Yaratilgan ma’lumotlar bazasi asosida hisobotlar tayyorlash


Download 24.96 Kb.
Sana10.10.2023
Hajmi24.96 Kb.
#1696868
Bog'liq
5-Amaliy


5-amaliy mashgulot
Mavzu: Yaratilgan ma’lumotlar bazasi asosida hisobotlar tayyorlash.
Maqsad: Talabalarda tanlangan topshirik mavzusi bo`yicha MB da me`yoriy shakllarni o`rnatish haqida bilim va malakalarini mustahkamlash.
Vazifa: Talabalar mustaqil ravishda quyidagilarni bajarishi, ular haqida malaka va ko`nikmaga ega bo`lishi lozim.
1. MB ni me`yorlashtirish.
2. Dekompozitsiyani qo`llash.
3. Jadvallarni 1, 2, 3 va 4 me`yoriy shakllarga keltirish.
Jihozlar: Kompyuter.
Uslubiy ko`rsatma: Ma`lumotlar bazasining me`yoriy shakllari.
Me`yorlashtirish - MB dagi ma`lumotlar ortiqchaligini yo`qotish, takrorlanmaslik va o`zaro bog`lanishlarni tashkil qilish jarayonidir.
Me`yorlashtirishning asosiy maqsadi – shunday MB ni yaratishga qaratilganki, unda ma`lumotlar bir marta qayd qilinadi, ya`ni ma`lumotlar ortiqcha yoki takrorlanishi mumkin emas. Bu amal saqlanadigan ma`lumotlarni qarama – qarshiligini bartaraf etish uchun zarur. Me`yorlashtirishni talab darajasida tashkil qilish uchun dekompozitsiya (bo`laklarga ajratish) qo`llaniladi.
Dekompozitsiya - MB jadvallarini o`zaro bog`langan sodda va ixcham bir nechta jadvallarga ajratishdir.
Dekompozitsiya qilingan jadvallarning har biri me`yorlashtirilgan bo`lishi lozim. Dekompozitsiyalashda MB jadvallari soni oshib ketadi, ammo MB ixcham tuzilmaga ega bo`ladi.
Elektron kutubxona MB ni yaratganda me`yorlashtirish shartlariga rioya qilindi. Bunga ishonch hosil qilish uchun elektron kutubxona MB ning har bir jadvali 1, 2, 3-me`yoriy shakllar talablariga javob berishini tahlil qilib chiqamiz. Tahlil natijasida aytishimiz mumkin-ki, ular 1, 2, 3-me`yoriy shakllar talablariga javob beradi. Demak, elektron kutubxona MB me`yorlashtirilgan deb ayta olamiz.
Mavzu buyicha MB haqidagi bilimni mustahkamlash uchun MS Access dasturida MB ni yaratishni davom ettiramiz. Avvalgi mashg`ulotda «M-bolim», «M-tur», «M-til» va «M-katalog» jadvallari yaratildi.
‘M-mavzu’ jadvalda bog`lanish mavjud. Ushbu jadval ham xuddi oldingi jadvallardek yaratiladi. «id» maydoni kalit va ‘m-mav’ maydoni matnli bo`lib, ‘m-mav’ maydoni parametrlari ko`rsatilgach ‘m-bul’ maydonida bog`lanish ko`rsatilishi lozim.
Bu bog`lanishlarni tashkil qilishning ikki yo`li bor. Ulardan eng qulayi, maydon tipini tanlaganda ‘Мастер постановка’ ni tanlash orqali bajarilishidir. «m-mav» maydoni tipi uchun ‘Тип данных’ qismidan ‘Мастер постановка’ tanlansa, quyidagi soha paydo bo`ladi.
‘Далее’ tugma bosilsa, bog`lanadigan ob`ektni tanlash sohasi ochiladi.



Biz ‘Таблица’ ni tanlagach, ‘Таблица: M-bolim» ni tanlay-miz va ‘Далее’ tugmani bosamiz.
Tanlangan maydonlar o`ng sohaga ko`chirili-shi lozim. Buning uchun ‘>’ tugma bosilsa faqat tanlangan maydon, ‘>>’ tugma bo-silsa barcha maydonlarni o`t-kazish imkoniyati-dan foydalana-miz. Ko`chirilgan maydonlar o`ng sohada tasvirla-nadi. Kerakli maydonlarni ko`chirgach, ‘Далее’ tugmani bosamiz.



Qiymatlari tartiblanishi kerak bo`lgan may-donni tanlagach, tartiblanish shartini tanlab ‘Далее’ tugmani bosamiz.



Paydo bo`lgan sohadan ro`yxatga chiqariladigan qiymatlar ko`ri-nishi beriladi. ‘Скрыт ключевой столбец’ qaydi qo`yilsin, aks holda kalit qiymat ham chiqa-riladi. Keyin yana ‘Далее’ tugmani bosamiz:

Sohadagi izoh yozish talab qilingan qismga «Ma`lumot bo`li-mi nomi» singari so`zni yozishimiz mumkin, ammo bu qismni o`zgartir-magan ma`qul hisoblanadi. Faqat ‘Готово’ tugma bosiladi.
Jadvalni saqlash talab qilinmoqda, shuning uchun ‘Да’ tugmani bosamiz.


Ma`lumotnomalar tuzib bo`lingandan keyin asosiy jadvallarni tuzishga kirishamiz. Asosiy jadvallardan ’El-kutub’ jadvalini yaratamiz. Uning barcha maydonlarini kiritib, maydonlar parametrini belgilaymiz.

‘yil’ maydoni sana tipiga ega. Ushbu maydon uchun ‘Формат поля’ parametriga sana ko`rinishini tanlaymiz.
Bu jadvallarda ‘til’, ‘bolim’, ‘mavzu’ va ‘tur’ maydonlarida bog`lanishlar mavjud. Bu bog`lanishlarning har birini yuqoridagidek bog`lab chiqamiz.
Bog`lanishlar amalga oshirilgach bog`langan maydonlar tipi ‘Числовой’ bo`ladi. ‘M-til’ jadvalining 1 qiymati «o`zbek» so`zi kiritilishini inobatga olgan holda, boshlang`ich qiymatni avtomatik kiritish uchun ‘Значение по умолчанию’ ga 1 sonni qo`ydik.
«M-fayl» va «Annot» asosiy jadvallarini ham xuddi shuningdek tuzamiz. «Annot» jadvalidagi «Annot» maydonining tipi uchun ‘MEMO’ ni tanlash lozim. Bu tipdan katta hajmli matnlarni kiritish uchun qo`llaniladi.
Topshiriq
1. MB da me`yorlashtirishni qo`llang.
2. MB ni MS Access dasturida yarating.
Amaliy mashg`ulotni bajarish tartibi
1. Amaliy mashg`ulot ishining uslubiy qismini o`rganib chiqing.
2. Topshiriqni qo`yilgan sharti asosida bajaring.
Amaliy mashg`ulotni topshirish tartibi
Amaliy mashg`ulot ishining hisoboti quyidagilardan iborat bo`lishi kerak:
1. Topshiriqlarni bajarish qadamlarini izohlang va uni yozma ravishda topshiring.
Download 24.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling