18-savol:
XX asr boshlarida ilk tikuvchilik
fabrikalari ochilib, ko‘p miqdorda kiyimlar ishlab chiqarila boshlandi. Bu
fabrikalarda tikuvchilik bilan shug‘ullanmaydigan, bir burchakda qandaydir qog‘ozni
qaychi bilan kesishga
urinuvchi ishchilar ham bor edi. Ular fabrika uchun juda muhim bo‘lgan. Savol:
Ular qaysi ishga javobgar
bo‘lishgan?
Javob:Qaychilarni o‘tkir saqlashga.
Izoh: Qaychilar juda tez o‘tmas holga kelavergan va bu matoni kesishda muammolar keltirib chiqargan. Bu
ishchi o‘tmas
qaychilarni olib, ularni najdak qog‘oz bilan o‘tkirlab bergan.
19-savol:
Bu olim birinchi bo‘lib Somon yo‘li yulduzlardan tashkil topganini aytadi.
Biz esa uning boshqa bir shu
mazmundagi gapini bilamiz. Savol: Kim u?
Javob:Demokrit.
Izoh: U butun qismning parchadan iboratligini aytgandi: Hamma narsa atomlardan iborat.
20-savol:
Arablar bir holatda farzandiga qo‘pollik qilishi yoki ularni jazolashi mumkin emas.
Agar farzand juda yomon
ayb qilsa,
uni jazolashadi, ammo shunda ham ismi bilan chaqirmay turib jazolashadi. Savol:
Qanday
holatda shunday qilishadi?
Javob:Agar farzandning ismi Muhammad bo‘lsa.
Izoh: Payg‘ambarga hurmat yuzasidan shu ismga ega insonlarni ham e’zozlashadi.