Yaratilgan sanasi: Sat, 9 Sep 2023 12: 16: 02 +0500 Page 1-savol


Yaratilgan sanasi: Sat, 09 Sep 2023 12:16:02 +0500


Download 32.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana01.11.2023
Hajmi32.04 Kb.
#1738677
1   2   3   4
Bog'liq
Intellektual maktab "Zakovat" o‘yini savollari (26.08.2023)

Yaratilgan sanasi: Sat, 09 Sep 2023 12:16:02 +0500
Page 3
Javob:Tishlarni.
11-savol:
Qadimgi inglizlar fikricha USHBU qushning patlari ko’z tegishidan saqlar ekan. Diqqat savol: Qaysi qushni?
Javob:Tovusni.
Izoh: Chunki uni patlarida ko’z tasvirini ko’rishimiz mumkin.
12-savol:
Antarktikada bir vaqtlar aql tishlari va "U" olib tashlanmaganlar ishlashi mumkin emas edi. Antarktida
stantsiyalarida jarrohlik operatsiyalari amalga oshirilmasligi sababli tananing bu qismlarini oldindan, hatto
mukammal sog'lom bo'lsalar ham, voz kechish kerak edi. Diqqat savol: gap aynan qaysi a'zo xaqida
bormoqda?
Javob:Ko’richak
13-savol:
O’tgan asrning 90-yillarida AQSHda bir maxsulot davlat darajasiga ko’tariladi va ushbu maxsulotni keng
targ’ib qilish boshlanadi. Targ’ib qilish kampaniyalaridan birining shiori esa quyidagicha edi: “Sening
mo’yloving qani?”. Diqqat savol: Qanday maxsulot shu kabi reklama qilingan?
Javob:Sut mahsulotlari.
Izoh: Bu yerda gap sut ichganingdan keyin labingiz ustida qoladigan oq mo'ylov haqida ketayotgan edi.
14-savol:
Rus tanqidchisi Vissarion Belinskiy USHBU kitob haqida shunday degan: “Hech qaysi sayohatchini yozuvlari
USHBU kitobchalik sharq musulmonlarining odob-ahloq qoidalarini, urf-odatlarini, oilaviy munosabatlarni
to’liq ochib berolmaydi”. Diqqat savol: Gap qaysi asar haqida ketmoqda.
Javob:1001 kecha
15-savol:
O’rta asrlarda yashab o’tgan fransuz olimi Iogan Buteoni fikricha UNING 40 foiz maydonini pichan


Yaratilgan sanasi: Sat, 09 Sep 2023 12:16:02 +0500
Page 4
egallagan bo’lishi kerak. Diqqat savol: Nimaning?
Javob:Nuh kemasini.
Izoh: Jonzotlar pichan yeyishi kerakku.
16-savol:
Bundan yuz yillar oldin Londondagi Belvillar oilasi vaqt sotish bilan shug’ullanganlar. Ular uyma-uy
yurishgan va mijozlarni soatlarini aniq vaqt bo’yicha tog’irlab qo’yishgan. Diqqat savol: Ular o’z safarini
qayerdan boshlashgan.
Javob:Grinvich rasadxonasidan.
Izoh: Birinchi aniq vaqtni bilib olishgan.
17-savol:
Yomg’ir maxsus kukun yordamida xosil qilinardi va faqat kerakli joylarga yog’dirilardi. Masalan, bog’larga,
dalalarga. Shaharning aholi yashaydigan qismiga ham yomg’ir xosil qilinib yog’dirilardi, faqat hech kimga
xalaqit qilmasligi uchun kunduzimas, kechasi bu ish amalga oshirilardi. Savol: Bularni barchasi qaysi o‘ylab
topilgan shaharda yuz berardi?
Javob:Quyosh shahrida.
Izoh: “Bilmasvoy Quyosh shahrida” asaridan.
18-savol:
Bananlar shaklini bilasiz. Bananlar bunday o'sishiga sabab qilib, ularning bu ishni qilishga harakat qilishlari
keltiriladi. Savol: Bu ishni qilganligi tufayli nom olgan o'simlikni ayting.
Javob:Kungaboqar
19-savol:
Xristian Gellert she’rida Bulbulning qo’shig’idan ilhomlangan Kakku haqida so’z bo’radi. Undan Bulbuldan
eshitgan qo’shig’ini kuylab berishni so’rashganda esa “ku-ku” dan nariga o’tmaydi. Savol: Gellert qaysi
kasb egalarini ushbu kakkuga o’xshatadi?
Javob:Tarjimonlarni.
Izoh: Ular she’r va asarlardan ta’sirlanishadi, lekin asliday qilib tarjima qilisholmaydi.



Download 32.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling