiqat, maʼnoviy bilimlar bir millatning ijtimoiy ongida koʻp asrlar davomida shakllangan maʼno va tushunchalar yigʻindisini tashkil etib, badiiy asar matnida tabiiy holatda verballashadi. Misol sifatida “Oshqovoq somsa! Oshqovoq somsa! Kambagʻallik qursin ilohim!” (Choʻlpon, “Kecha va kunduz”) jumlasini olaylik. Agar bu gap ingliz tiliga tarjima qilinadigan boʻlsa, avvalo, oʻzbek xalqi tabiatida goʻshtli taomlarni sevib isteʼmol qilish, uyida goʻsht boʻlishi toʻkinlik va toʻqlik nishonasi ekanligi haqidagi ekstralingvistik maʼlumotga ehtiyoj tugʻiladi. Shuningdek, uyda goʻsht boʻlmaganda, kartoshka yoki qovoq solib somsa qilinishi, qovoq somsaning oʻzbek xalqi orasida, odatda, kambagʻalbop pishiriq ekanligini izohda berib oʻtish lozim boʻladi. Sababi, choʻntagi koʻtarsa-da, sabzavot solingan ovqat va pishiriqlarni xush koʻradigan yevropaliklar uchun qovoq somsa “kambagʻallar taomi” emas, balki ijtimoiy mavqei balandroq qatlam vakillari isteʼmol qiladigan shirinlik, yaʼni desert hisoblanadi. “Harri Potter hikmatlar toshi” asarining bosh qahramoni Harri Xogvortga yoʻl olayotib, Xogvort ekspress poyezdiga chiqadi. Yoʻlda isteʼmol qilish uchun sehrgarlarning anʼanaviy taomi boʻlgan lazzatli qovoq somsalardan sotib oladi. Kichkinagina qovoq somsachalar ziravorlar solingan oʻrtacha achchiqlikda edi. U poyezdda yangi tanishgan doʻsti Ronga qovoq somsalardan beradi. Ronning oilasi shirinlikka pul bera olmas, chunki kambagʻal edi (Herbert G. Litereture, literary history and cultural memory/Guttengen.Germany. – 2005). “Somsa” soʻzi oʻzbekcha-inglizcha lugʻatlarda “pie” soʻzi bilan berilgan. Lekin ingliz tilida pumpkin pie qovoqli pirogni anglatadi. Bu esa tayyorlanishi, koʻrinishi va mazasi jihatdan qovoq somsaga muqobil boʻla olmaydi. Inglizcha pasty soʻzi esa oʻrta fransuz tilidan olingan, inglizcha pie soʻziga ekvivalentdir. Ichiga goʻsht, sabzavot yoki pishloq solib, donalab bukiladigan, qolipga solmasdan pechda pishiriladigan taom oʻzbekcha somsani eslatadi. Bu asardan ilhomlangan ingliz pazandalari “Harri Potter somsasi” yoki “Xogvort ekspress somsasi” retseptini yaratdilar. Kitob olamshumul shuhrat qozongach, Harrining qovoq somsasi Angliyaning milliy brendiga aylandi.Rus adabiyotida ham xorijliklarga notanish boʻlgan glyuttonimlar (taom nomlari) bor. Ular baʼzan rus kishilariga ham tushunarli boʻlmasligi mumkin. Chunki rus oshxonasining qadimiy anʼanalari oʻzgarib bormoqda. Gogolning “Oʻlik jonlar” asari qahramoni Korobochka “skorodumki”, “pirojki”, “shanejki”, “pryagliʼ”, “bliniʼ”, “lepeshki so vsyakimi pripekami”: “pripekoy s luchkom”, “pripekoy s makom”, “pripekoy s tvorogom”, “pripekoy so snyatochkami” kabilarni tayyorlaydi. Qadimiy rus oshxonasidan xabardor kishigina Gogolning un mahsulotidan tayyorlanadigan rus milliy taomlari nomini sanash orqali asar qahramoni Korobochkaning oshxona ishlariga erinmaydigan turli-tuman ovqatlar pishiradigan ayol portretini ochib berayotganligini sezishi mumkin. Chunki sanalgan taomlar XIX asrda nihoyatda keng tarqalgan xamirli taomlar sirasiga kirib, bugungi kunda zamonaviy rus oshxonasida vaqt tigʻizligi bois un oʻrniga boshqa mahsulotlardan foydalanilmoqda. Bu esa hatto zamonaviy rus kishisi uchun ham tushunarsiz boʻlishi mumkin. Rus kishilari uchun diniy marosim ramzlariga aylangan maslenitsaga quymoqlar, Pasxaga kulich va boʻyalgan tuxumlar, maʼrakaga kutya, tantanali marosimga non va tuz degan tushunchalar borki, bu tushunchalar rus xalqining koʻp asrlik diniy va tarixiy qadriyatlari mahsuli boʻlib, tarjima jarayonida tarjimonni koʻproq izlanishga undaydi. Taom va tanovul mavzusi ingliz oʻsmirlar adabiyotida alohida oʻrin tutadi. Bu Roeld Dalning shokolad va shirinliklar asosiy oʻrinni egallovchi “Charli va shokolad fabrikasi” asarida oʻz aksini topgan. Asarda shirinliklar ogʻizning suvini qochiradigan qilib tasvirlangan. Jon bobo tomonidan Charliga shokolad fabrikasi tasvirlab berilganda, shirinlik tasviriga oid birorta soʻz nazardan chetda qolmagan: “Mister Villi Vonka binafsharang mazali zefirlar, soʻrganingda har oʻn soniyada rangi oʻzgaradigan sertaʼm karamellar, ogʻzingda erib ketadigan pardek yengil shirinliklar, hech qachon taʼmini yoʻqotmaydigan saqichlar, igna bilan teshsanggina yoriladigan, ulkan hajmgacha puflab shishirsa boʻladigan shirin pufaklar, havorang qushlarning ustida olachipor dogʻlari bor tuxumlarini sirli uslubda tayyorlar edi. Agar bittasini ogʻzingga solsang, u borgan sayin kichrayib ketar va tilingning tepasida turgan jajjigina shakarli qushchaga aylanib qolardi” (Tarjima bizniki– G.O.). Yosh kitobxonning ishtahasini qitiqlaydigan shirinliklar – muallifning badiiy toʻqimasi. Keyinchalik esa qandolatchilar bolalarning mazkur kitobga boʻlgan mehridan unumli foydalandi, asarda keltirilgan shirinliklar ingliz bozorlarining xaridorgir mahsulotiga aylandi. Yevropa oʻsmirlar adabiyotida taomni oʻta lazzatli tasvirlash anʼanasi mavjud. Shirinlikka oʻch bolalarni kitobga mixlab qoʻyuvchi bunday asarlar yosh ingliz kitobxonlari orasida shuhrat qozonib, ekranlashtirish darajasiga ham yetgan. Ingliz folklori va ertaklarida esa sehr-jodu qurollari ovqatning bitmas-tuganmas manbalarini yaratadi. Bu, oʻz-oʻzidan, nozu-neʼmatlarga toʻlib ketuvchi stol, sehrli boʻtqa qaynab chiquvchi qozon kabilarda namoyon boʻladi (Jackson E. Food and Transformation. Toronto: Inner City Books, 1996). Ertaklarda uchrovchi sehr kuchiga ega glyuttonimlar oʻzbek xalq ertaklari (“Ochil dasturxon”, “Oltin tarvuz”, “Tilla behi” va h.) da ham keng uchraydi.Psixoanalitik nazariyalarga koʻra, tanovul odatlari insonlarning shaxsiy bahosini shakllantirishda va uning oilaviy yoki ijtimoiy mavqeini koʻrsatib berishda muhim rol oʻynaydi. Taom va u bilan bogʻliq obrazlar doimo adabiyotning bir qismi boʻlib kelishiga qaramasdan, psixologik nazariyalar taom va ovqatlanish jarayonining hamma ijtimoiy sohalar obʼyekti sifatida oʻrganilishiga olib keldi (Food in literature. Twentieth Century Literary Criticism. Ed. Gale Cengage. Oxford University Press, 2006). XXI asr Yevropa adabiyotida olamshumul shuhrat qozongan va ekranlashtirilgan asar Jon Harrisning “Shokolad” romanidir. Kanadalik fantast yozuvchi De Lint Charlz “Jon Harrisning mazkur romani – haqiqiy zavq-shavq manbai! “Shokolad” xuddi qaynoq issiq shokoladdek mazali, lekin undan Lotin Amerikasi emas, Yevropa taʼmi kelib turibdi” degan fikrni aytadi. Asarning bosh qahramoni yolgʻiz ona Viyen Roshe Fransiyadagi Laskne-su-Tann shaharchasiga koʻchib keladi. Uning orzusi shaharchada shokolad doʻkonini ochish boʻladi. Muqaddas Pasxa yaqinlashib kelayotgan bir paytda cherkov ruhoniysi Fransis Reyno kishilarni dunyo lazzatidan bahramand qiluvchi shokolad doʻkonini ochishga qattiq qarshilik koʻrsatadi. Bu masalada shahar aholisi fikri ikkiga boʻlinadi. Tugʻma qandolatchilik iqtidoriga ega Viyen shaharliklarga zavq, rohat va huzur ulashadi. Yozuvchi qahramoni xarakterini, oshxonadagi ijodkorligini u tayyorlayotgan shirinliklari orqali ochib beradi. Oshxonada kuymalanayotgan ayolni goʻzal yaratuvchi ayol sifatida koʻrsatadi. Adibning aytishicha, asardagi deyarli hamma qahramonlarning prototiplari bor, u oʻzining yaqinlari va qarindoshlarida koʻrgan taomdan lazzatlanish va huzurlanish, shu orqali hayotdan zavq tuyish hissini oʻz asarida tasvirlagan. Xususan, Viyenning qizi Anuk yozuvchi qizining prototipi boʻlsa, asar qahramonlaridan biri Armandaning hayot haqidagi qarashlari muallifning katta buvisi feʼlida namoyon boʻlgan. Jon Harris “Shokolad” asarining koʻp qismida oʻzining hayotga boʻlgan shaxsiy munosabatini taom tayyorlash va isteʼmol qilish jarayoni orqali ramziy tasvirlab beradi. Masalan, qand kasaliga chalingan Armandaning tugʻilgan kunga tayyorgarlik vaqtidagi holati tasvirini olaylik. Unda har bir shirin luqmani ogʻziga toʻldirib solayotgan Armanda oʻz hayotini xavf ostiga qoʻyayotganligini toʻla anglagan holda “Bu mening oxirgi luqmam”, deydi va yuzida tansiq taom haqida gapirgandagina paydo boʻladigan huzur ifodasi namoyon boʻladi. “Endi menyuga oʻtsak”, deydi ishtaha bilan qoʻllarini ishqalab. Garchi shirinlik yeyish qatʼiy taqiqlangan boʻlsa-da, qahramonga ovqatdan lazzatlanish baxt va huzur hadya etadi.Asarni oʻqir ekansiz, taom tasviri nainki estetik zavq uygʻotadi, balki ishtahani ham qitiqlaydi. Sanʼatkorona tasvirlanayotgan glyuttonimlar Yevropa madaniyatining ajralmas qismi hisoblangan gʻarb oshxonasi bilan yaqindan tanishish istagini uygʻotadi. Asar davomida hayotning lazzatli neʼmat ekanligi tatib koʻrish mumkin boʻlgan shirinliklar va huzur bagʻishlovchi tanovul jarayoni tasviri orqali koʻrsatib beriladi. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling