Yaratilgan sanasi: Sat, 10 Dec 2022 10:23:50 +0500
Page 1
1-savol:
.
1876-yil 10-mart kuni U o‘zining yangi ixtirosining sinovi paytida boshqa xonadagi yordamchisiga: “Vatson,
sizda ishim bor. Yonimga kira olasizmi?” deb aytadi. Savol: U kim?
Javob:Aleksandr Bell.
Izoh: U telefonni sinovdan o‘tkazayotgan bo‘lgan.
2-savol:
.
Erlin
Louning bir asarida, Norvegiya qiroli davlatda hech qanday qarorlar qabul
qilmasligini va hech qanday
vazifalari yoʻqligini aytib, faqatgina bir vazifasi borligini aytadi. Oʻsha vazifa uchun kerak boʻladigan
predmetni Leonardo da Vinchi ixtiro qilgan. Savol: Bu qaysi predmet?
Javob:Qaychi.
Izoh: Qirolning soʻzlariga koʻra, uning asosiy vazifasi ochilish marosimlarida lentani kesib berish ekan.
3-savol:
.
Turli xil tasdiqlanmagan versiyalarga ko‘ra, uning kelib chiqishi haqida turli narsalar esga olinadi. Misol
uchun, mashhur ingliz fizigi, injildagi voqealardan biri yoki Alan Turing. Savol: 1976-yilda
Rob Yanov nimani
o‘ylab topgan?
Javob:Apple logotipi.
Izoh: Apple javobi qabul qilinmaydi. Apple asoschisi Stive Jobs. Injildagi voqea –
olma tishlanishi, fizik –
Nyuton, Alan Turing esa zaxarlangan olma yeb o‘lgan. Aplle logotipida ham tishlangan olma tasviri bor.
4-savol:
.
Yevropa Ittifoqining ingliz tilida soʻzlashuvchi iqtisodiy ekspertlarining fikriga koʻra,
Yevro kursiga eng katta
zarar, iqtisodiy inqiroz ta’sirida boʻlgan toʻrt mamlakat –
Portugaliya,
Irlandiya,
Gretsiya va Ispaniya
tomonidan yetkazilgan ekan. Bu davlatlarga ular uchun juda haqoratli boʻlsada, bir qisqa nom berilgan.
Savol: O‘sha nomni yozib bering.
Javob:PIGS
Izoh:
Portugal, Ireland, Greece, Spain soʻzlarining bosh harflari.
5-savol:
.