Yaratilgan sanasi: Fri, 29 Sep 2023 10:26:59 +0500
Page 3
ular mamlakat bayroqini eslatib yuborgan. Savol: IKSni toping.
Javob:Svetoforlar.
Izoh:
pastki signal qizil, o‘rtadagisi yashil, yuqoridagisi sariq bo‘lgan. 3 ta signallar bir paytda yoqilgan
harakat esa yo‘l politsiyasi tomonidan tartibga solingan. Bu aksiya Litva poytaxtining
asosiy magistralida
o‘tkazilgan.
11-savol:
Ukrainlarning bir maqolida U narsa itga qiyoslangan. Lekin farqli jihati u na akillaydi,
na yuguradi va na
qopadi. Savol: U nima?
Javob:Qulf.
12-savol:
Bir necha yil avval Diego Kosta Angliya Kubogi doirasidagi uchrashuvlardan birida qilgan bir ishidan so‘ng
saytlarning birida: “Yo‘q Diego, Barselonaga o‘tish uchun buning o‘zi yetmaydi” – degan tanqidlar paydo
bo‘ldi. U paytda Barselonaning asosiy hujumchisi Luis Suares edi. Savol: Diego Kosta qanday ish qilgan?
Javob:Raqibni tishlagan.
13-savol:
“Nima sababdan Budda tasvirlarida BUNDAY IKS larni ko‘rish mumkin” degan savolga “Chunki
Siddhartxa
Gautama judayam boy oiladan bo‘lgan” deb hisoblashadi. Savol: BUNDAY IKSlarni toping.
Javob:Katta quloqlar.
Izoh: Boy oiladan bo‘lgan Gautama qulog‘iga og‘ir taqinchoqlar taqib yurgani sababli uning quloqlari
cho‘zilib ketgan deb hisoblashadi.
14-savol:
“Hayot naqadar beshafqat. Ishlaganim
sayin umrim kamayib bormoqda, ammo ko‘zyoshlarim oyog‘imga
quvvatligidan xursandman. Yolg‘izgina haloskorim bor – Shamol”. Savol: Ushbu gaplar nimaning tilidan
aytilgan?
Javob:Sham.
Yaratilgan sanasi: Fri, 29 Sep 2023 10:26:59 +0500
Page 4
15-savol:
Gruzin adibi Goderzi Choxeli aholisi tomonidan deyarli to‘liq tashlab ketilgan
qishloqlar haqida yozar ekan,
IKSlarni “najotning oq iplari” deb ataydi. Savol: Yozuvchi nimalarga shunday ta'rif berganini toping.
Javob:Mo‘ridan chiqayotgan tutunlar.
Izoh: Hali ko‘chib ketmagan odamlar uylarining pechlari mo‘risidan chiqayotgan tutunlar.
16-savol:
Qadimda “U” hatto yovuz ruhlardan ham himoya qiladi deb o‘ylashgan. Yaponlar “U”ni ilk bor Xitoy elchisi
kelganda ko‘rishgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Qirolicha Viktoriyaga “U”ning zirxlangani sovg‘a qilingan ekan.
Savol: gap qanday buyum haqida ketmoqda?
Javob:Soyabon.
17-savol:
Birinchi jahon urushi davrida aviatsiya hali keng qo‘llanilmagan, lekin
ULAR okoplararo tezkor xabar
jo‘natishda ishlatilgan. Savol: ULARni ikki so‘z bilan yozib bering.
Javob:Qog‘oz samolyotlar.
18-savol:
Abdulla Qahhor mahorat, talant haqida gapira turib o‘quvchiga bir turdagi kitoblar ma’qul bo‘lishi
haqida
yozadi. Savol: Qahhor qanday kitoblarni nazarda tutgan?
Javob:Oriq (Ozg‘in) kitoblar.
Izoh: Yozuvchi shunday talantga ega bo'lish kerakki, kitobning mavqei uning hajmi bilan o'lchanmasligi
kerak degan.
19-savol:
Mashhur Yefim Bogolyubov o‘ziga xos rekordchi hisoblanadi. Unda bu holat 2 soat davom etgan. Albatta bu
2 soat unga foyda bermagan. Savol: Bir daqiqa o‘ylab U 2 soat mobaynida nima qilganini toping.
Javob:O‘ylagan.
Yaratilgan sanasi: Fri, 29 Sep 2023 10:26:59 +0500
Page 5
Izoh: U shaxmat o‘yinida eng uzoq vaqt o‘ylagan inson hisoblanadi.
20-savol:
Mayda o‘g‘rilardan saqlash maqsadida ularni har xil holatlari o‘ylab topildi.
Avvalroq qattiq, keyin suyuq
hozirda esa ba’zi bir zamonaviy joylarda ko‘pik holatida uchraydi. Savol: U nima?
Javob:Sovun.
Izoh: Ko‘p joylarda suyuq sovun (жидкое мыло) ishlatilsada ba’zi zamonaviy
texnoparklarda idish
tugmasini bossangiz ko‘pik ko‘rinishidagi sovunlar qo‘llanilmoqda.