Yaratilgan sanasi: Tue, 04 Apr 2023 09:38:48 +0500
Page 1
1-savol:
.
Qadimgi greklar Ularni 4 ta deb hisoblashgan. O‘rta asrlarda esa yana minimum 2 tasi bu safga qo‘shildi.
Hozirda esa bizga Ularning yuzdan oshig‘i ma’lum. Savol: Ular haqida gap
ketganda qaysi mashhur inson
yodga olinadi?
Javob:Mendeleyev.
Izoh: Gap elementlar haqida edi.
Greklar faqat olov, suv, havo va yerni dunyoni
tashkil qilgan elementlar
deya bilishgan. O‘rta asrlarda fosfor va mishyak element sifatida ma’lum bo‘lgan. 1869-yilda
Mendeleyev
elementlar jadvalini tuzgan.
2-savol:
.
Shotlandiyada U – o‘g‘irlik alomati ekan. Balki shu sababdan ham U odamlar to‘dasi ichida tez yo‘qoladi.
Savol: Gap nima haqida ketmoqda?
Javob:Hiqichoq.
3-savol:
.
Repper Garri Topor farzandlari hayotiga befarq otalar haqida ayta turib shunday ritorik savol beradi:
“Aytchi, o‘z farzandlaringga Undan boshqa nima sovg‘a qilding?”. Savol: Uni toping.
Javob:Sharif (Отчество).
4-savol:
.
Bu kitob nashrdan chiqishi bilanoq bosh qahramon mashina moyi reklamalari qahramoniga aylandi.
Versiyalarga ko‘ra, Uning yaratuvchisi Uni balkonda ko‘rgan ekan. Savol: Kim u?
Javob:Karlson.
5-savol:
.
Bir multfilmda o‘rmondagi ikki hamkasb eski tez yordam mashinasida yashashi haqida epizod bor. Savol:
Bu hamkasblar – nimalar?
Javob:Bo‘rilar.
Izoh:
Bilasizki, bo‘ri – o‘rmon sanitari. “Masha va ayiq” multfilmi haqida edi.