Yaratilgan ma’lumotlar bazasi asosida hisobotlar tayyorlash
Download 24.96 Kb.
|
5-Amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vazifa
- Jihozlar
- Topshiriq
- Amaliy mashg`ulotni topshirish tartibi
5-amaliy mashgulot Mavzu: Yaratilgan ma’lumotlar bazasi asosida hisobotlar tayyorlash. Maqsad: Talabalarda tanlangan topshirik mavzusi bo`yicha MB da me`yoriy shakllarni o`rnatish haqida bilim va malakalarini mustahkamlash. Vazifa: Talabalar mustaqil ravishda quyidagilarni bajarishi, ular haqida malaka va ko`nikmaga ega bo`lishi lozim. 1. MB ni me`yorlashtirish. 2. Dekompozitsiyani qo`llash. 3. Jadvallarni 1, 2, 3 va 4 me`yoriy shakllarga keltirish. Jihozlar: Kompyuter. Uslubiy ko`rsatma: Ma`lumotlar bazasining me`yoriy shakllari. Me`yorlashtirish - MB dagi ma`lumotlar ortiqchaligini yo`qotish, takrorlanmaslik va o`zaro bog`lanishlarni tashkil qilish jarayonidir. Me`yorlashtirishning asosiy maqsadi – shunday MB ni yaratishga qaratilganki, unda ma`lumotlar bir marta qayd qilinadi, ya`ni ma`lumotlar ortiqcha yoki takrorlanishi mumkin emas. Bu amal saqlanadigan ma`lumotlarni qarama – qarshiligini bartaraf etish uchun zarur. Me`yorlashtirishni talab darajasida tashkil qilish uchun dekompozitsiya (bo`laklarga ajratish) qo`llaniladi. Dekompozitsiya - MB jadvallarini o`zaro bog`langan sodda va ixcham bir nechta jadvallarga ajratishdir. Dekompozitsiya qilingan jadvallarning har biri me`yorlashtirilgan bo`lishi lozim. Dekompozitsiyalashda MB jadvallari soni oshib ketadi, ammo MB ixcham tuzilmaga ega bo`ladi. Elektron kutubxona MB ni yaratganda me`yorlashtirish shartlariga rioya qilindi. Bunga ishonch hosil qilish uchun elektron kutubxona MB ning har bir jadvali 1, 2, 3-me`yoriy shakllar talablariga javob berishini tahlil qilib chiqamiz. Tahlil natijasida aytishimiz mumkin-ki, ular 1, 2, 3-me`yoriy shakllar talablariga javob beradi. Demak, elektron kutubxona MB me`yorlashtirilgan deb ayta olamiz. Mavzu buyicha MB haqidagi bilimni mustahkamlash uchun MS Access dasturida MB ni yaratishni davom ettiramiz. Avvalgi mashg`ulotda «M-bolim», «M-tur», «M-til» va «M-katalog» jadvallari yaratildi. ‘M-mavzu’ jadvalda bog`lanish mavjud. Ushbu jadval ham xuddi oldingi jadvallardek yaratiladi. «id» maydoni kalit va ‘m-mav’ maydoni matnli bo`lib, ‘m-mav’ maydoni parametrlari ko`rsatilgach ‘m-bul’ maydonida bog`lanish ko`rsatilishi lozim. Bu bog`lanishlarni tashkil qilishning ikki yo`li bor. Ulardan eng qulayi, maydon tipini tanlaganda ‘Мастер постановка’ ni tanlash orqali bajarilishidir. «m-mav» maydoni tipi uchun ‘Тип данных’ qismidan ‘Мастер постановка’ tanlansa, quyidagi soha paydo bo`ladi. ‘Далее’ tugma bosilsa, bog`lanadigan ob`ektni tanlash sohasi ochiladi. Biz ‘Таблица’ ni tanlagach, ‘Таблица: M-bolim» ni tanlay-miz va ‘Далее’ tugmani bosamiz. Tanlangan maydonlar o`ng sohaga ko`chirili-shi lozim. Buning uchun ‘>’ tugma bosilsa faqat tanlangan maydon, ‘>>’ tugma bo-silsa barcha maydonlarni o`t-kazish imkoniyati-dan foydalana-miz. Ko`chirilgan maydonlar o`ng sohada tasvirla-nadi. Kerakli maydonlarni ko`chirgach, ‘Далее’ tugmani bosamiz. Qiymatlari tartiblanishi kerak bo`lgan may-donni tanlagach, tartiblanish shartini tanlab ‘Далее’ tugmani bosamiz. Paydo bo`lgan sohadan ro`yxatga chiqariladigan qiymatlar ko`ri-nishi beriladi. ‘Скрыт ключевой столбец’ qaydi qo`yilsin, aks holda kalit qiymat ham chiqa-riladi. Keyin yana ‘Далее’ tugmani bosamiz: Sohadagi izoh yozish talab qilingan qismga «Ma`lumot bo`li-mi nomi» singari so`zni yozishimiz mumkin, ammo bu qismni o`zgartir-magan ma`qul hisoblanadi. Faqat ‘Готово’ tugma bosiladi. Jadvalni saqlash talab qilinmoqda, shuning uchun ‘Да’ tugmani bosamiz. Ma`lumotnomalar tuzib bo`lingandan keyin asosiy jadvallarni tuzishga kirishamiz. Asosiy jadvallardan ’El-kutub’ jadvalini yaratamiz. Uning barcha maydonlarini kiritib, maydonlar parametrini belgilaymiz. ‘yil’ maydoni sana tipiga ega. Ushbu maydon uchun ‘Формат поля’ parametriga sana ko`rinishini tanlaymiz. Bu jadvallarda ‘til’, ‘bolim’, ‘mavzu’ va ‘tur’ maydonlarida bog`lanishlar mavjud. Bu bog`lanishlarning har birini yuqoridagidek bog`lab chiqamiz. Bog`lanishlar amalga oshirilgach bog`langan maydonlar tipi ‘Числовой’ bo`ladi. ‘M-til’ jadvalining 1 qiymati «o`zbek» so`zi kiritilishini inobatga olgan holda, boshlang`ich qiymatni avtomatik kiritish uchun ‘Значение по умолчанию’ ga 1 sonni qo`ydik. «M-fayl» va «Annot» asosiy jadvallarini ham xuddi shuningdek tuzamiz. «Annot» jadvalidagi «Annot» maydonining tipi uchun ‘MEMO’ ni tanlash lozim. Bu tipdan katta hajmli matnlarni kiritish uchun qo`llaniladi. Topshiriq 1. MB da me`yorlashtirishni qo`llang. 2. MB ni MS Access dasturida yarating. Amaliy mashg`ulotni bajarish tartibi 1. Amaliy mashg`ulot ishining uslubiy qismini o`rganib chiqing. 2. Topshiriqni qo`yilgan sharti asosida bajaring. Amaliy mashg`ulotni topshirish tartibi Amaliy mashg`ulot ishining hisoboti quyidagilardan iborat bo`lishi kerak: 1. Topshiriqlarni bajarish qadamlarini izohlang va uni yozma ravishda topshiring. Download 24.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling