Yaratilgan sanasi: Tue, 4 Oct 2023 13: 27: 38 +0500 Page 1-savol


Yaratilgan sanasi: Tue, 24 Oct 2023 13:27:38 +0500


Download 52.6 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana04.11.2023
Hajmi52.6 Kb.
#1746088
1   2   3
Bog'liq
Mahallalardagi Zakovat to‘garagi 12.05.2023

Yaratilgan sanasi: Tue, 24 Oct 2023 13:27:38 +0500
Page 2
5-savol:
Mahalliy aholi va qochqinlarning behavotir bo‘lishlarini anglatuvchi bu so‘zlar 1970-yillarda qo‘shni
mamlakatlardagi urushlar larzaga keltirgan Keniyaning siyosiy shioriga aylanadi. Oradan taxminan yigirma
yildan ortiqroq vaqt o‘tgach esa, bu so‘zlarning ma’nosi bir qirolning o‘g‘liga tushuntirib beriladi. Savol:
Ushbu qirolning o‘g‘lining ismi qanday edi?
Javob:Simba.
Izoh: Bu suahili tilidan “tashvishlarsiz yashash” yoki “muammolarsiz” deb tarjima qilingan “Hakuna
Matata” iborasiga ishora edi. "Qirol sher" multfilmida esa "Hakuna Matata" qo‘shig‘i yangraydi.
6-savol:
Bir model tez-tez soch turmagi va sochini rangini almashtirib turar edi, shuning uchun unga bir jonivor
nomi bilan laqab berilgan. Savol: O‘sha jonivor nomini topgan bo‘lsangiz, huddi shu nomli asar muallifini
yozib bering.
Javob:Anton Pavlovich Chexov.
Izoh: buqalamun ham terisi rangini tez-tez o‘zgartiradi, shuning uchun Linda Evangelista ismli modelga
shunday laqab berilgan. Anton Pavlovich Chexov esa “Buqalamun” nomli asar muallifi hisoblanadi.
7-savol:
Biz bilgan sohalardan tashqari bu inson qo‘shiqchi va filantrop ham. U umri davomida 3000 dan ortiq
jarohat olgan. U 2016-yil Oskar mukofotini ham qo‘lga kiritgan. Savol: U kim?
Javob:Jeki Chan.
8-savol:
1989-yili Bu kompaniya 17 ta suv osti kemasi evaziga SSSRga o‘z ichimliklarini yetkazib berish bo‘yicha
shartnoma tuzgan. Hozirda Ushbu kompaniya reklamalarida Lionel Messini ham ko‘rishimiz mumkin. Savol:
Kompaniya nomini yozib bering.
Javob:Pepsi.


Yaratilgan sanasi: Tue, 24 Oct 2023 13:27:38 +0500
Page 3
9-savol:
Finlandiya askarlari Davomiy urush paytida qo‘l granatalarini cho‘zma (rogatka) bilan otishgan, balki
mashhur o‘yin bekorga shu davlatda ishlab chiqarilmagandir. Savol: Ushbu o‘yin nomini yozib bering.
Javob:Angry Birds.
Izoh: Bu o‘yinda ham qushlar cho‘zma (rogatka) orqali hujum qiladi.
10-savol:
Aholisi eng ko‘p o‘qotar qurolga ega davlat bu AQSH (393 mln), ikkinchi o‘rindagi davlat esa siz bilgandek
banan bilan emas, chindan ham qurol bilan urishishadi. Savol: Ushbu davlat nomini yozib bering.
Javob:Hindiston.
Izoh: Filmlarida hatto banan bilan ham urishganini ko‘rganmiz.
11-savol:
2020-yilda qaysi tumanda o‘g‘il bolalar, qaysi tumanda qiz bolalar eng ko‘p tug‘ilgan nomli maqolada
Jizzaxda joylashgan u tuman o‘g‘il bolalar tug‘ilishi bo‘yicha yetakchi ekan, tuman nomidan esa siz o‘g‘il va
qiz bolalar teng tug‘ilishi kerakku deb o‘ylaysiz, boshqa bir u esa 2000-yilda futbol bo‘yicha O‘zbekiston
chempionatida Oltin dubl qayt etgan. Savol: Bu qaysi tuman?
Javob:Do‘stlik.
12-savol:
Yevropada eng sifatli yo‘l qayerda degan maqolada biz o‘ylagandek Germaniya yetakchi emas,
Shveytsariya 2-o‘rinda, yetakchi esa balki avtomobil yo‘llaridan kamroq foydalangani uchun yo‘llari
yaxshidir deb o‘ylab qoldim. Savol: Ushbu davlatni yozib bering.
Javob:Niderlandiya.
Izoh: Niderlandiyada asosan velosipeddan foydalanishadi.
13-savol:
Ro‘yxatni tinglang: qisqa vaqt; haddan tashqari sezgirlikning bitta misoli; xushomad. Ushbu so‘zlarni
ispancha talaffuziga mos keluvchi hamda 1984-yilda sahnalashtirilgan filmdagi ro‘yxatning oxirgi elementi
bo‘lgan AQShdagi shahar nomini yozib bering.



Download 52.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling